LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Qonunning maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga, atrof muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta’minlash;
mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ijtimoiy voqealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvchi va (yoki) ularni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan axborot bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida reklama sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aksilreklama — noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya
(O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuniga muvofiq 4-modda to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yoki reklama beruvchining xohishiga ko‘ra boshqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), bosma usulda terilgan bo‘g‘inli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bo‘lsa, shu tilda keltirilishi mumkin.
Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish;
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuniga muvofiq to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud iste’mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste’mol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama;
voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da’vat qiluvchi reklama;
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish.
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama, uni tarqatish shakllari yoki vositalaridan qat’i nazar, boshqa axborotdan reklama deb hisoblash mumkin bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak.
Televideniye va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari yordamida ajratib qo‘yilishi lozim.
Mahsulotga qiziqishni shakllantirish va mahsulot realizatsiyasiga ko‘maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga) yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste’molchining e’tiborini atayin jalb etuvchi, shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga taalluqli ma’lumotlardan (rekvizitlardan) iborat axborot materiali, muallif va tahririyat materiali — reklama hisoblanadi hamda u “Reklama” yoki “Reklama o‘rnida” rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim.
Teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot vositalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin.
Reklama televideniye va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning nomi (nomlanishi) yonida yoki homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin.
Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 6-oktabrdagi O‘RQ-264-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 40-41-son, 343-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda ta’sir o‘tkazadigan, shu jumladan maxsus video ilovalardan (qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklamadir.
Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-259-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qiyosiy reklama — raqobatchiga yoki uning tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.
Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat yo‘sindagi boshqa axborotdir.
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi xayriya faoliyati deb e’tirof etiladi. Bunday shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-150-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 93-modda)
Teleradiotashkilotlar uchun reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv (eshittirish) vaqti ko‘rsatuvning (eshittirishning) har bir soatiga 10 foizdan oshib ketmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning (eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.
45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun to‘liq 45 minutlik vaqt oralig‘ida ko‘pi bilan bir marta uzib qo‘yilishi mumkin. Reklama bu ko‘rsatuvlarning (eshittirishlarning) boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin. 10 minutdan kam davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu teleko‘rsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.
Davlat anjumanlari va marosimlari olib ko‘rsatilayotgan (eshittirilayotgan) paytda uni uzib turib reklamani ko‘rsatish (eshittirish) taqiqlanadi.
Bolalar davrasiga (o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lganlarga) mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama taqiqlanadi. Bu taqiq ijtimoiy reklamali axborotga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi.
Teleko‘rsatuvlar namoyish etilayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrlardan foydalanish taqiqlanadi, reklama berilayotgan paytdagi harakatlanuvchi satrlar bundan mustasno.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Teleko‘rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish qilish yoki uning iste’mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash huquqiga ega emas.
Televideniye va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan shug‘ullanish, ya’ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko‘rsatish taqiqlanadi.
Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, mavzusini shu ommaviy axborot vositalarining o‘zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo‘yicha tarqatiladigan bosma vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini ko‘rsatishlari shart.
Reklama yo‘sinidagi xabarlar va materiallarni berib borishga ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi kerak.
Teleks va faksimil aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining maxsus so‘rovi bo‘lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo‘lmagan hajmda bir marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
Mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar reklamasi reklama vositalarida tarqatilgan taqdirda quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak:
xizmat iste’molchilari doirasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan — yoshga doir va boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot;
Keyingi tahrirga qarang.
telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1 minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan axborot reklama xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan telefon raqami terilgan shrift hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart.
Militsiya, tez tibbiy yordam, yong‘indan saqlash va shu kabi xizmatlarning bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlaridan reklama tarqatish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklamani ko‘cha yoritkichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari tasvirini takrorlanmagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi reklamani madaniy meros obyektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi
(20-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ga qarang.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga (ro‘yxat raqami 1024, 06.04.2001-y.) qarang.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta’sirchan oziq-ovqat qo‘shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi Nizomning (ro‘yxat raqami 1024, 06.04.2001-y.) 17-bandiga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-259-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
Qurol-yarog‘ni reklama qilish faqat maxsus nashrlarda, shuningdek bevosita ovchilik qurollarini realizatsiya qiluvchi savdo tashkilotlarining binolarida yoki tegishli ko‘rgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi.
25-modda. Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar reklamasi
Qimmatli qog‘ozlarni va aholining mablag‘larini (banklardagi mablag‘larini, sug‘urta mablag‘lari va shu kabilarni) jalb etish bilan bog‘liq xizmatlarni yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan shaxslarni reklama qilishni bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqi borligini tasdiqlaydigan tegishli litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar yoki shunday xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar reklamasida kutilayotgan daromadlar miqdorini, shuningdek bo‘lajak foyda (daromad) to‘g‘risidagi boshqa axborotni ma’lum qilish taqiqlanadi, kamida bir yillik yakunlarga ko‘ra amalda to‘langan foyda (daromad) bundan mustasno.
Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklama materiallarini oxirgi marta reklama e’lon qilingan (ko‘rsatilgan) kundan boshlab bir yil davomida saqlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra u belgilagan muddatda reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni taqdim etishi shart.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarning reklamaga taalluqli hujjatlari va materiallarini moneliksiz olish huquqi vakolatli davlat organining mansabdor shaxslariga beriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Tijorat siri hisoblangan va ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan olingan ma’lumotlar oshkor qilinmasligi lozim.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasiga muvofiq fuqarolik qonun hujjatlari tijorat siri bo‘lgan axborotni, basharti bu axborot uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan undan erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor qilgan taqdirda, reklama beruvchiga, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan ma’naviy zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 404-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 164-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vakolatli davlat organlari reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning qaroriga binoan va ular ko‘rsatgan muddatda aksilreklama berishi shart. Aksilreklama berish shuningdek, ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi.
Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama e’lon qilingan ayni o‘sha ommaviy axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan foydalangan holda beriladi.
Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va reklama tarqatuvchilar — yuridik shaxslar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:
noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik uchun — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik uchun — eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda;
reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda.
Reklama beruvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi.
Reklama tayyorlovchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Reklama tarqatuvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Tadbirkorlik subyektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish tadbirkorlik subyektiga undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran undiriladigan summani olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima to‘lash vakolatli davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
(29-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-259-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT 2006-y., 41-son, 405-modda)
Keyingi tahrirga qarang.