Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi bir qancha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlaridan so‘ralayotgan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hisobot va ma’lumotlarning qo‘shimcha shakllari joriy etilishi hollariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Turli tuzilmalar tomonidan hisobotlarning ko‘plab shakllari belgilanishi, mikrofirmalar, kichik korxonalarning turli idoralarga katta hajmda axborot taqdim etishi tadbirkorlarning ancha vaqti va mablag‘i boy berilishiga olib kelmoqda, ularni asosiy faoliyatlaridan asossiz ravishda chalg‘itmoqda, tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kichik korxonalar, mikrofirmalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilayotgan hisobot turlarini ancha soddalashtirish va qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
kichik korxonalar, mikrofirmalar hisobotlarni faqat joylardagi davlat statistika organlariga va soliq organlariga ular tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha taqdim etadilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
mikrofirmalar va kichik korxonalar hisobotni yilning har choragida taqdim etadilar. Mikrofirmalar va kichik korxonalardan har oyda hisobot so‘ralishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mikrofirmalar va kichik korxonalar (shu jumladan qo‘shma korxonalar)ning amaldagi statistika hisobotini o‘n kun muddatda qayta ko‘rib chiqsin hamda ular uchun joriy yilning I choragi hisobotidan boshlab mumkin qadar qisqartirilgan, soddalashtirilgan va birxillashtirilgan hisobotni, shuningdek, uni taqdim etish tartibini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralarning mikrofirmalar, kichik korxonalar tomonidan qo‘shimcha hisobot turlari taqdim etilishini nazarda tutuvchi ko‘rsatmalar va me’yoriy hujjatlar chiqarishi taqiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ularning kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan hisobot taqdim etishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishi uchun shaxsan javob berishlari to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi o‘zboshimchalik bilan hisobot joriy etishning har bir holatini batafsil o‘rganib chiqsinlar, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortsinlar. Vazirliklar, idoralar hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan hisobot joriy etish hollariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy ravishda tekshirish sifatida qarasinlar.
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun hisobotlarni yuritishning belgilangan tartibiga rioya etish masalalarini o‘z majlislarida muntazam ko‘rib borsin, mavjud tartibni buzishlarni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan choralar ko‘rsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.