02.03.2015 yildagi 36-son
Hujjat 09.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Magistraturada ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga, shuningdek oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.