1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi 632-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 21-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin”;
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda) 14-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin”;
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 818-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 138-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda) 6-moddasiga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
“Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
ikkinchi jumlasidagi “yoki xizmat bo‘yicha cheklash yoxud” degan so‘zlar “xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 46-moddaning to‘rtinchi qismi “shu muddatga” degan so‘zlardan keyin “ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.
Ozodlikni cheklash olti oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o‘taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida o‘tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo‘yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Qo‘llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo‘shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:
mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o‘qish joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;
Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o‘zi yetkazgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplash, ishga yoki o‘qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko‘maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilishi mumkin.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi”;
5) 50-moddaning oltinchi qismidagi “to‘rtdan uch” degan so‘zlar “uchdan ikki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining “a” bandi “qamoq” degan so‘zdan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 62-modda birinchi qismining “a” bandi “qamoq” degan so‘zdan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 63-moddaning matni “qamoq” degan so‘zdan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 73-moddaning birinchi qismi “xizmat bo‘yicha cheklash” degan so‘zlardan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “Ozodlikdan mahrum etilgan” degan so‘zlardan keyin “ozodligi cheklangan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
11) 78-moddaning “g” bandi “qamoq” degan so‘zdan keyin “yoki ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi”;
14) 89-moddaning birinchi qismi “ozodlikdan mahrum qilishga” degan so‘zlardan keyin “ozodlikni cheklashga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlardan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
16) 98-moddaning, 156-modda ikkinchi qismining, 176-modda birinchi qismining, 207-modda uchinchi qismining, 230, 231-moddalar birinchi qismlarining, 257, 258, 259 va 262-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi “besh yilgacha” degan so‘zlar “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 99, 120-moddalarning, 1301-modda ikkinchi qismining, 139-modda uchinchi qismining, 163, 2511-moddalar birinchi qismlarining va 277-modda ikkinchi qismining sanksiyalaridagi “uch yilgacha” degan so‘zlar “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 100, 101-moddalarning, 102, 105-moddalar birinchi qismlarining, 112-modda uchinchi qismining, 122-modda ikkinchi qismining, 235-modda birinchi qismining va 238-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “yoki” degan so‘zdan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
19) 103-modda birinchi qismining, 110-modda ikkinchi qismining, 114-modda uchinchi qismining, 129-modda ikkinchi qismining, 188-modda uchinchi qismining, 247 va 251-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “ishlari yoki” degan so‘zlardan keyin “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
20) 104-modda birinchi qismining, 105-modda ikkinchi qismining, 113, 117-moddalar uchinchi qismlarining, 128-modda ikkinchi qismining, 130-modda uchinchi qismining, 135, 137-moddalar birinchi qismlarining, 138, 1541-moddalar ikkinchi qismlarining, 162-modda birinchi qismining, 163-modda ikkinchi qismining, 165-modda birinchi qismining, 166-modda ikkinchi qismining, 173, 213, 225-moddalar uchinchi qismlarining, 235-modda ikkinchi qismining, 238-modda uchinchi qismining, 250, 2511, 253-moddalar ikkinchi qismlarining, 256-modda uchinchi qismining, 267-modda birinchi qismining, 269, 276-moddalar ikkinchi qismlarining va 277-modda uchinchi qismining sanksiyalari “uch yildan” degan so‘zlardan oldin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
21) 106-moddaning, 110-modda birinchi qismining, 113, 117-moddalar ikkinchi qismlarining, 127, 128-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan so‘zdan keyin, 136-moddaning sanksiyasi “qamoq bilan” degan so‘zlardan keyin, 141-modda ikkinchi qismining, 146-moddaning, 169-modda birinchi qismining, 171-modda ikkinchi qismining, 193-moddaning, 198-modda ikkinchi qismining, 203, 2161-moddalarning, 2162, 217-moddalar birinchi va ikkinchi qismlarining, 2292-moddaning, 241, 2441, 250, 2501, 269 va 276-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan so‘zdan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan, 194, 195, 196-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib” degan so‘zlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
22) 112-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
23) 113-modda beshinchi qismining, 116-modda uchinchi qismining, 131-modda ikkinchi qismining, 147-moddaning, 158-modda uchinchi qismining, 204-modda ikkinchi qismining, 216, 218-moddalarning, 219, 232-moddalar ikkinchi qismlarining, 233, 248, 252 va 271-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan so‘zdan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
