LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli “Yer qa’ridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Maxsus davlat komissiyasi tashkil etilsin.
2. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
investitsiya loyihalari va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga va yer qa’rining aniq uchastkalaridan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholash;
investitsiya loyihasining texnikaviy-iqtisodiy asoslari asosida mahsulot taqsimotiga oid bitimlar shartlarida berilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilash;
Vazirlar Mahkamasiga mahsulot taqsimotiga oid muayyan bitim tuzishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa taqdim etish;
mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida investorga berilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanishning ishlab chiqilgan shartlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
4. Belgilansinki, 3-ilovaga* muvofiq tarkibdagi komissiya kotibiyati Maxsus komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Materiallarni komissiya majlislariga tayyorlash va komissiyaning qarorlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun nazoratni tashkil etish yuzasidan zarur kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish Maxsus komissiya kotibiyatiga yuklansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda matnda “Komissiya” deb yuritiladi) ish tartibini belgilab beradi.
2. Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlash, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni tayyorlash yuzasidan ishchi guruhlar ishini muvofiqlashtirish Komissiya kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
3. Komissiyaning va Komissiya kotibiyatining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
dastlabki texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan yer qa’ri uchastkalarini berish bo‘yicha ochiq kimoshdi savdolarining boshlang‘ich shartlarini kelishish;
investitsiya loyihasining texnikaviy-iqtisodiy asoslari asosida mahsulot taqdimotiga oid bitim shartlarida berilayotgan yer qa’ri uchastkasi yoki uchastkalaridan foydalanish shartlarini belgilash;
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va yer qa’rining aniq uchastkalaridan foydalanishning belgilangan shartlariga muvofiqligini baholash.
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanganlik uchun bir martalik (bonus) va muntazam (royalti) to‘lovlar miqdori va tartibini;
daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlaganlik va oqizganlik uchun to‘lov stavkalari loyihalarini;
Keyingi tahrirga qarang.
investorga foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkasi bo‘yicha aniqlash, qidirish ishlari va boshqa tadqiqotlar natijalari (geologik axborot va boshqa axborot) uchun xarajatlar kompensatsiyasi miqdorini;
mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish davomida investor tomonidan sarflangan mablag‘larni qoplashga yo‘naltiriladigan mahsulot ulushini aniqlash tartibini;
investorga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibini ishlab chiqadi;
geologik o‘rganish (aniqlash va qidirish), yer qa’rini, atrof muhitni muhofaza qilish va yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar xavfsiz yuritilishi sohasidagi talablarni;
investorning mo‘ljallanayotgan faoliyati atrof muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlarni olib borish tartibini;
mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan xodimlarni yollash shartlarini va ularning son tarkibini;
investor tomonidan tijorat maqsadidagi kon aniqlangan taqdirda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini berish tartibini;
foydali qazilmalarning tijorat maqsadidagi kon aniqlangan taqdirda yer qa’ri uchastkasini geologik jihatdan o‘rganishga xarajatlarni qoplash tartibini;
yer qa’ri uchastkasi foydali qazilmalar konini aniqlash jihatidan istiqbolsiz ekanligi aniqlangan taqdirda yer qa’ri uchastkasini (uchastkaning bir qismini) qaytarish tartibini;
yer qa’ri uchastkalaridan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishning boshqa shartlarini belgilaydi;
v) mahsulot taqdimotiga oid bitim shartlarida investorga berilayotgan yer qa’ri uchastkasi yoki uchastkalaridan foydalanishning ishlab chiqilgan shartlarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
g) investitsiya loyihasining, shu jumladan investor tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihasining texnikaviy-iqtisodiy asoslari va mahsulot taqsimotiga oid bitim loyihasi ekspertiza organlarida, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarda, shuningdek ular faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
d) ekspertiza natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, zarurat bo‘lganda ularni vakolatli ishchi organ (vakolatli kompaniya) va investor ishtirokida ko‘rib chiqadi;
e) zarurat bo‘lganda investitsiya loyihasining texnikaviy-iqtisodiy asoslari va mahsulot taqsimotiga oid bitim loyihasi investor, vakolatli davlat organi yoki vakolatli kompaniya hamda manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi;
j) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mahsulot taqsimotiga oid muayyan bitimni tuzishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklifni ushbu masala bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi bilan birgalikda kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyaga mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bilan bog‘liq boshqa vazifalar va funksiyalarni bajarishni ham yuklashi mumkin.
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga tegishli materiallarni ekspertiza o‘tkazish uchun tegishli ekspertiza organlariga, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga, banklarga, ixtisoslashtirilgan ilmiy, loyiha tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga yuborish;
Komissiyaning ishiga tegishli ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislarni, shuningdek mustaqil ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;
Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun ishchi guruhlar tashkil etish;
vakolatli davlat organi yoki vakolatli kompaniya vakillarini, investorlarni, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, banklar, ilmiy, loyiha tashkilotlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va mutaxassislarini ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha Komissiya majlisiga taklif etish va ularning axborotlarini eshitish;
Vazirlar Mahkamasiga vakolatli davlat organi va/yoki vakolatli kompaniya, investor bilan kelishilgan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalari shartlarini o‘zgartirish va ularga qo‘shimchalar kiritishga doir takliflarni kiritish;
ekspertiza natijalarini umumlashtirish va tahlil etish asosida investitsiya loyihasining texnikaviy-iqtisodiy asoslarini va mahsulot taqsimotiga oid bitim loyihasini puxta ishlash uchun qaytarish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyaga uning samarali ishlashi va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa huquqlarni ham berishi mumkin.
7. Komissiyaning faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan ish tartibiga muvofiq tashkil etiladi.
8. Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari, Komissiya majlisi chaqirilishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda qabul qilinadigan qarorlarning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi.
Kotibiyat majlislar o‘tkazilishiga tayyorgarlik tashkil etilishini, ko‘rib chiqish uchun zarur materiallar va Komissiya qarorlari protokollarini ta’minlaydi.
9. Komissiyaning qarorlari Komissiyaning majlisda hozir bo‘lgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi (majlisda Komissiya a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etish sharti bilan). Agar Komissiya a’zosi qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, u dalillar keltirilgan sabablar ko‘rsatilgan o‘z fikrini yozma bayon qilishi va uni Komissiya raisining nomiga yuborishi shart.
Komissiya qarorlari Komissiya a’zolarining rozilik belgisi bilan tasdiqlanadi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.