“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10 va 19-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibini hamda ushbu turdagi ekologik nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Davlat ekologik nazorati “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish.
4. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi shart.
atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik nazorati atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
7. Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllar va usullardan ham foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati ustidan amalga oshirilgan barcha yoki bir shakldagi davlat ekologik nazoratining natijalariga bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik holatida (muomala munosabatlari, qarindoshlik munosabatlari, hamkorlikdagi ish va boshqalar) mansabdor shaxs tegishli davlat ekologik nazorati organi rahbariga oldindan yozma ravishda xabar berishga va o‘zini o‘zi rad qilishini ma’lum qilishga majbur. Ushbu talabning bajarilmasligi va ekologik nazoratni amalga oshirishda ishtirok etilishi uning natijalari haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
9. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektga xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
10. Davlat ekologik nazorati amalga oshirilishiga yoki uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
11. Qonuniy talablar bajarilmasligida, davlat ekologik nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
12. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, u qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda IIV deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi deb ataladi), O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzurida ularning vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilinadi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yuritish tartibi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Hay’ati tomonidan davlat ekologik nazorati sohasidagi boshqa maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan xolda tasdiqlanuvchi reglament bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi:
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, ushbu bandning uchinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan sohalarni nazorat qilish bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Sog‘liqni saqlash vazirligi — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suv ta’minoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI — sanoat xavfsizligiga va radiatsiyaviy xavfsizlikka rioya etilishi, yer qa’rini geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan ta’minlash yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi — sun’iy suv obyektlarining suvidan foydalanilishi va iste’mol qilinishi, o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi — yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi bundan mustasno.
19. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
20. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
21. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organlar ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
22. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazorati Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspeksiyasi, Respublika hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishlicha Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari, Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan davlat inspeksiyasi, Respublika hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish davlat inspeksiyasining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari, shuningdek ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan davlat ekologik nazorati Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlarga bo‘lingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi havzalarning bosh davlat sanitariya vrachlari;
tumanlar, tumanlarga bo‘linmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va port hamda suv transportidagi liniyali uchastkalarning bosh davlat sanitariya vrachlari davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadilar.
24. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi nomidan davlat ekologik nazorati “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining raisi — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori o‘rinbosari;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish katta davlat inspektori;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, tumanlar (shaharlar) yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘limlari boshliqlari — tegishli hududlarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat inspektorlari;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boshqarmasi bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boshqarmalarining tegishli shu’balari boshliqlari — yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish davlat inspektorlari hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadilar.
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi boshlig‘i — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning kon nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning kon nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari;
Ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati inspeksiyasi mutaxassislari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning kon nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Neft va gaz sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning neft va gaz sanoati obyektlarida kon nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Neft va gaz sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning neft va gaz sanoati obyektlarida kon nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Neft va gaz sanoatini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning neft va gaz sanoati obyektlarida kon nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bo‘yicha bosh davlat inspektori;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bo‘yicha bosh davlat inspektori o‘rinbosari;
“Sanoatgeokontexnazorat” DIning Geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari — “Sanoatgeokontexnazorat” DIning yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bo‘yicha davlat inspektorlari, shuningdek “Sanoatgeokontexnazorat” DI tizimining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan xodimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
26. IIV nomidan davlat ekologik nazorati IIVning mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transport ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
yo‘l-patrul xizmati va ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari;
avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i;
avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha guruhning katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat bo‘yicha guruhning ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular bo‘lmaganda — ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
yo‘l-patrul xizmati brigadasi (batalon, divizion, otryad, mobil guruh)ning komandiri yoki komandirning o‘rinbosari — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori);
yo‘l harakati qoidalariga va xavfsizlikni ta’minlashga taalluqli bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.
