LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq 1-ilovadagi davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi vazirliklar va idoralar Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi amaldagi nizomlarni ikki oy muddatda tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar hamda yangilangan nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Nizomlarni ishlab chiqishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlansin, bunda arizalarni qabul qilish va litsenziyalar berish tartibotlarini imkoni boricha soddalashtirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi yangilangan tegishli nizomlar qabul qilingunga qadar yangi litsenziyalar berish, ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, ularni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organlar tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, mazkur Qonunga zid bo‘lmaganda, amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko‘rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
(o‘n uchinchi—o‘n beshinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish.
Oldingi tahrirga qarang.
(yigirmanchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(yigirma birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno. (Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
(yigirma yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Tarkibida qimmatbaho va rangli metallar, qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 362-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 14-son, 114-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-fevraldagi 37-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 7-8-son, 68-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Ko‘chma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish (qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi investitsiya institutlarining faoliyati).
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy bazalar, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilarni avtomobil transportida shaharlarda va shaharlar atrofida tashish.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-sonli qarori asosida bo‘limlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 44-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, ko‘paytirish va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari, hududiy bazalar, shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo bundan mustasno.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarorining 9-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 20-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 4-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevraldagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 7-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarorining 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2001-yil 24-yanvardagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 5-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) va ushbu qarorga 2-ilova.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab ishlab chiqarish tartibining 1-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 26-modda):
birinchi xatboshidagi “tegishli ruxsat (litsenziya) berilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “ushbu tasvirning badiiy qiymatini ta’minlash va uning tasdiqlangan etalonga to‘liq muvofiq bo‘lishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandining o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda):
“Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (non pishirish bo‘yicha yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) keyinchalik sotish uchun non va non-bulka mahsulotlarini faqat o‘zlari respublika tashqarisidan xarid qilishadigan un yoki g‘alladan pishirishlari mumkin.