24.09.2003 yildagi 409-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2012
Hujjat 24.09.2003 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish, birxillashtirish va ma’lumotlarni qisqartirish hisobiga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yagona hisobot tizimini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2003-yil 1-dekabrgacha ilovada keltirilgan statistika hisoboti shakllari va ularni to‘ldirishga doir yo‘riqnomalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida hisobot” bo‘yicha 1-qurilish (yillik) va 1-qurilish (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1314, 17.02.2004-y.) va “Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot” bo‘yicha 2-invest (yillik) va 2-invest (choraklik) davlat statistika hisoboti shakllarini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1316, 24.02.2004-y.).

T/r

Statistika hisoboti shakllarining nomi

Shaklning tartib raqami

Davriyligi

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

I. Hisobotlarning tugatilayotgan shakllari

1.Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida 2-invest (qisqachaoylik
2.Ijtimoiy soha ayrim obyektlarini ishga tushirish to‘g‘risida 2-qurilishchoraklik
3.Pudrat shartnomasi tuzishning borishi to‘g‘risida 1-KS (shartnoma) yilda 2-marta
4.Bajarilgan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomasi 2-shakloylik
5.Bajarilgan ishlar va xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma 3-shakloylik

II. Hisobotlarning saqlanib qoladigan, birxillashtiriladigan va yangidan kiritiladigan shakllari

1.Yakka tartibda qurilgan uy-joy binolarini ishga tushirish to‘g‘risida 1-YaTUJQyillikSaqlanib qoladi
2-3. Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida2-investchoraklik yillik

Shakllar mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoni qoidalariga va Farmonni bajarish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlariga muvofiq yoziladi

4-5.Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ular qurilishida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida1-qurilishchoraklik yillik
6.Jismoniy shaxslar tomonidan olib borilayotgan obyektlar qurilishi to‘g‘risida1-JQ (shoshi-linch)choraklik
7.Ijtimoiy soha obyektlarining ishga tushirilishi va qurilish ishlarining bajarilishi to‘g‘risida1-KSyillikShakllar mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoni qoidalariga va Farmonni bajarish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlariga muvofiq yoziladi



8.Quri�ish ishlarining bajarilishi to‘g‘risida1-KSoylik
9.Loyiha-qidiruv ishlari qiymati to‘g‘risida4-KSyillik
10.Tugallanmagan qurilishlar ahvoli to‘g‘risida8-KSoylik
11.Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida18-KSyillik
12.Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar, konstruksiyalar va uskunalar narxi to‘g‘risida (moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obyektlar bo‘yicha taqdim etiladi)9-KSoylikYangidan kiritilmoqda
13.Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma-hisob-fakturaoylik2 va 3-shakllar o‘rniga yangidan kiritilmoqda