04.06.2002 yildagi 197-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2011
Hujjat 04.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va mulkchilikning xususiy shakliga asoslangan kichik va o‘rta korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish, yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Belgilansinki, ilova qilinayotgan ro‘yxatga kirmagan va amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatining qolgan barcha turlari bilan jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda shug‘ullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlari tomonidan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy rioya qilinishi hamda nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlarining tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xususiy tadbirkorlikning keng rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.