20.06.2014 yildagi 261-son
Hujjat 20.06.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlari sud ekspertizasi (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) tayinlash masalasini hal etish, sud eksperti xulosasini tekshirish va unga baho berishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 2-martda 2202-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi), shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga qat’iy amal qilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, ekspertiza deganda sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, san’at yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini o‘tkazish va xulosa berishdan iborat bo‘lgan protsessual harakat tushuniladi.
Ekspertiza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxsning yozma yoki og‘zaki iltimosiga ko‘ra tayinlanishi mumkin. Sud o‘z tashabbusi bilan ekspertiza tayinlashga haqli emas, qo‘shimcha ekspertiza tayinlash (XPK 94-moddasining to‘rtinchi qismi), shuningdek qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlash (“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 48-moddasining yettinchi qismi) hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
5. XPKning 47-moddasi va Qonunning 10 va 11-moddalari mazmuniga ko‘ra, ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. XPK 122-moddasi birinchi qismining 6-bandiga ko‘ra birinchi instansiya sudi nafaqat xo‘jalik ishini ko‘rishda, balki ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida ham ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosi bo‘lgan taqdirda ekspertiza tayinlash masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir. Bunday holda ekspertiza tayinlash masalasi da’vo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay hal etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimi asoslantirilgan hamda XPKning 67, 681, 684-moddalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi kerakligi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri zarurligi ko‘rsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8.3. XPK 67-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspert tomonidan tushuntirish berilishi lozim bo‘lgan savollarni hamda sud ekspertining nomzodlari bo‘yicha takliflarini taqdim etishga haqli. Ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollarning uzil-kesil mazmunini sud belgilaydi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan savollar sud tomonidan rad etilgan bo‘lsa, ajrimda rad etish sabablari asoslantirilgan bo‘lishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
9. XPK 83-moddasining 1-bandiga muvofiq ekspertiza tayinlangan hollarda xo‘jalik sudi ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli. Bu haqda alohida ajrim chiqarilishi yoki ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda ko‘rsatilishi mumkin.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) XPKda nazarda tutilmaganligi bois, sudlar inobatga olishlari lozimki, ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda ish yuritishni to‘xtatib turish ham ko‘rsatilib, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) bo‘lsa, shikoyat (protest)ning faqat ish yuritishni to‘xtatib turishga oid qismi ko‘rib chiqiladi. Agar shikoyat (protest) ajrimning ekspertizani tayinlashga oid qismi ustidan berilgan bo‘lsa, uni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar u ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, shikoyat (protest) ko‘rib chiqilayotgan instansiya sudida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Agar ekspertizaning o‘tkazilishi XPKda ishni ko‘rish uchun belgilangan protsessual muddatning buzilishiga olib kelmasa, sud ish yuritishni to‘xtatmasdan ekspertiza tayinlash haqida ajrim chiqarishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. XPK va Qonunga muvofiq qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertiza ham tayinlanishi mumkin.
XPK 681-moddasining birinchi qismiga ko‘ra qo‘shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi turli bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish uchun tayinlanadi. Bu erda bo‘shliqlar deganda, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasining to‘liq va aniq emasligi, xulosadagi kamchiliklarni ekspert (ekspertlar komissiyasi a’zolari)ni so‘roq qilish yo‘li bilan ham bartaraf etish imkoni mavjud bo‘lmaganligi va shu kabi holatlar tushunilishi kerak.
XPK 681-moddasining ikkinchi qismida ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o‘tkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanishi belgilangan.
Sudlarga tushuntirilsinki, qo‘shimcha, qayta, komissiyaviy yoki kompleks ekspertizalar faqat XPK va Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda tayinlanadi va boshqa asoslar bo‘yicha bunday ekspertizalarni tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud eksperti xulosasining mazmuni va shakli bo‘yicha qo‘yiladigan talablar XPKning 69-moddasi va Qonunning 23-moddasida ko‘rsatilgan. Agar sud ekspertining xulosasi ushbu talablarga rioya qilinmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sud ushbu xulosani ishning holatlarini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilmaydi. Shu bilan birga sud ekspert (sud ekspertlari komissiyasi)dan xulosani qonun talablariga mos holda rasmiylashtirishni talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agar ekspert xulosasini baholashda shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari (imzo yoki hujjatlarning qalbakilashtirilishi va h. k.) mavjudligi aniqlansa, sud XPK 152-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xususiy ajrim yuborishi kerak. Xususiy ajrimga ekspertiza xulosasining asl nusxasi ilova qilinadi, xulosaning ko‘chirma nusxasi esa xo‘jalik ishi hujjatlariga qo‘shib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. XPK 47-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi. Shu munosabat bilan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi vakillari) jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladi va bu haqda sudning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi ajrimida ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. XPK 61-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Sud eksperti xulosasi sud tomonidan boshqa dalillar bilan bir qatorda, har tomonlama, to‘liq va xolis tekshirishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yo‘riqnomaning 12-bandiga muvofiq, ekspertizani o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlariga yuklangan taqdirda ekspertizani o‘tkazish muddatlari uning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘ttiz kun ichida belgilanadi.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, Namunaviy nizomning 7-bandiga ko‘ra ekspertizani o‘tkazish muddatlari materiallar ekspertiza muassasasiga tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanadi va ular ekspertiza muassasasi rahbari tomonidan ekspertizani tayinlagan organ (shaxs)ga yuborilgan kunda tugaydi.
23. Sudlarga tushuntirilsinki, XPKning 94-moddasi mazmuniga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan, agar ikkala tomon bunday iltimosnoma bilan murojaat qilgan bo‘lsa, ushbu summa ularning har ikkalasi tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan teng miqdorda o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Plenum qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda sudning tashabbusi bilan ekspertiza tayinlangan taqdirda, uni o‘tkazish uchun to‘lanadigan summa sudning depozit hisobvarag‘idan o‘tkazilib, u ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha taraflar o‘rtasida XPKning 95-moddasiga muvofiq taqsimlanadi va undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Sudlarga tushuntirilsinki, Namunaviy nizom 8-bandining uchinchi xatboshisiga ko‘ra ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi materiallarni ekspertiza o‘tkazmasdan qaytarish uchun asos bo‘ladi. Shu bois ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar to‘lanmaganligi sababli tegishli materiallar ekspertiza o‘tkazilmasdan sudga qaytarilgan taqdirda, sud ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarning to‘langanlik yoki to‘lanmaganlik holatini tekshirishi lozim. Bunday xarajatlar to‘lanmagan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ularni to‘lashga imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo ishdagi mavjud dalillar asosida ko‘rib chiqiladi.