27. Veterinariya sohasida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi nomidan davlat ekologik nazorati Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat veterinariya bo‘limlarining (keyingi o‘rinlarda “Davvetxizmat” deb ataladi) mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosari, davlat veterinariya inspektorlari davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi “Davvetxizmat” organlarining mansabdor shaxslari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tekshirishlar shaklida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari lozim.
a) korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga, yuridik va jismoniy shaxslar (xo‘jalik yurituvchi subyektlar)ning obyektlariga, ularning tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda kirish;
b) ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlash va oqova suvlarni tashlash manbalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududining ichida yoki ularning tashqarisida joylashuvidan qat’i nazar, ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga tashlash va oqizish manbalaridan, shuningdek chiqindilar va ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari (oqizmalari) bilan ifloslangan hududlardan to‘siqsiz namunalar olish;
v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanganligini aniqlash uchun o‘simliklar o‘sib chiqqan yerlarga va hayvonlarning yashash muhitiga to‘siqsiz kirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirmagan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
g) yangi (rekonstruksiya qilingan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan obyekt va inshootlarni qabul qilish va ishga tushirish bo‘yicha davlat komissiyalari ishida qatnashish;
d) atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqida yuridik va jismoniy shaxslarga talablar qo‘yish;
e) atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berish;
j) favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga boshqa aniq tahdidlar paydo bo‘lishining oldini olish munosabati bilan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish haqida qarorlar qabul qilish;
z) atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi arizalar bilan sudlarga murojaat qilish;
i) atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
k) qonun hujjatlarining sanitariya-gigiyena va ekologik talablarini buzgan holda amalga oshirilayotgan tabiatdan foydalanishga ruxsatnomalarning amal qilishini vaqtincha to‘xtatish, to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
l) yuridik shaxslar rahbarlaridan tasarrufidagi obyektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishi (oqizilishi) ustidan uzluksiz nazorat qilish vositalari bilan jihozlangan punkt (post)lar barpo etishni, bunday punkt (post)larning ishi ustidan nazoratni amalga oshirishni, bunday punkt (post)lardan olingan ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim etishni talab qilish;
m) yuridik va jismoniy shaxslardan bepul asosda, belgilangan tartibda va shakllarda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga oid kerakli bo‘lgan ma’lumot va tushuntirishlarni so‘rash va olish;
laboratoriya tadqiqotlari va tahlillari uchun zarur bo‘lgan namuna va nusxalarni olish dalolatnomalarini;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlari talablariga amal qilinishi, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlarining amalga oshirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra dalolatnomalar yoki ma’lumotnomalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
atrof tabiiy muhit muhofazasi sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va ichki ishlar organlari idoralariga yetkazish;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy jazo solish;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ko‘rsatishga;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarida yozuvlarni amalga oshirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirishlar natijasini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi tekshirish tamom bo‘lgan kunda tekshirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qoldiriladi;
huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rishga majburdir.
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish borasidagi majburiyatlarni bajarayotganlarida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, IIV va “Sanoatgeokontexnazorat” DIning tegishli bo‘linmalarining mansabdor shaxslari farqlash belgili forma kiyimini kiyishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga qonunchilik bilan, shuningdek boshqa huquqlar berilishi va boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
32. Davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari ularga yuklangan vazifalarga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda:
qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan shudgor yerlar saqlab qolinishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar bajarilishi holatini;
yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlashishdan, ikkilamchi sho‘rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshqa jarayonlaridan himoya qilinishini;
qishloq xo‘jalik ekinlarini buta va mayda o‘rmonlar, begona o‘tlar bilan g‘ovlab ketishidan va yerlar holati yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan himoya qilishni;
erlarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini kesib olish, foydalanish va saqlab qolishni;
foydali qazilma boyliklarni qazib olish, qurilish va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, boshqa yerlarni, ularga zarurat qolmaganda — maqsadga ko‘ra foydalanishga yaroqli holga keltirishni o‘z ichiga oluvchi yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar majmuasining bajarilishini;
yer qa’ridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish texnologiyasining me’yor va qoidalariga rioya etilishini;
kon ishlarining texnik loyihalari va ularni rivojlantirish rejalari, shuningdek uglevodorod konlarini qazish va jihozlash loyihalari talablariga rioya etilishini;
foydali qazilmalar konlarini qazish, yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish jarayonida geologiya, marksheyderlik hujjatlari va boshqa hujjat yuritilishi va ularning saqlanishi ta’minlanishini;
yer qa’ridan qazib olinadigan va unda qoldiriladigan asosiy va ular bilan birgalikda chiqadigan foydali qazilmalar komponentlari, shuningdek mineral xomashyo va texnogen mineral hosilalar mahsulotlarining miqdor va sifati hisobi yuritilishini;
qazib olinadigan, biroq vaqtincha foydalanilmaydigan foydali yo‘ldosh qazilmalar va yo‘ldosh foydali komponentlarning saqlanishini;
foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlashda yo‘qotish normativlariga rioya etilishini;
foydali qazilma konlarining boy uchastkalarida tanlash asosda qazish ishlariga yo‘l qo‘yilmasligini;
asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar, foydali yo‘ldosh komponentlar zaxiralarining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek foydali qazilma konlari, ularning alomati bo‘lgan va texnogen mineral hosilalar konlari davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlar taqdim etilishini;
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar mintaqasida aholi xavfsizligi ta’minlanganligini;
yer qa’ridan foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlarini qabul qilish, avariyalarni tugatish rejalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar xavfsiz olib borilishini;
foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari va foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish va konservatsiyalash tartibiga rioya etilishini;
konlarni qazishda hosil bo‘lgan kon uyumlari va yon devorlari nishabliklarini tekislash yoki terrasalash ishlari, shuningdek eroziyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
atrof muhit muhofazasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi, shuningdek yer qa’ridan foydalanishda buzilgan yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar keyinchalik foydalanishga yaroqli holga keltirilishini;
yer qa’rini geologik o‘rganish ishlari foydali qazilmalarning behuda yo‘qotilishini va ular sifati pasayishini istisno qiluvchi usul va yo‘llar bilan olib borilishini;
yer qa’rini, foydali qazilma konlarini qidirish va qazishning kon-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlari, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan chiqindilarni saqlash va ko‘mish uchun yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalarining geologik o‘rganilishi to‘liqligini;
foydali qazilmalar yuzasini ochishda hosil bo‘ladigan va aralash jinslar xususiyatlarini, ulardan ishlab chiqarishda va yerlarni rekultivatsiyalashda, shuningdek foydali qazilmalarni radiatsiya-gigiyenik baholashda foydalanish uchun ular bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning to‘liqligini;
kon ishlarini amalga oshirish natijasida qazib olinayotgan va yondosh foydali qazilmalar konlari va yer qa’ri boshqa uchastkalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmayotganligini, yer qa’rida konservatsiyalanadigan foydali qazilmalar zaxiralari saqlanishini;
konlardagi o‘yiqlar va ularning yon devorlari bardoshliligi, tog‘ jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, imorat va inshootlar deformatsiyalari ustidan asboblar yordamida kuzatuvlar olib borilishini;
tarkibida foydali komponentlar bo‘lgan, vaqtincha foydalanilmayotgan mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilari joylashtirilishi, hisobi yuritilishi va saqlanishini;
chiqindilar va oqova suvlarni belgilangan chegaralarda zararsizlantirish yoki lokalizatsiyalash, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlaridan foydalanilganda ularning kon qazish joylariga, yer yuzasiga, atmosfera havosiga va suv obyektlariga tushishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi;
