30.10.2015 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2020
Hujjat 27.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019-yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 6-martdagi PQ-2313-son qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, aholining sifatli ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlanganligi darajasini yanada oshirish, tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ishlayotgan tashkilotlarini qayta tashkil etish yo‘li bilan ushbu qarorga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmalarga binoan “Suvoqova” davlat unitar korxonasi hamda uning shahar va tuman filiallari tashkil etilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7 — 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tavsiyanomalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Maћkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan yangilangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida belgilanadi.
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturini amalga oshirish

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishi yuzasidan kompleks va ishonchli monitoringni doimiy asosda olib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori

2015-yil 10-noyabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish, har oyda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga uning ijrosining holati to‘g‘risida axborot, shuningdek uni amalga oshirishni jadallashtirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etish.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

3.

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining kollegial majlislarida 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi amalga oshirilishini ko‘rib chiqish, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari uchun takliflar tayyorlash.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

4.

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining 2015 — 2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturini, shu jumladan suv ta’minoti va kanalizatsiya sektorida boshqaruv tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha hisobotlari har chorakda eshitilishini ta’minlash.

har chorakda

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, Uy-joy-kommunal xizmat k�rsatish vazirligi

I.Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish

5.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish hisobiga suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasining normativ bazasini takomillashtirish, jumladan:

1) xalqaro tajribani hisobga olgan holda yangi hujjatlarni ishlab chiqish va mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritgan holda amaldagi normativ hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish;

2) Suv ta’minoti sohasining normativ bazasini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Grant mablag‘larini jalb etish

Kompleks chora-tadbirlar

alohida jadval bo‘yicha

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

6.

2035-yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekiston Respublikasining ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiyalash konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiya

2017-yil 1-yanvargacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

7.

“Suvoqova” davlat unitar korxonalarining, ularning shahar va tuman filiallarining tuzilmasini qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tuzilmalarga muvofiqlashtirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining qarori

2016-yil 1-yanvargacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

8.

Avariya vaqtidagi ishlarini bajarish uchun iste’molchilardan (abonentlardan) buyurtmanomalarni uzluksiz qabul qiluvchi kecha-kunduz ishlaydigan dispetcherlik va avariya vaqtidagi xizmatlarni, shuningdek avariya oqibatidagi sozlash, tiklash ishlarini tezkorlik bilan amalga oshiruvchi brigadalarning joylarga chiqishini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

bosqichma-bosqich,

2015-yil 1-noyabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Andijon viloyatidagi “Suvoqava” OAJni va Toshkent viloyatidagi “Toshvilsuvoqava” OAJni tegishli viloyatlar hokimliklarining “Suvoqova” davlat unitar korxonalariga aylantirish.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori

2015-yil IV chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, Andijon va Toshkent viloyatlari hokimliklari

10.

Servis kontraktlarini joriy etish yo‘li bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan “Suvoqova” davlat unitar korxonalarining o‘zaro munosabatlarini aniq tartibga solish orqali “Suvoqova” davlat unitar korxonasida boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori

2017-yil 1-yanvargacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

“Suvoqova” davlat unitar korxonalari faoliyatini indikativ rejalashtirish va monitoring olib borishni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, uni amalda joriy etishning mexanizmini va quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ning batafsil ro‘yxatini belgilashni nazarda tutish:

texnik ko‘rsatkichlar — hisobga olinmagan suv hajmlari, tarmoqdagi suvning isrof bo‘lishi, tarmoqlarni yangilashning o‘rtacha koeffitsiyentlari, mikrobiologik va fizik-kimyoviy parametrlarning muvofiqlik darajasi, yangi abonentlarni tarmoqqa ulashning belgilangan muddatlariga to‘liq rioya qilish, xizmat ko‘rsatishda rejalashtirilmagan tanaffuslar soni, avariyalar soni va ularni bartaraf etish muddatlariga rioya qilish, iste’molchilarning �ikoyatlari soni;

moliya-iqtisodiy ko‘rsatkichlar — rentabellik, mablag‘larning yig‘iluvchanligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning ko‘payishi/kamayishi.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil 1-iyulgacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12.

“Suvoqova” davlat unitar korxonasining shahar/tuman filiali to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqish.

Nizom

2016-yil 1-yanvargacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Suvoqo�a” davlat unitar korxonalari

13.

Ichimlik suvni berish, sotish va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish hajml�rini, tuman, shahar filiallari va umuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasi bo‘yicha choraklarga bo‘lgan holda daromadlar, xarajatlarni nazarda tutuvchi har yilgi ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish.

Dastur

har yili 1-dekabrgacha

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

14.

“Suvoqova” davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallari uchun ochilgan 22622 Hisob raqami yo‘riqnomasining 1-ilovasiga kiritishni nazarda tutuvchi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish.

Yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritish

2016-yil I chorak

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

15.

“Suvoqova” davlat unitar korxonasining suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish va natijalari bo‘yicha tegishli ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlash.

Xatlovdan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

2016-yil 1-iyul

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

II.Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

16.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlaridan zarur tarzda foydalanishni va ularni o‘z vaqtida ta’mirlashni ta’minlash uchun “Suvoqova” davlat unitar korxonalarini foydalanish mashinalari va mexanizmlar bilan jihozlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2016-yil I chorak

“O‘zkommunxizmat” agentligi

17.

“Suvoqova” davlat unitar korxonalarini tasdiqlangan normativlar asosida maxsus mashinalar va mexanizmlar bilan ta’minlash.

Moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda kompleks chora-tadbirlar

2016 — 2020-yillar

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

18.

Moddiy-texnika resurslarining, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash, ta’mirlash va oldini olish ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan quvur mahsulotlari, surilmalar va boshqa komponentlarning avariya zaxirasi normativlarini ishlab chiqish.

Buyruq

2016-yil II chorak

“O‘zkommunxizmat” agentligi

19.

Quyidagilarni:

keyinchalik foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida “Suvoqova” davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini;

suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, shu jumladan egasiz va foydalanilmayotgan obyektlarni;

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga noqonuniy ulangan suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini yalpi xatlovdan va texnik auditdan o‘tkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2015-yil IV chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

20.

Ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy, energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarga, shu jumladan lizing asosida almashtirish yo‘li bilan energiyani tejaydig�n texnologiyalarni joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-2018-yillar mobaynida bosqichma-bosqich

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

III.Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida tarif siyosatini va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni hisobga olish tizimini takomillashtirish

21.

Mintaqada suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlariga yagona tariflarni bosqichma-bosqich joriy etish, mintaqalarda yagona “Suvoqova” davlat unitar korxonalarini tashkil etishni hisobga olgan holda tumanlar bo‘yicha ularni birxillashtirishni nazarda tutish.

Tariflarni qayta ko‘rib chiqishda

doimo

Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

22.

Xatlov o‘tkazishda keyinchalik qo‘llash maqsadida ma’lumotlarning mijozlar bazalari va lizing tizimlari uchun yagona texnik talablar va parametrlarni yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil I chorak

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi

23.

Abonentlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish yo‘li bilan abonent xizmati faoliyatini takomillashtirish va ichimlik suv hajmini ishlab chiqarish, sotish va uning uchun haq to‘lanishini kuzatib borish maqsadida monitoring olib borish, abonentlardan mablag‘lar to‘planishi darajasini oshirish, hisob raqamlarini tayyorlash va mablag‘ qo‘yish jarayonini kompyuterlashtirish, ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishga yo‘l qo‘ymaslik.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-yil II chorakkacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“O‘zkommunxizmat” agentligi,

“Suvoqova” davlat unitar korxonalari

24.

Suv olish inshootlarida va taqsimlash-tarqatish quvurlari joylashgan joylarda suvni hisobga olishning zamonaviy asboblarini (sarfni o‘lchagichlarni), shuningdek uy-joy fondida suvni hisobga olishning yakka tartibdagi asboblarini o‘rnatish.

Kompleks chora-tadbirlar

2016-2017-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

“Suvoqova” davlat unitar korxonalari

25.

“Suvoqova” davlat unitar korxonalari xizmatlarini ko‘rsatishda texnologik sarflarga va texnologik sarflar va nobudgarchiliklarni hisoblab chiqish metodikasiga muvofiq suv sarfi normalarini tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori

2015-yil IV chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari

V. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

26.

“Suvoqova” DUKlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, tizimli o‘qishni yo‘lga qo‘ygan holda xodimlarning kasbiy malakalarini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Buyruq

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Suvoqova” DUK

27.

Ta’lim muassasalarini ichimlik suv ta’minoti tizimini montaj qilish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha maxsus darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimini tahlil qilish va umumlashtirish negizida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek o‘quvchilarning o‘quv-tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashini tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2016-yil

II chorak

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zkommunxizmat” agentligi,

28.

“Suvoqova” DUK faoliyatiga metodik hamkorlik qilish, foydalanishning maqbul rejimlari saqlanishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish.

Bajaruvchilar qarori

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

“Kommuno‘quv” o‘quv-metodik markazi DUKda har yili amaliyotga boshqaruv bo‘g‘ini mutaxassislarining malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar kompleksi

har yili

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

30.