24) 121 va 2571-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ishlari yoki” degan so‘zlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
25) 124-moddaning sanksiyasi “jarima yoxud” degan so‘zlardan keyin, 159-modda ikkinchi qismining, 171, 184, 202-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin, 2061-modda uchinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilib” degan so‘zlardan keyin va 223-modda birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
26) 126-moddaning, 138, 156-moddalar birinchi qismlarining, 179-moddaning, 180, 181, 1811, 1862-moddalar birinchi qismlarining, 197, 199, 200-moddalarning, 201-modda birinchi qismining, 208-moddaning, 236-modda birinchi qismining, 239-moddaning, 253, 257, 258, 259, 260, 268, 270 va 274-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan, 261-moddaning sanksiyasi “mahrum qilib” degan so‘zlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
27) 130 va 214-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “uch yilgacha” degan so‘zlardan oldin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
28) 132-modda ikkinchi qismining, 177, 1851-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin, 2061-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilib” degan so‘zlardan keyin, 224-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “jarima solish yoki” degan so‘zlardan keyin, 225 va 234-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
29) 132-moddaning uchinchi qismi, 167, 168, 173-moddalarning to‘rtinchi qismlari, 180, 181, 1811-moddalarning ikkinchi qismlari, 184, 198, 202-moddalarning to‘rtinchi qismlari va 233-moddaning ikkinchi qismi “ozodlikdan” degan so‘zdan oldin “ozodlikni cheklash va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
30) 127, 133-moddalar ikkinchi qismlarining, 145-modda uchinchi qismining, 2441, 268, 270-moddalar ikkinchi qismlarining, 273-modda birinchi qismining va 274-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “qamoq” degan so‘zdan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan, 201, 236-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib”, “mahrum etib” degan so‘zlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
31) 134-moddaning va 1551-modda birinchi qismining sanksiyalari “uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
32) 205 va 206-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
33) 142-moddaning, 166, 1861, 1863-moddalar birinchi qismlarining, 241-modda ikkinchi qismining, 2411, 249-moddalarning, 2511-modda to‘rtinchi qismining, 254, 255, 263-moddalar birinchi qismlarining va 275-moddaning sanksiyalari “axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
34) 144, 145, 173, 184, 186-moddalar ikkinchi qismlarining, 198-modda uchinchi qismining, 202, 213, 227, 2281 va 256-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
35) 159-modda birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin, 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “etilgan holda” degan so‘zlardan keyin, 205, 206, 209-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib” degan so‘zlardan keyin, 210-modda birinchi qismining sanksiyasi “etilgan holda” degan so‘zlardan keyin, 211, 212-moddalar birinchi qismlarining va 237-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
36) 167, 168-moddalar ikkinchi qismlarining va 182-modda birinchi qismining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
37) 102, 169, 228, 2501 va 2552-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
38) 175-moddaning uchinchi qismi “qamoq” degan so‘zdan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
39) 178-modda birinchi qismining sanksiyasi “uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
40) 1841-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
41) 1841-modda uchinchi qismining, 226 va 2786-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin “ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
42) 1841-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilish” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
43) 209-modda birinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
44) 2552 va 2571-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
45) 224 va 228-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
46) 226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki” degan so‘zdan oldin “ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
47) 2782-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining sanksiyasi “bir yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan so‘zlardan keyin “ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan so‘zlardan keyin “yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
50) 2786-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki” degan so‘zdan oldin “ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“41) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar)”;
nomidagi va matnidagi “va axloq tuzatish ishlarini” degan so‘zlar “axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “44 va 46-moddalariga” degan so‘zlar “44, 46 va 481-moddalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 541-moddaning birinchi qismidagi “jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini” degan so‘zlar “jarima solishni, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yo‘qligida ko‘rib chiqilishi mumkin. Jarima jazosi yoki axloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash va qidiruv e’lon qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilishi kerak”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda) kuyidagi qushimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.
