24.06.2014 yildagi 169-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2018
Hujjat 30.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va gaz yetkazib beruvchilar va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi.
15. Iste’molchi tomonidan ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi TShni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
49. Gazni iste’molchilarga yetkazib berish ushbu Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq ularning buyurtmanomalari asosida, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa — budjet mablag‘lari doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
gaz ta’minoti loyihasiga va O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq bo‘lmagan, sertifikatlanmagan gazdan foydalanish uskunasining gaz ta’minoti tashkilotining gaz bilan ta’minlash tarmog‘iga ulanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
89. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalariga muvofiq iste’molchilar tashkilotlarni (energoauditorlarni) jalb etgan holda yoqilg‘i-energetika resurslaridan (keyingi o‘rinlarda YoER deb ataladi) oqilona va samarali foydalanish maqsadida energetika tekshiruvini o‘tkazishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.


TABIIY GAZNI YETKAZIB BERISh VA QABUL QILIShNING NAMUNAVIY ShARTNOMASI

201__ yil “____”______________ ____ — son ______________________________

(shartnoma imzolangan joy)

Nizom asosida harakat qiluvchi (keyingi o‘rinlarda “Iste’molchi” deb ataladi),

________________________________________________________________________ning

(Budjet tashkilotining, xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)

rahbari nomidan harakat qiluvchi ________________________________________________

bir tomondan hamda Nizom va “__________________ gaz ta’minot” unitar korxonasi tomonidan 201__ yil “____”______________ da berilgan ____ — son ishonchnoma asosida harakat qiluvchi (keyingi o‘rinlarda “Etkazib beruvchi” deb ataladi) ________________________________________________________________________ning

(Gaz yetkazib beruvchi korxonaning nomi)

rahbari nomidan harakat qiluvchi _______________________________________________ ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida imzoladilar:


I. Shartnoma mavzusi

1.1. Etkazib beruvchi o‘z zimmasiga gaz tarmoqlari orqali Iste’molchining kelishil-

gan buyurtmanomasi bo‘yicha tabiiy gaz yetkazib berish majburiyatini oladi, Iste’molchi esa o‘z zimmasiga ushbu shartnomaning 1.3-bandida ko‘rsatilgan tabiiy gaz hajmini qabul qilish majburiyatini oladi hamda to‘lovlarni muddatida, belgilangan narx bo‘yicha amalga oshiradi.

1.2. Etkazib beruvchi ushbu shartnomaga muvofiq Iste’molchida gazdan foydalanish

uchun standartlangan va sertifikatlangan gaz yonish qurilmalari va jihozlari, shuningdek gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda gaz ta’minoti loyihasi asosida tabiiy gaz yetkazib beradi.

1.3. Iste’molchi bilan kelishilgan buyurtmanoma bo‘yicha yetkazib beriladigan

tabiiy gaz hajmi texnik shartlarda belgilangan bosim va hajmda 201__ yilda ______________ kub metrni, narxi ______________ming so‘mni tashkil etadi, shu jumladan choraklar va oylar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

I chorakda _______ ming kub. m., yanvarda_______, fevralda _______, martda ______.
II chorakda_______ ming kub. m., aprelda________, mayda _______, iyunda ________.
III chorakda _______ ming kub. m., iyulda _______, avgustda ______, sentyabrda _____.
IV chorakda________ ming kub. m., oktyabrda_______, noyabrda _____, dekabrda_____.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son

qarorida sanab o‘tilgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan Iste’molchilarga Etkazib beruvchi tomonidan to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatish uchun magistral va gaz tarmoqlarida avariya yoki kutilmagan texnik nosozlik sodir bo‘lgan taqdirda, 201__ yilda zarur bo‘lgan tabiiy gazning minimal hajmi ____________ming kub metrni, shu jumladan choraklar va oylar bo‘yicha quyidagichani tashkil qiladi:

I chorakda _______ ming kub. m., yanvarda_______, fevralda _______, martda ______.
II chorakda_______ ming kub. m., aprelda_______, mayda ________, iyunda ________.
III chorakda _______ ming kub. m., iyulda _______, avgustda ______, sentyabrda _____.
IV chorakda________ ming kub. m., oktyabrda______, noyabrda ______, dekabrda_____.

1.4. Agar Iste’molchi oylar bo‘yicha bo‘lingan buyurtmanomani taqdim etmasa, u

holda Etkazib beruvchi tomonidan chorak uchun ajratilgan tabiiy gaz hajmi oylar bo‘yicha bir xil miqdorda taqsimlanadi.

1.5. Iste’molchining taklifiga ko‘ra, mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlargacha 10 kundan

kechikmasdan kiritilgan, gaz yetkazib berish shartnomasidagi o‘zgartirishlar keyingi oy uchun qayd qilingan gaz bo‘yicha ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi. Etkazib berilayotgan gaz hajmlariga o‘zgartirishlar faqat oldindan 100 foiz to‘lov to‘langanda amalga oshiriladi.


II. Tabiiy gaz yetkazib berish va uni qabul qilish tartibi

2.1. Iste’molchi Etkazib beruvchiga joriy yilning 15-iyuliga qadar choraklar (qish

davrida — oylar)ga bo‘lingan holda keyingi yilda prognoz qilinayotgan gaz iste’moli hajmiga buyurtmanoma beradi.

2.2. Tabiiy gaz yetkazib berish shartnomada belgilangan muddat va hajmda amalga

oshiriladi.

