LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi O‘RQ-348-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonun yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza etishni ta’minlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek atrof tabiiy muhitni himoya etishga qaratilgan.
yo‘l — transport vositalari qatnovi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va xuddi shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo‘llarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining ko‘chalari va yo‘lkalarini, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarini oladi;
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yo‘l harakati xavfsizligi — yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati;
yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, fuqarolarning o‘limi yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlanishiga yoki boshqa tarzda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan hodisa;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini yengillatishga qaratilgan faoliyat;
yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;
transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qurilma;
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda ikkinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-82-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 131-modda)
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib boradi;
yo‘l harakati qoidalarini hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga doir boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
vazirliklar va idoralarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
transport vositalari va yo‘llarning texnikaviy holatiga, yo‘llar va temir yo‘ldan o‘tish joylari bo‘ylab yo‘l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi;
transport vositalarining haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi:
transport vositalarining haydovchilarini, shunday vositalarning o‘zini, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi hollarini, yo‘l-transport hodisalari va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hududiy dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularni amalga oshirish ustidan nazorat olib boradi;
yo‘l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, shuningdek yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
yo‘l-transport hodisalari oqibatidagi jarohatlanishlarning oldini olish, aholiga yo‘llarda yurish-turish xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish, yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib etish hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish chora-tadbirlarini ko‘radi;
shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalarning, yo‘lkalarning hamda yo‘l harakatini boshqarish vositalarining, shuningdek shahar elektr transporti yo‘llarining qurilishi va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi;
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
transport vositalari va transportda ko‘rsatiladigan xizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga oshiradi;
yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga avtomobil transportida rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
o‘z tasarrufidagi avtomobil yo‘llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlaydi;
yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l qoplamasining holati, gidrometeorologiyaga oid va boshqa sharoitlar to‘g‘risida zarur axborot bilan ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlaydi;
avtomobil yo‘llarining qatnov uchun xatarli joylarini aniqlaydi va bu joylarda yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi, shuningdek yo‘l xizmati ko‘rsatish obyektlari joylashuviga rozilik beradi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-82-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 131-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati:
yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, Yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazorat olib boradi;
jamoat transportining, shuningdek og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi;
yo‘llarni, temir yo‘l kesishuvi joylarini, avtomobil yonilg‘isi quyish tarmoqlarini, transport vositalarining konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalariga rozilik beradi;
foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazorat olib boradi, transport vositalarining texnik ko‘rigini o‘tkazadi;
yo‘llar va temir yo‘ldan o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini boshqarish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazorat olib boradi;
yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llar va temir yo‘l kesishuvi joylaridan foydalanishni taqiqlaydi;
transport vositalari, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo‘l-transport hodisalari hisobini va ro‘yxatini yuritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-82-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 131-modda)
transport vositalarini tegishli malakasi bo‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslar boshqarishiga ijozat etishlari;
yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va ekologiya normalari talablariga rioya etishlari shart.
Yo‘llarni saqlash va ta’mirlash yo‘llarni boshqaruvchi organlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligining belgilangan standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Yo‘llarni boshqaruvchi organlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida, yo‘l sharoitlariga ko‘ra sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tufayli yetkazilgan zarar mazkur organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanmog‘i kerak.
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari konstruksiyalari, qo‘shimcha uskunalar, ehtiyot qismlar yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarining talablariga mos bo‘lishi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi kerak.
LexUZ sharhi
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-apreldagi O‘RQ–31-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 113-modda)
Yo‘l harakatida qatnashuvchi transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishda bo‘lgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-sonli O‘zbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish, qayta ro‘yxatlash, ularning hisobini yuritish, davlat raqamlari belgilarini berish va almashtirish Qoidalariga qarang.
Texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga va O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomaga qarang (ro‘yxat raqami 1252, 30.06.2003-y.).
Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash yuzasidan ishlar bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar bu ishlarni (xizmatlarni) yo‘l harakati xavfsizligining belgilangan standartlari, normalari va qoidalariga muvofiq ravishda amalga oshiradilar.
Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lgan taqdirda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalarining texnik nosozliklari ro‘yxati va bunday vositalardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3-ilovasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining shunga vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-82-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 131-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati bo‘yicha Yo‘riqnomasining 42 va 61-bandlariga qarang (ro‘yxat raqami 1252, 30.06.2003-y.).
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:
transport vositalari haydovchilarining ishini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq ravishda tashkil etadi;
yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud bo‘lgan taqdirda transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi;
Avtomobilda yoki yer usti shahar elektr transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari doirasida, tashishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus qoidalar belgilashi hamda transport vositalarining haydovchilariga qo‘shimcha talablar qo‘yishi mumkin.
Yo‘l harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan, shu jumladan yo‘lga chiqish oldidan va yo‘ldan qaytganidan keyin tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish, shuningdek yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, yo‘l harakati qatnashchilariga, ichki ishlar organlarining, boshqa ixtisoslashgan bo‘linmalarning mansabdor shaxslariga va aholiga yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlangan shaxslarga tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar yordam ko‘rsatish usullarini vaqti-vaqti bilan o‘rgatish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyning o‘zida tibbiyot xodimlari yetib kelgunga qadar yordam ko‘rsatishdan, shuningdek yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyning o‘zida, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish hamda yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish tartibi, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxati, shuningdek transport vositalarini boshqarishni taqiqlovchi, tibbiyot nuqtai nazaridan nomaqbul ko‘rsatkichlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish — qo‘llanishi standartlar bilan tartibga solinadigan hamda yo‘l harakatini tashkil etish loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan boshqarishning texnik vositalaridan hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yo‘l harakatining yagona tartibi Yo‘l harakati qoidalari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng taraflama qatnovi belgilanadi.
Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘llardagi qatnovning xavfsiz sharoitlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Yo‘l harakati qatnashchilarining o‘z huquqlarini amalga oshirishi yo‘l harakati boshqa qatnashchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak.
qonun hujjatlarida belgilangan o‘z huquqlarining buzilishi yoki cheklanishi sabablari to‘g‘risida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar olish:
qatnovning xavfsiz sharoitlari to‘g‘risida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq mahsulot va xizmatlar sifati haqida to‘liq va ishonchli axborot olish;
yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda bepul tibbiy yordam ko‘rsatish, qutqaruv ishlari o‘tkazish va boshqa shoshilinch yordam ko‘rsatish vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga yuklatilgan tashkilotlar va mansabdor shaxslardan ana shunday yordamlar olish, qutqaruv ishlari ko‘rsatilishiga erishish;
yo‘l-transport hodisasi natijasida ularning o‘limi, tan jarohati olishi, transport vositasi va yuklar shikastlanishi ro‘y bergan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararlarning o‘rni qoplanishiga erishish, shuningdek ma’naviy ziyon uchun kompensatsiya olish;
LexUZ sharhi
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida faoliyat olib borayotgan mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
ushbu Qonun, Yo‘l harakati qoidalari hamda yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlari talablarini bilishlari va ularga og‘ishmay rioya etishlari;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida maxsus vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishlari;
mototsikllar, motorollerlar va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;
ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan hamda o‘rindiqlar soni haydovchinikidan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi. taksi bundan mustasno;
taksi tariqasida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan va haydovchinikidan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;
transport vositalari sostavlarini boshqarish huquqi ushbu qismning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga transport vositalarini boshqarish staji o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan taqdirda beriladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan, belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnoma berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘quv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Tegishli toifadagi transport vositalarining haydovchilarini tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan hajmda tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlar topshirishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mototsikllar, motorollerlar va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun fuqarolarning tegishli dasturlar hajmida mustaqil tayyorgarlik ko‘rishiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli toifalardagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlashning yagona dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(21-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi O‘RQ-82-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 14-son, 131-modda)
haydovchining sog‘lig‘i transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda;
mazkur huquqdan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun mahrum etilganda. Javobgarlik chorasi tariqasida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qo‘llaniladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XI bobiga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XVIII bobiga va Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga qarang (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.).
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.