Real ish vaziyatlarida amaliy o‘qitish negizini qo‘llagan holda mutaxassislarni o‘qitish va ularning bilimlari darajasini mustahkamlash uchun tegishli dastur-stajirovkalarni tashkil etish maqsadida xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

VI. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

31.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlariga tizim ishonchliligini oshirish, avariyalarni bartaraf etish vaqtini kamaytirish, avariya holatlarining oldini olish, suv olish qurilmalari va nasos stansiyalari ishlashining maqbul rejimini saqlash, suv quvurlari tarmoqlarida bosimni nazorat qilish bo‘yicha oldini olish chora-tadbirlarini ta’minlash maqsadida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlariga doir barcha zarur ma’lumotlarni kiritish, saqlash, davriy yangilab borish va monitoring qilishni ta’minlaydigan “Aktivlarni boshqarish” geoaxborot tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2016-2017-yillar

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
“O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

32.

“Suvoqova” DUKga suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida respublika darajasida yagona, tizimli asosda birxillashtirilgan iste’molchilarni aniq va manzilli hisobga olish, debitorlik qarzlarni hisoblash va hisob-kitoblarni taqdim etish manzilligi, debitorlik va kreditorlik qarzlar yuzaga kelishining oldini olishni ta’minlaydigan hisobga olishning axborot tizimini yaratgan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida iste’molchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan “Billing” tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2016-yil

1-iyulgacha

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
“O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Suvoqova” DUK

33.

Iste’molchilarning ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, tarmoq tashkilotlari, suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, elektron shaklda rasmiy murojaatlar (buyurtmanomalar, shikoyatlar va boshqalar) yuborish to‘g‘risida mukammal ma’lumot olish imkonini beradigan tegishli axborot resurslarini (internet-saytlarni) yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

I chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Suvoqova” DUK

34.

Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan h�lda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn-to‘lov tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

I chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank,

“Suvoqova” DUK

35.

Joriy hisob-kitob, xizmatlar uchun to‘lovlarning holati va qarzdorlik to‘g‘risida xabar berish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan mobil ilovalarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

I chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Markaziy bank

36.

“Suvoqova” DUKda suv balansini shakllantirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

I chorak

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Suvoqova” DUK

37.

Ichimlik suv iste’molchilarini hisobga olish priborlari, shu jumladan uy-joy sektorida hisobga olish priborlarini qiyoslashning billing tizimida birlashtirgan holda umumiy uylar va yakka tartibdagi uylarni hisobga olish priborlari bilan jihozlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

1-yanvargacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi,

“Suvoqova” DUK

VII. Tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini shakllantirish

38.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya bo‘yicha davlat xizmatlarini yoppasiga xatlovdan o‘tkazish.

Inventarizatsiya

2015-yil 1-dekabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi,

“Suvoqova” DUK

39.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan bevosita “bir darcha” markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan suv ta’minoti va kanalizatsiya bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarni qabul qilishni taqiqlagan holda “bir darcha” markazlarining faoliyat ko‘rsatishini boshlashni ta’minlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarori

2016-yil

1-yanvardan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi,

“Suvoqova” DUK

40.

Vakolatli organlar va tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlarning o‘qiyotgan xodimlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash bo‘yicha qabul qilingan normalarni amaliy qo‘llash darajasini oshirishga qaratilgan seminarlarni muntazam ravishda tashkil etish va o‘tkazish.

Jadval

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Suvoqova” DUK

41.

Tadbirkorlik subyektlarini suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning amalga oshirilishini quyidagilarda maqsadli o‘rganish:

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida;

Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida;

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida;

Toshkent shahrida.

Maqsadli o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha materiallarni umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasi Rayosati ma�lisiga kiritish.

Maqsadli o‘rganish




2016-y. fevral

2016-y. mart

2016-y. aprel

2016-y. may

2016-y. iyun

2016-yil iyul


2016-yil sentyabr

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti,

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston �espublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Suvoqova” DUK

42.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “foydalanishga tayyor” shartlarida ulash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadlari mazmuni to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2016-yil

I chorak

“O‘zkommunxizmat” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Matbuot va axborot agentligi, MTRK

VIII. Suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarish va aholining suv ta’minoti sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish

43.

Ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan elektron OAV va Internet orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, ichimlik suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot chora-�adbirlari yakuniy maqsadlarining mohiyati va mazmunini keng va muntazam ravishda yoritishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zA, MTRK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

44.

Aholi o‘rtasida suv ta’minoti va suv ajratish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini tizimli asosda olib borish.

Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy asosda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Mahalla” fondi, XUJMSh uyushmasi bilan birgalikda

45.

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarining muhandis-texnik xodimlari va boshqa xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazish, ijobiy xalqaro tajriba asosida o‘quv kurslari tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy asosda

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha texnik shartlarni olish uchun tadbirkorlik subyektining suv iste’molini va oqova suvni chiqarib yuborishini xarakterlovchi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)