suvdan oqilona foydalanish, maqsadsiz suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, suvni tejamkorlik bilan ishlatish, suv sifatini tiklash va yaxshilashni;
o‘rnatilgan suv olish limitlariga, suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qoidalariga rioya qilinishini;
tarkibida ifloslantiruvchi moddalar bo‘lgan oqova suvlar suv obyektlariga oqizilishini to‘liq tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
suv obyektlariga, xo‘jalik obyektlariga va tabiiy resurslarga zarar yetkazilishining oldini olishni;
suv obyektlarini, suvni muhofaza qilish inshootlarini va boshqa inshootlarni, texnik qurilmalarni texnik soz holatda saqlashni, ularning foydalanish sifatini yaxshilashni va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishni;
suvni olish va yetkazishda uning miqdori, suv obyektlariga va kommunal kanalizatsiya tizimlariga oqizilayotgan oqova suvlarning miqdori va sifati hisobini yuritishni, hisobotlar taqdim etishni;
suv resurslaridan foydalanganlik, shuningdek suvni yetkazib berish xizmati va shartnoma asosida ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini;
suv muhofazasi bo‘yicha texnologik, o‘rmon-meliorativ, agrotexnik, gidrotexnik, sanitariya tadbirlari va boshqa tadbirlar amalga oshirilishini;
suvning ifloslanishi, bulg‘anishi va kamayib ketishining oldini olish, suv obyektlariga zararli ta’sirlarni tugatish, shuningdek yer usti va yer osti suv yig‘ish maydonlarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishini;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oq bo‘yi polosalari va sanitariya muhofaza zonalarini saqlashning belgilangan rejimlariga rioya qilinishini;
o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish, qayta tiklash va ko‘paytirish qoidalariga rioya qilinishini;
o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ko‘paytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini;
yong‘in xavfsizligiga rioya qilinishini va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar amalga oshirilishini;
o‘simlik dunyosi obyektlarining o‘sish muhitini muhofaza qilish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini;
hayvonot dunyosidan foydalanish muddatlari, normalariga rioya qilinishini, ularning muhofaza qilinishini, qayta tiklanishini va ko‘paytirilishini;
hayvonot dunyosidan ularning tabiiy jamoalarining butunligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan va foydalanishga berilmagan hayvonlar saqlab qolinishini ta’minlaydigan usullarda foydalanishni;
hayvonlarning yashash muhiti muhofazasi va ko‘payishi sharoitlari va migratsiyasi yo‘llari tashkil etilishini;
xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishda, transport vositalaridan foydalanishda hayvonlar nobud bo‘lishining oldi olinishini;
yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan va kam uchraydigan hayvonlar turlari tutqunlikda ko‘paytirilishini;
hayvonlar kasallanganda, tabiiy ofatlar va boshqa sabablar natijasida ularning nobud bo‘lish xavfi bo‘lgan hollarda yordam ko‘rsatilishini;
biologik organizmlarning ifloslantiruvchi moddalarini atmosfera havosiga tashlash va fizik omillarning cheklangan yo‘l qo‘yiladigan zararli ta’siri normativlariga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosini ishlatish normativlariga, qayta ishlangan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarni saqlash va harakatlanuvchi manbalar bilan ular fizik omillarining atmosfera havosiga zararli ta’siri normativlariga rioya etilishini;
atmosferaga chiqarib yuboriladigan chiqindilarni tozalash uchun inshootlar, apparatlar va asbob-uskunalardan foydalanishni va ularning zararli fizik ta’sirini kamaytirish, shuningdek ular ustidan nazorat qilish qoidalariga rioya qilinishini;
chiqindilarning va fizik omillarning zararli ta’siri hisobi yuritilishini va statistik hisobotlar taqdim qilinishini;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishni, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashni, energiyaning ekologik toza manbalaridan foydalanilishini;
atmosfera havosiga biologik organizmlar va ifloslantiruvchi moddalar tashlanishini kutilayotgan noqulay meteorologik shart-sharoitlar munosabati bilan kamaytirish tadbirlari bajarilishini;
korxonalar va transport kommunikatsiyasi ta’siri zonasida atrof muhitga va aholi sog‘lig‘iga zararli ta’sir baholanishini;
kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar va uchib ketuvchi birikmalarni saqlash shartlariga, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini, ular saqlangan idishlar zararsizlantirilishini;
atmosferaga avariyaviy va birvarakayiga chiqindilar tashlanishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarining oldini olish choralari ko‘rilishini;
chiqindilar bilan munosabatda bo‘lishda sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga va boshqa talablarga rioya qilinishini;
