Mazkur Qonunning maqsadi O‘zbekiston xalqining madaniy merosini asrash, madaniy boyliklarni qonunga xilof ravishda olib chiqilishi va olib kirilishidan muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan, ularning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishining yagona tartibini belgilashdan, shuningdek xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
madaniy boyliklar — moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga molik ko‘char ashyolari;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi — madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona chegarasi orqali olib o‘tish;
madaniy boyliklarning olib kirilishi — madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz bojxona chegarasi orqali olib o‘tish;
madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi — madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ularni shartlashib qo‘yilgan muddatda qaytarib olib kirish majburiyati bilan bojxona chegarasi orqali olib o‘tish;
madaniy boyliklarning vaqtincha olib kirilishi — madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga ularni shartlashib qo‘yilgan muddatda qaytarib olib chiqish majburiyati bilan bojxona chegarasi orqali olib o‘tish.
chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida yaratilgan madaniy boyliklar;
muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, kino-, foto-, fonotekalarda, suratlar galereyalarida va boshqa saqlash joylarida to‘plangan madaniy boyliklar;
Keyingi tahrirga qarang.
qaysi davlatlarga mansub bo‘lsa, o‘sha davlatlarning vakolatli organlari roziligi bilan arxeologik, etnologik va tabiiy-ilmiy ekspeditsiyalar tomonidan qo‘lga kiritilgan madaniy boyliklar;
qaysi davlatlarga mansub bo‘lsa, o‘sha davlatlarning vakolatli organlari roziligi bilan meros, hadya sifatida olingan yoki qonuniy qo‘lga kiritilgan madaniy boyliklar;
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan madaniy boyliklar.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-5-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 277-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-5-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 277-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tartibda madaniy boyliklar sirasiga kiruvchi ashyolarning toifasini aniqlaydi;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklarni ro‘yxatga oladi;
olib chiqiladi, vaqtincha olib chiqiladi deb e’lon qilingan, shuningdek vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatlar beradi;
(5-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni ekspertizadan o‘tkazadi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning olib chiqilishi va olib kirilishini nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish hamda ularning olib chiqilishi va olib kirilishini nazorat qilish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martda 131-son qarori bilan tasdiqlangan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan (III. Bo‘lim) .
Olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan madaniy boyliklarga davlat mulki huquqi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mulk huquqi yuzaga kelishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
Ayni paytda intellektual mulk obyekti ham bo‘lgan madaniy boyliklarga mulk huquqi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning o‘z mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan olib chiqilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat asosida amalga oshiriladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar.
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklar kreditni ta’minlash vositasi sifatida ishlatilishi yoki garov narsasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sertifikat asos bo‘ladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martda 131-son qarori bilan tasdiqlangan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari tomonidan madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishining maqsadlari, muddatlari va shartlari to‘g‘risida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma;
sug‘urta xavflarining barcha hollari ta’minlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklar mulkiy sug‘urta shartnomasining sug‘urta polisi (guvohnoma, sertifikat, kvitansiya);
qabul qiluvchi tomon davlat organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklarning saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa yuridik shaxslar tomonidan madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun arizaga ushbu moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar tomonidan madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun arizaga ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risidagi sertifikat quyidagi hollarda berilmaydi, agar:
(12-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
vaqtincha olib chiqiladi deb e’lon qilingan madaniy boyliklarning holati ularni saqlash sharoitlarini o‘zgartirish imkoniyatini bermasa;
madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqishga mo‘ljallanayotgan mamlakatda vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklarning saqlanishini ta’minlashga to‘sqinlik qiladigan tabiiy ofat sodir bo‘lgan yoki boshqa holatlar yuzaga kelgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi to‘g‘risida sertifikat berish haqidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda mazkur sertifikatni berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha uni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqilgan madaniy boyliklarni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining tegishli mamlakatdagi diplomatiya vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat O‘zbekistonga vaqtincha olib kirilgan madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda saqlanishini kafolatlaydi.
Konstitutsiyaviy tuzum va davlat mustaqilligiga putur yetkazishga, hududiy yaxlitlikni buzishga qaratilgan, urushni, terrorchilikni, zo‘ravonlikni, diniy ekstremizmni, irqchilikni targ‘ib qiluvchi ashyolarning, shuningdek pornografik mazmundagi materiallarning madaniy boyliklar niqobi ostida olib kirilishi taqiqlanadi.
Madaniy boyliklarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lsa, ular keyinchalik qonuniy mulkdorlariga qaytarish maqsadida ushlab qolinishi kerak.
Boshqa mamlakatlardan qonunga xilof ravishda olib chiqilgan, o‘g‘irlangan yoki qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan madaniy boyliklarni qo‘lga kiritishning oldini olish maqsadida davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari ularning kelib chiqishi to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bu boyliklarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risida xaridor yozma ravishda ogohlantirilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tartibida olib o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga madaniy boyliklar faqat tranzit tartibida olib o‘tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida belgilanadigan shartlarda olib kirilayotganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etiladi.
Madaniy boyliklarni pochta jo‘natmalarida yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa mamlakatlardan qonunga xilof ravishda olib chiqilgan, boshqa davlatlarda o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan madaniy boyliklarni insofli egallovchi ularni qonuniy mulkdoriga qaytarishi lozim. Bunday hollarda insofli egallovchiga belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lanadi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qaytarilgan madaniy boyliklar bojxona to‘lovlari va boshqa yig‘imlardan ozod qilinadi. Talab qiluvchi taraf qaytarishga doir boshqa xarajatlarni ko‘taradi.
Davlat qonunga xilof ravishda olib chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan madaniy boyliklarni talab qilib olish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan uning mustaqilligi e’lon qilingunga qadar qonunga xilof ravishda olib chiqilgan madaniy boyliklarni qaytarish to‘g‘risidagi talablarga nisbatan da’vo muddati tatbiq etilmaydi.
Qaytarilgan madaniy boyliklarning mulkdorlari ularni qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari va maxsus yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.
Madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun maxsus yig‘imning miqdori va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun maxsus yig‘imning miqdori va uni to‘lash tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martda 131-son qarori bilan tasdiqlangan, Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning VI bo‘limida belgilangan.
Madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.