Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi:
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi tarkibini va komissiya to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga, 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati) turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin, jismoniy shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsiya vositachisi va investitsiya maslahatchisining kasbiy faoliyati bundan mustasno.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyati litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – besh yil. Litsenziya 5 yildan kam muddatga litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan faqat litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga majburiy rioya qilinishi;
b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining yetarliligini va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini ta’minlash;
v) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan dasturiy-texnik kompleksga qo‘yiladigan talablarning dasturiy ta’minoti va texnik vositalari muvofiqligi hamda investitsiya institutlari va fond birjalari bilan o‘zaro elektron aloqaga tayyorligi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodimning bo‘lishi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) quyidagi shaxslar jismoniy shaxs — litsenziat yoxud yuridik shaxs — litsenziatning yakka holda ijro etuvchi organi bo‘lishlari mumkin emas:
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lmagan shaxslar;
investitsiya institutlarida, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalaridagi yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarda faoliyatning tegishli turlarini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtagan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, investitsiya instituti, fond birjasi, kredit, sug‘urta yoki auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar;
yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
e) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi.
Ushbu bandning “b” va “g” kichik bandlari talablari jismoniy shaxs bo‘lgan litsenziatlarga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq turlariga litsenziya olishda litsenziya talabgoriga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida asosiy faoliyatning qo‘shimcha (qo‘shib olib boriladigan) turi qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning amalga oshirilgan turiga muvofiq bo‘lishi kerak;
qimmatli qog‘ozlar bozorida qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirish niyatida bo‘lgan litsenziya talabgori yoki litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomda ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turiga hujjatlarni taqdim etishi va kasbiy faoliyatning qo‘shib olib boriladigan turlaridan biri uchun eng ko‘p darajada belgilangan o‘z mablag‘lari (sarmoya)ning yetarli miqdoriga ega bo‘lishi kerak.
Litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlarida litsenziya talabgorining tarkibiy bo‘linmasi yoki litsenziya talablari va shartlari unga ham joriy etiladigan litsenziatning qo‘shib olib boriladigan kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga qo‘yiladigan talablar va uning tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinadigan depozit hisob raqamining tartib raqami;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar;
litsenziya talabgori amalga oshirish niyatida bo‘lgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi va faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs uchun – yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
g) ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
d) soliq organining belgisi va oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) miqdori hisob-kitobi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) litsenziya talabgori bo‘lgan jismoniy shaxsning yoxud litsenziya talabgori bo‘lgan yuridik shaxsning (investitsiya fondlaridan tashqari) rahbari va xodimlarining litsenziyalovchi organning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan litsenziya talabgori bo‘lgan yuridik shaxsning ular doimiy asosda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari, shuningdek yakka holda ijro etuvchi organ funksiyasini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
z) axborotni saqlash, muhofaza qilish va tiklash tartibi, shu jumladan talabgor tomonidan tasdiqlangan xizmat axborotidan nohuquqiy foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxati;
Keyingi tahrirga qarang.
i) qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash uchun talab etiladigan mazkur Nizomning 10—15-bandlarida sanab o‘tilgan boshqa hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi 29-sonli qarori asosida “k” kichik band bilan to‘ldirilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qaroriga muvofiq “k” kichik bandi matniga o‘zgartirish kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq “k” kichik bandi matniga o‘zgartirish kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning “g”, “d”, “e”, “z” kichik bandlari talablari jismoniy shaxslar bo‘lgan litsenziya talabgorlariga joriy etilmaydi.
9-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi 29-sonli qarori tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, boshqaruvchi kompaniya va investitsiya kompaniyasi kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
talabgor tomonidan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
talabgor tomonidan tasdiqlangan Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisi (investitsiya maslahatchisi, boshqaruvchi kompaniya, investitsiya kompaniyasi)ning xatti-harakatlari tartibi nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Investitsiya fondi kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
fondni boshqarish to‘g‘risida investitsiya fondi bilan boshqaruvchi kompaniya o‘rtasida kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
investitsiya fondi bilan depozitariy o‘rtasida kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Depozitar faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq bo‘lgan depozitar faoliyatni amalga oshirishga qo‘yiladigan ichki tartib;
depozitar faoliyatni amalga oshirishga o‘z dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi mazkur dasturiy vositani yoki guvohnoma nusxasini sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
depozitar faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
dasturiy ta’minot va texnik vositalarning depozitariylarning dasturiy–texnik komplekslariga qo‘yiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda investitsiya institutlari bilan elektron o‘zaro hamkorlikka tayyorligi to‘g‘risida Markaziy depozitariyning xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha o‘z dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
14. Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq bo‘lgan Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrini yuritish qoidalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki o‘z dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
o‘z ichiga qimmatli qog‘ozlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarish tartib-qoidalari, qimmatli qog‘ozlar narxlari kotirovkasi to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oluvchi Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari;
qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarni qo‘yish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishi talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Matni bir varaqdan ko‘p bo‘lgan hujjatlar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, litsenziya talabgorining muhri bilan tasdiqlangan va litsenziya talabgorining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilinganligi sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
18. Ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
19. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
20. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
22. Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilinadigan kunda ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qarordan xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
24. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi faoliyat turi (turlari)ning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etiladigan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tartib buzishlar ro‘yxati;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
25. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqaruvchi kompaniya va depozitariy kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziyada ruxsat berilgan operatsiyalar (xizmatlar) ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
28. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilinadigan kunda kiritiladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
30. Litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Yuridik shaxs bo‘lgan litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs bo‘lgan litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi o‘zgargan taqdirda litsenziat qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
32. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
33. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
34. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
35. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
39. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida uning oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Litsenziyalovchi organ qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestri yuritadi.
yuridik shaxslar uchun – yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning pasportidagi ma’lumotlar, uy manzili, telefoni;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishi, amal qilishini to‘xtatib turish va amal qilishi tiklanishi asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
41. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar to‘lov to‘lab litsenziyalovchi organdan litsenziyalar reyestridan muayyan litsenziatlar to‘g‘risida ko‘chirma tarzida ma’lumotlar olish huquqiga egadir.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun bitta eng kam oylik ish haqi miqdoridagi to‘lov litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq turiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya berishda va uning amal qilishini besh yildan kam muddatga uzaytirishda davlat boji miqdori litsenziya amal qilishining qisqartirilgan muddatiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.