chiqindilarning pasportini tuzish, chiqindilarning hisobi yuritilishini, hisobotlar topshirilishini;
chiqindilarning fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit uchun xavfliligi darajasi aniqlanishini;
chiqindilarning hosil bo‘lishi normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarining mavjudligini;
foydalanilishi lozim bo‘lgan va resurs qiymatiga ega bo‘lgan chiqindilarning buzilishi va yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini, ularni yig‘ish, zarur tarzda saqlash ta’minlanishini;
chiqindilardan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish choralari ko‘rilishini;
chiqindilarni aralashtirishga yo‘l qo‘yilmasligini, ishlab chiqarish texnologiyalarida ko‘zda tutilgan istisno hollardan tashqari;
chiqindilarni ruxsat berilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash, foydalanish va ko‘mib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmasligini;
chiqindilar bilan munosabatda bo‘lishda buzilgan yer uchastkalarini qayta kultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilishini;
chiqindilardan maksimal darajada foydalanish, ularni chiqindilarni yig‘ish, saqlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish, shuningdek foydalanish lozim bo‘lmagan chiqindilarni ekologik xavfsiz qilib ko‘mib qo‘yish ta’minlanishini;
chiqindilar bilan munosabatda bo‘lish sohasida atrof muhitga ruxsat berilmagan chiqindilarni tashlash holatlari va ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlar mahalliy davlat hokimiyati organlariga, vakolatli davlat organlariga taqdim qilinishini;
atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilganligi va tashlanganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lanishini;
tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash holati bo‘yicha tekshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Tabiiy obyektlar va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi komplekslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat ekologik nazorati qonun hujjatlarida va ushbu hududlar to‘g‘risidagi nizomlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlar rejimini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Tabiiy obyektlardan foydalanish va muhofaza qilishni tekshirish, qoida tariqasida, sutkaning kunduzgi qismida amalga oshiriladi.
35. Tekshirishlarni o‘tkazish vaqti asosan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, tashlash va chiqindilarni joylashtirish vaqti rejimlaridan kelib chiqib belgilanadi.
36. Tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq rioya qilinishini o‘rganish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish izchilligi tegishli davlat ekologik nazorati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan yo‘riqnomalar va metodik ko‘rsatmalar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Tekshirishni yuridik shaxsning vakili yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokida amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) korxonaning ma’muriyatini xabardor qilmasdan yoki uning vakilisiz aylanib chiqish (ko‘zdan kechirish) taqiqlanadi.
Ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (ko‘zdan kechirishdan) oldin davlat nazorat organining mansabdor shaxsiga mazkur obyektdagi texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma berilishi shart.
38. Ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslariga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tekshirishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar (xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, maxsus kiyim, shuningdek maxsus himoya vositalari) yaratib berilishi lozim. Nazorat funksiyalarini tez, samarali va xavfsiz amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi, qiyin o‘tiladigan hududlar uchastkalari bilan kesishganda, ishlab chiqarish uchastkalari (sexlari) o‘rtasidagi masofa katta bo‘lgan hollarda transport beriladi.
39. Rejali va rejadan tashqari tekshirishlar “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
yonuvchi moddalarni va qurilish materiallarini ochiq alangada yondirish yoki omborga joylashtirishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilinmaganligi;
maxsus texnika vositalarini qo‘llamasdan bitum eritilganligi, aholi punktlari va dalalarda daraxt novdalari, ekin o‘rib olingan yerlar va boshqa o‘simlik qoldiqlari yondirilganligi;
noqonuniy daraxtlarni kesish, hayvonlarni ovlash holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Reyd tartibidagi ekologik nazoratni amalga oshirish uchun nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi yoki hududiy komissiya bilan kelishish talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Davlat ekologik nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari reyd tartibidagi ekologik nazoratni mustaqil, shuningdek muvofiqlashtirilgan tadbirlar rejasi asosida birgalikda amalga oshirishi mumkin.
43. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi antropogen faoliyat, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatdagi tabiiy jarayonlar ta’sirida atrof tabiiy muhitning holati va uning o‘zgarishlari holati ustidan muntazam kuzatish tizimi hisoblanadi.
44. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy obyektlar, ifloslanish manbalari, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar, shuningdek fon monitoringi shaklida amalga oshiriladi.
45. Muntazam kuzatilishi lozim bo‘lgan atrof tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari ro‘yxati Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan mezonlar bo‘yicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Muntazam kuzatilishi lozim bo‘lgan, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlardan zarar ko‘rgan hududlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Atrof tabiiy muhitning fon monitoringini amalga oshirish uchun punktlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar, ma’ruzalar, prognozlar va tavsiyalar davriy ravishda topshirib boriladi.
prognoz qilinayotgan, mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat ekologik talablarga muvofiqligini;
fuqarolarning sog‘lig‘i va atrof muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mo‘ljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatning ekologik xavfi darajasini;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilgan choralarning asoslanganligini va to‘liqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni tartibga soluvchi va normativ-texnik va yo‘riqnomaviy-metodik hujjatlar loyihalari;
texnika, texnologiyalar, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratish bo‘yicha hujjatlar;
atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan faoliyat yuritayotgan korxonalar va boshqa obyektlar;
keyinchalik ularga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va tabiiy ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks ko‘zdan kechirish materiallari;
52. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasi sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vaqtida kompleks, xolisona, sifatli ekspertiza o‘tkazilishini va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosalar berilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalashtirish va realizatsiya qilishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Bank yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ularni realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, davlat dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishini tekshirish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma;
Davlat ekologik nazoratining natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxsning tabiatni muhofaza qilish faoliyati natijalari belgilangan shakl bo‘yicha dalolatnoma (ma’lumotnoma) shaklida rasmiylashtiriladi.
57. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holati mavjud bo‘lmaganda ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnomada tekshirishni amalga oshirish holati qayd qilinadi, ular bo‘yicha tekshirish amalga oshirilgan savollar ro‘yxati keltiriladi va biror-bir buzilishlarning mavjud emasligi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Ma’lumotnoma davlat ekologik nazorati organining mansabdor shaxsi, tekshirishda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga tanishish uchun tilxat ostida topshiriladi (beriladi).
59. Dalolatnoma atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirishda mansabdor shaxs savolnomada nazarda tutilgan har bir savol bo‘yicha talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalariga havola qilib, ishlarning ahvolini bayon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Dalolatnoma davlat ekologik nazorati organining mansabdor shaxsi, tekshirishda ishtirok etgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi va xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariga tanishish uchun tilxat ostida topshiriladi (beriladi).
yuridik yoki jismoniy shaxsga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berish;
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini o‘n kungacha bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqarish;
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n kundan ortiq muddatga qayta ixtisoslashtirish, cheklash, to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
chiqindilarni chiqarish, tashlash va chiqindilarni joylashtirish, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish orqali atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish.
Davlat ekologik nazoratining natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatma tekshirish tugallangandan keyin beriladi.
Yozma ko‘rsatmada xo‘jalik yurituvchi subyektga tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnomada keltirib o‘tilgan qonun hujjatlari buzilishini va uning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan, ijro qilishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan talablar bayon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
bir nusxasi — xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, yakka tartibdagi tadbirkorga, jismoniy shaxsga ijro qilish uchun beriladi;
64. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organning qarori shaklida rasmiylashtiriladi.
65. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlari talablari buzilishini aniqlash mezonlari, shuningdek qarorni rasmiylashtirish va uni ijro qilish tartibi davlat ekologik nazorati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.