Ushbu Qonun baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati deganda baholovchining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan.
Baholash faoliyati uchun litsenziya bergan organ baholovchilar baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini talablariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash maqsadlariga qarab baholash obyekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi.
Baholash obyekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari baholash standartlari bilan belgilanadi.
Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
Baholash obyektining bozornikidan farqlanuvchi qiymati deganda mazkur baholash obyektining baholash ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilganidan farqli shartlarida o‘tkazilgan eng ehtimol tutilgan baho tushuniladi.
Baholash standartlari o‘zaro bog‘liq norma va qoidalar majmuidan iborat bo‘lib, ular quyidagilarni belgilaydi:
Baholash standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Baholashni o‘tkazish natijalaridan baholash obyekti o‘z balansida turgan shaxslar buxgalteriya hisobi va hisobot ma’lumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda;
Keyingi tahrirga qarang.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida ularga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo‘yilgan mol-mulkni tasarruf etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Baholovchi va u ko‘rsatayotgan xizmatlarning iste’molchi (buyurtmachi) o‘rtasidagi shartnoma baholashning o‘tkazish uchun asosdir.
Baholash obyektini baholash, shu jumladan qayta baholash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sud ajrimi asosida o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnomaga baholovchida baholash faoliyatining amalga oshirish uchun beriladigan litsenziya borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar litsenziyaning tartib raqami, litsenziya berilgan sana va uni bergan organ ko‘rsatilgan holda majburiy ravishda kiritiladi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Baholashning o‘tkazganligi uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
baholash obyektini majburiy baholashdan o‘tkazishda hujjatlarning foydalanish erkinligini ta’minlashni buyurtmachidan talab qilishga, ushbu baholashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olishga;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olishga. Mazkur axborotni berishni rad etish baholashning ishonchligiga jiddiy ta’sir etadigan hollarda, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda (matnda bunday buyon hisobot deb yuritiladi) ko‘rsatib o‘tadi;
baholash o‘tkazishda ishtirok etishga zaruriyatga qarab shartnoma asosida boshqa baholovchilar yoki o‘zga mutaxassislarni jalb etishga;
buyurtma shartnoma shartlarini buzgan, baholash obyekti haqida zarur axborot taqdim etilishini yoki shartnomaga muvofiq ish sharoitlarini ta’minlamagan hollarda, baholashni o‘tkazishni rad etishga haqli.
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga va baholash standartlari talablariga rioya etishi;
xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‘tkazishda o‘zining ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar qilishi;
baholash o‘tkazilayotgan paytda buyurtmachidan olingan maxfiy axborotni oshkor etmasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi hollarda baholashning o‘tkazishga yoki boshqa manfaatdor shaxslarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi:
baholovchi buyurtmachi-yuridik shaxsning buyurtmachisi yoki muassisi (aksiyadori) yoxud mansabdor shaxsi bo‘lsa;
baholovchi yuridik shaxsning mulkdori, muassisi (aksiyadori), mansabdor shaxsi yoki baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lsa yoxud shunday manfaati bo‘lgan jismoniy shaxs bo‘lsa yoxud shunday manfaati bor shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lsa;
baholovchi shartnomadan tashqari buyurtmachiga yoki baholash obyektiga nisbatan ashyoviy yoki majburiyatiga oid huquqlarga ega bo‘lsa.
baholovchining manzili va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun unga berilgan litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektining uni baholash sanasidagi aynan tenglashtirish imkonini beradigan aniq tavsifi, yuridik shaxsga qarashli baholash obyektiga nisbatan esa — yuridik shaxsning rekvizitlari;
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholashni o‘tkazishda foydalanilgan ma’lumotlar ularning olingan manbalarini, shuningdek bunda taxmin deb olinganlarini ham ko‘rsatgan holda;
baholash obyekti qiymatini aniqlash izchilligi va uning yakuniy miqdori, shuningdek olingan natijani qo‘llanishdagi cheklovlar va chegaralar;
baholovchi foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar ro‘yxati.
Hisobot baholash obyekti qiymatini hisoblashning unda qo‘llanilgan usulini to‘la aks ettirish uchun kerakli boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin.
Agar baholashni o‘tkazish paytida bozornikidan farqlanuvchi qiymat aniqlanayotgan bo‘lsa, hisobot bahoni belgilash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan chetga chiqish sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash obyektining hisobotda ko‘rsatilgan qiymati, agar qonun hujjatlari yoki sud qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, baholash obyekti xususida bitim tuzish maqsadi uchun tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtmachining huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari zarar yoxud ziyon yetkazgan tarzda o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, shuningdek baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganligi uchun baholovchi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Baholovchilarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Baholovchilarning o‘z manfaatlarini himoya qilish va ifodalash maqsadida kasbiy jamoat birlashmalari va notijorat asosda faoliyat olib boradigan boshqa tashkilotlarga (uyushmalar, ittifoqlarga) birlashishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyati amalga oshirilayotganda yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda hal etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risida”gi nizom.