14.05.1999 yildagi 11-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2006
Hujjat 03.02.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Jinoiy ishlarni sud muhokamasiga tayinlashda Jinoyat-protsessual kodeksining 396-moddasi talablariga xilof ravishda ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot choralarining to‘g‘ri tanlanganligi masalasini muhokama qilmaslik oqibatida shaxslarning yetarli asoslarsiz hibsda saqlanib kelganliklari yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Ayblanuvchi (sudlanuvchi)larga nisbatan ehtiyot choralarini tanlashda ularni jamiyatdan ajratmagan holda o‘z majburiyatlariga rioya qilishlarini ta’minlovchi samarali usullardan biri hisoblangan garov ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi qonun talabi tergov organlari va sudlar tomonidan bajarilmayapti.
Jinoiy ishlarni sud muhokamasiga tayinlashda, Jinoyat-protsessual kodeksining 396-moddasi talabiga ko‘ra, har bir jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot choralarining to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash majburiyati og‘ishmay bajarilishi shart.
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 249-moddasida belgilangan va ehtiyot chorasining bir turi hisoblangan garov, ya’ni pul mablag‘i yoki qimmatbaho buyumlarning tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirilishi ayblanuvchi (sudlanuvchi)larni jamiyatdan ajratmagan holda o‘z majburiyatlariga rioya qilishlarini ta’minlovchi samarali usul ekanligi dastlabki tergov organlari va sudlarga tushuntirilsin. Shunga ko‘ra, ishlarning tergov qilinishi va sudda ko‘rilishi chog‘ida tergov organi va sud ayblanuvchi(sudlanuvchi), uning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarga garovga qo‘yish huquqlarini tushuntirishga majburdir.
8. Konstitutsiyaning 82-moddasiga binoan qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish uchun tayyorlangan Jinoyat kodeksining ba’zi normalarini liberallashtirishga yo‘naltirilgan Oliy sudning takliflari ma’qullansin.