Ikramov A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi |
Xodjimatov M. | — | madaniyat va sport ishlari vaziri, komissiya raisining o‘rinbosari |
Toxtayev A. | — | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari |
Kamalov A. | — | tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari |
Ikramov M. | — | adliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
Qurbanov B. | — | ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
G‘afarov S. X. | — | Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
Rizayev F. M. | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
Salixov Sh. I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
Nuridinov A. | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
Qo‘chqorov J. A. | — | moliya vazirining o‘rinbosari |
Esonov M. | — | Buxoro viloyati hokimi v. b. |
Ro‘ziyev Z. | — | Qashqadaryo viloyati hokimi |
Mirzayev Z. | — | Samarqand viloyati hokimi |
Bobojonov P. | — | Xorazm viloyati hokimi |
Mansurov R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi |
№ | Tadbir nomi | Bajarilish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Bajarish uchun mas’ullar |
1 | Barcha balans egalaridagi moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan o‘tkazish. | 2014-2015-yillar | Balans egalari mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Ke�gashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2 | Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini belgilangan tartibda Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish. | 2015 — 2018-yillar | Balans egalari mablag‘lari, budjet mablag‘lari | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3 | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 15 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida 5 ta mintaqalararo va 2 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalarini tuzish. | 2014-yil III chorak | ---- | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
4 | Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari va madaniy boyliklarni tadqiq qilish, restavratsiya qilish, ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek restavratsiya-tiklash ishlarini bajarishda yangi zamonaviy materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriya tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2015-yil II chorak | ---- | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
5 | O‘zbekiston Respublikasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan o‘tkazish hamda Madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2015-yil I chorak | ---- | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
6 | Mahobatli yodgorliklar ekspertizasi bo‘yicha Badiiy kengashning hamda Muhofaza qilish va restavratsiya bo‘yicha Ilmiy-uslubiy kengashning yangilangan tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash. | 2014-yil IV chorak | ---- | Madaniyat va sport ishlari vazir�igi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
7 | “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni muntazam ravishda yangilab borish. | 2014-2015 o‘quv yili boshlangunga qadar | ---- | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
8 | 2015-2016 o‘quv yilidan boshlab Bosh boshqarma buyurtmasiga muvofiq tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish. | 2015-2016 o‘quv yilidan boshlab | ---- | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
9 | Ko‘rgazma faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat muzey tashkilotlarida Bilet xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | 2014-yil IV chorak | ---- | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |