15.06.2012 yildagi 238-son
Hujjat 15.06.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda xo‘jalik sudlari “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda — XPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun 13-moddasining birinchi qismiga ko‘ra hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sudlar Qonun 5-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishlari, shuningdek hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim.
Agar nizo ko‘rsatilgan organlar tomonidan tashkil qilingan hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinadi, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish haqidagi ariza esa XPK 1559-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. XPKning 25-moddasiga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan xo‘jalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda taraflarning kelishuvi deganda Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hakamlik bitimi tushuniladi.
5. XPKning 201 va 202-boblari hamda Qonunning 7 va 8-boblariga muvofiq sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza bilan esa hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha taraf murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha XPKning 32-moddasida belgilangan shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi qoida qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. XPK 1551-moddasining birinchi qismi hamda Qonun 46-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xo‘jalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin manfaatdor shaxs tomonidan shu ish doirasida hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risida ariza XPKning 1557-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablariga rioya qilingan holda berilgan bo‘lsa, u ish yuritishga qabul qilinadi va dastlabki ariza bilan birga ko‘rib chiqiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza XPKning 1557-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablarini buzgan holda berilgan bo‘lsa, u XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi.
Agar xo‘jalik sudining ish yurituvida XPK 1551-moddasining ikkinchi qismi va 1556-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi alohida qo‘zg‘atilgan ishlar mavjud bo‘lsa, XPK 115-moddasining ikkinchi qismiga asosan bu ishlar bitta ish yuritishga birlashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni XPK 1552-moddasi talablariga mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin takroran xo‘jalik sudiga umumiy tartibda bunday ariza bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sudlarga tushuntirilsinki, manfaatdor shaxs tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza XPKning 202-bobi talablariga rioya etilgan holda umumiy tartibda berilganda, bunday arizani hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotganligi asos qilinib qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPKning 1554-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa bekor qilinadi. Bunda isbotlash majburiyati hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib ariza bergan tarafning zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, agar XPK 1554-moddasida ko‘rsatilgan asoslar xo‘jalik sudi tomonidan aniqlansa ham, hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, Qonun 9-moddasining birinchi qismiga muvofiq hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etadi. Shu bois, nizosiz huquqiy munosabat yuzasidan tuzilgan hakamlik bitimi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanadi va hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishga asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15.2. Sudlarga tushuntirilsinki, XPK 1554-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hal qiluv qarori bekor qilinganda xo‘jalik sudi o‘zining ajrimida manfaatdor shaxs hakamlik bitimi bilan qamrab olinmagan masala bo‘yicha vakolatli sudga murojaat qilishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15.3. XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishda hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilganligi; hakamlik sudining tarkibi Qonunda ko‘rsatilgan tartibda shakllantirilganligi; hakamlik sudyasi rad etilgan bo‘lsa, rad etilgan ariza Qonunda ko‘rsatilgan tartibda hal etilganligi; hakamlik muhokamasi qoidalari qonun hujjatlari asosida belgilanganligi tekshirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
15.4. XPK 1554-moddasi birinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab bildirilganda, sudlar hakamlik sudi nizoni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan boshqa qonun hujjatlari asosida hal qilganligini tekshirishlari lozim. Agar nizo hakamlik sudi tomonidan chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq hal qilingan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15.5. Hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 5-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha faqat hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Ya’ni, hakamlik sudining hal qiluv qarori foydasiga hal qilingan taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlovchi dalillar berilgan taqdirda ham hal qiluv qarori ushbu asos bo‘yicha xo‘jalik sudi tomonidan bekor qilinishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
15.6. Hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo Qonunga muvofiq hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmasligi xo‘jalik sudi tomonidan aniqlangan taqdirda, ushbu holat hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizada bayon etilgan yoki etilmaganligidan, shuningdek mazkur holatni isbotlovchi dalil taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki etilmaganligidan qat’i nazar, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15.7. Qonun 13-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. XPK 1553-moddasining uchinchi qismiga muvofiq hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Bunda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilingan bo‘lsa, hakamlik sudiga murojaat qilish uchun asos bo‘lgan hujjat haqiqiy emas deb topilganligi sababli, hakamlik muhokamasi taraflari XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 2-bandiga (Qonun 47-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi) asosan hamda ushbu Qarorning 3 va 15.6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa, ushbu holatlarda ham hakamlik muhokamasi taraflari XPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xo‘jalik sudiga murojaat etishga haqli.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3, 4, 5-bandlariga asosan bekor qilingan va hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qotilmagan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudiga yangidan murojaat etishga haqli.
Shu munosabat bilan, hakamlik sudining hal qiluv qarori XPK 1554-moddasi birinchi qismining 3, 4, 5-bandlariga asosan bekor qilinganidan keyin hakamlik muhokamasi taraflari mazkur nizo bo‘yicha xo‘jalik sudiga murojaat qilganda, da’vo arizasini qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi. Agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori u bekor qilingan paytda ijro etilgan bo‘lsa, xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimida XPK 1555-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va ko‘rsatmalardan tashqari, Qonunning 54-moddasiga asosan hakamlik sudining to‘liq yoki qisman bekor qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning hammasi javobgarga qaytarib berilishi haqidagi masala hal qilinishi va ijro varaqasi berilishi lozim. Agar bu masala sud ajrimida hal etilmagan bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala XPKning 220-moddasiga mos holda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. XPK 1557-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra hamda Qonun 49-moddasi va 51-moddasi uchinchi qismining mazmunidan ko‘rinishicha, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddatni o‘tkazib yuborish sabablari vakolatli sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sudlar XPK 1558 (hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi), 1559 (hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etish asoslari), 15510 (xo‘jalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi) — moddalarini amaliyotda qo‘llashda mazkur Qarorning 2 — 4, 7 — 11, 15-16-bandlarida berilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.