O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ–373-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun, shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan o‘tkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar.
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida o‘tkazilgan voyaga yetgan mahkumlar;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni o‘taydi.”.
og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini o‘tagan mahkumlar;
o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tagan mahkumlar o‘tkaziladi.”.
“qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;”;
“rag‘batlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan keyin turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar o‘taydi.”.
“sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini o‘taganidan so‘ng turmalardan o‘tkazilgan mahkumlar;
“qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar o‘taydi.”.
5. 58 va 382-bandlardagi “turma qamog‘iga” degan so‘zlar “turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 142-banddagi “turma qamog‘i” degan so‘zlar “turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno, respublika budjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan ta’minlanadilar. Mahkumlarning kiyimlari va poyabzallari bepul ta’mirlab beriladi.”.
8. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oliy sudi bilan kelishilgan.