Yuridik shaxsga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi tortiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “1283-moddasining to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar “1283-moddasining beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 36-moddaning birinchi qismidagi “ikki oydan” degan so‘zlar “bir yildan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish” degan so‘zlar “tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —
“Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi yoxud transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror oshirib yuborishi, —
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “1283-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5 va 6-bandlaridagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “1283-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “1283-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma, ovozli yozuvlardan, videoyozuvlardan, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi”;
“Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi”;
birinchi qismining “a” bandi “126-moddasida” degan so‘zlardan keyin “127-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha transport vositalarini jarima solish haqidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun o‘tgach, jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi”;
12) 294-moddaning ikkinchi qismidagi “ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan” degan so‘zlardan keyin “hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 3091-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”;
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga yuboriladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joy; uni chiqargan organning nomi, shaxsning lavozimi va familiyasi; ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt, joy va holatlar ushbu Kodeks Maxsus qismining mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, moddasining qismi ko‘rsatilgan holda; maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan transport vositasining huquqbuzarlik sodir etilgan paytdagi davlat raqam belgisi bilan tushirilgan tasviri; qabul qilingan qaror, tayinlangan jarimani to‘lash tartibi va muddatlari, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari, shuningdek jarima solish to‘g‘risidagi qaror xususida shikoyat berishning protsessual tartibi”;
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
birinchi qismi “o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim” degan so‘zlardan keyin “ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim”;
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 988-moddaning birinchi qismi “bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega”;
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 14-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi “qamoq” va “tomonidan” degan so‘zlardan keyin tegishincha “ozodlikni cheklash” va “yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) III bo‘limning nomidagi “QAMOQ TARIQASIDAGI JAZONI” degan so‘zlar “QAMOQ VA OZODLIKNI ChEKLASh TARIQASIDAGI JAZOLARNI” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan yoki sud belgilaydigan, mahkumlarning sud belgilagan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan boshqa organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ozodlikni cheklash muddati mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyalarida hisobga qo‘yilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Mahkum uzrli sabablarsiz o‘zboshimchalik bilan yashash joyida bo‘lmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs sud tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklashlarga) rioya etishi, shuningdek o‘zining jazoni o‘tashi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berish uchun chaqiruv bo‘yicha jazolarni ijro etish inspeksiyasiga kelishi shart.
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositalari qo‘llanilishi mumkin.
Muayyan vaqtda yashash joyidan ketishga, tegishli ma’muriy hudud doirasida joylashgan ma’lum joylarga borishga yoxud tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqish uchun ruxsatnoma, shuningdek yashash joyini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan beriladi. Qaror taqiqlarning (cheklashlarning) xususiyatidan, mahkumning shaxsidan, uning xulq-atvoridan, tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligidan kelib chiqib, alohida hollarda qabul qilinadi.
Uy-joyidan chiqib ketishiga butunlay taqiq belgilangan mahkumning doimiy yashash joyidan ketishi uchun ruxsatnomaga, mahkumning tegishli ma’muriy hudud doirasidan chiqishi uchun ruxsatnomaga, shuningdek mahkumning yashash joyini o‘zgartirishi uchun ruxsatnomaga prokuror tomonidan sanksiya beriladi.
Agar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgani, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yetkazgan moddiy va ma’naviy zararining o‘rnini qoplagan bo‘lsa, jazolarni ijro etish inspeksiyasi ilgari mahkumga belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida sudga taqdimnoma kiritadi.
Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo‘llaydi.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o‘talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi.
Quyidagilar ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlovchilar deb e’tirof etiladi:
a) o‘ziga nisbatan sud tomonidan belgilangan taqiqlarni (cheklashlarni) buzishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirish tarzida intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzishga yo‘l qo‘ygan mahkum;
v) yashash joyidan yashiringan, qayerda ekanligi uch sutkadan ortiq vaqt ichida aniqlanmagan mahkum;
g) yashash joyidagi jazolarni ijro etish inspeksiyasiga belgilangan muddatdan uch sutkadan ortiq vaqt mobaynida kelmagan mahkum”;
4) 168-moddaning birinchi qismi “qamoq” degan so‘zdan keyin “ozodlikni cheklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 333-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) 42-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 167-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) 23-moddasining birinchi qismidagi “tartibda qoplanadi” degan so‘zlar “tartibda davlat tomonidan qoplanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda) 13-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
LexUZ sharhi