2.3. Iste’molchi navbatdagi oyga (chorakka) mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlargacha 10

kundan kechikmay talab qilingan gaz hajmi bo‘yicha shartnomaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan buyurtmanoma berishga haqlidir.

2.4. Etkazib beruvchi 1.3-bandda ko‘rsatilgan hajmda Iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib

beradi. Etkazib berilgan gaz uchun hisob-kitob gaz hajmini standart shartlariga ko‘ra (GOST 5542-87 va GOST 2939-63 1.1-bandiga asosan) kub metrga, ya’ni T= 200S, R=760 mm simob ustuniga keltiri�gan holda amalga oshiriladi.

Agar Iste’molchida gaz harorati va bosimini hisobga olgan holda avtomatik tarzda

gaz hajmini hisoblaydigan gazni hisobga olish pribori mavjud bo‘lmagan taqdirda, Iste’molchi bilan Etkazib beruvchining o‘zaro hisob-kitoblarida gazni hisobga olish pribori ko‘rsatkichiga belgilangan tartibda hisoblangan tuzatish koeffitsiyenti qo‘llanadi.

2.5. Iste’molchi Etkazib beruvchidan ushbu shartnomaning 1.3. va 1.4-bandlariga aso-

san joriy oy uchun gaz iste’molining o‘rtacha kunlik me’yori doirasida tabiiy gazni qabul qiladi, shuningdek oy oxirida tuzilgan gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini imzolaydi.

2.6. Etkazib beruvchi Iste’molchini dispetcher aloqasi kanali orqali telefonogram-

ma bilan 6 soat mobaynida tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Etkazib beruvchining avariya-dispetcherlik xizmatlari telefonlari raqamlari:
____________________________________________________________________
Iste’molchining manzili va telefon raqami: _______________________________
____________________________________________________________________

2.7. Etkazib beruvchi Iste’molchini yozma ravishda gaz yetkazib berishning haqiqiy

qisqartirilishiga qadar kamida 6 soat oldin gaz yetkazib berish qisqarishi to‘g‘risida xabardor qilishi shart, magistral gaz quvurlarida yuz bergan avariya holatlari bundan mustasno. Iste’molchi xabardor qilgandan keyin gaz yetkazib berish darhol qisqartiriladi.

2.8. Magistral va gaz tarmoqlarining texnolo�ik ishlashi buzilgan holatlarda Etka-

zib beruvchi gaz yetkazib berishni cheklashi mumkin, Iste’molchi esa yoqilg‘ining rezerv turidan foydalanish jadvaliga o‘tadi.

2.9. Iste’molchi va Etkazib beruvchi o‘rtasida gaz yetkazib berish-qabul qilish

doirasida Iste’molchi tezkor ma’lumotlarni muntazam almashishni ta’minlash uchun javobgarliini o‘z zimmasiga oladi.

2.10. Etkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasida hisobot oyi uchun gaz yetkazib berish

va qabul qilish dalolatnomasi Iste’molchida quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda rasmiylashtiriladi:

avtomatik tarzda to‘g‘rilanadigan gazni hisobga olish priboridan hisobot davri
uchun olingan (raspechatka) arxiv ma’lumotlari;

�gazni hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari, keyinchalik standart shartlarga

(hisoblash priborida gaz hajmini avtomatik tarzda to‘g‘rilangan holda hisoblaydigan qismi mavjud bo‘lmaganda) keltiriladigan hisobga olish bog‘lanmasidagi haqiqiy bosimi va haroratini ro‘yxatdan o‘tkazishning ip o‘tkazib tikilgan va muhrlangan daftari;

Etkazib beruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, Iste’molchi

balansida bo‘lgan gaz tarmoqlari va GTShdagi texnologik yo‘qotishlarni hisoblaydigan hajmi ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilgan dalolatnoma.

2.11. Iste’molchiga yetkazib berilgan gaz hajmini hisobga olish O‘zbekiston

Respublikasi hududida amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga asosan o‘rnatilgan soz holatdagi nazorat-o‘lchov priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib boriladi.

Iste’molchi gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishi va ularni soz holatda
tutishi, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazishi uchun javobgar bo‘ladi.
2.12. Iste’molchi ushbu shartnomaning 6.9 va 6.10-bandlarida nazarda tutilgan

jarimani xabarnomani olgan kunidan boshlab 10 kun mobaynida to‘lamagan taqdirda Etkazib beruvchi, oldindan ogohlantirmasdan, gaz yetkazib berishni to‘xtatishga haqlidir.

2.13. Etkazib beruvchi tomonidan berilgan Texnik shartlarda rezerv yoqilg‘idan

foydalanish nazarda tutilgan taqdirda, Iste’molchi yetarli miqdorda zaxirani shakllantirishi, shuningdek bunday rezerv yoqilg‘ini tayyorlash va foydalanish tizimiga ega bo‘lishi shart. Isitish mavsumida avariya vaziyatlari yuzaga kelishi aniqlanganda yoki magistral va gaz tarmoqlarining gidravlik ishlash rejimi buzilgan taqdirda Iste’molchi rezerv yoqilg‘iga o‘tishi shart.

Kuz-qish davrida quvvati 20 Gkal/soatdan ortiq bug‘qozonlarning uzluksiz

ishlashini ta’minlash uchun kamida 2 oy yoqishga mo‘ljallangan rezerv yoqilg‘isining zaxirasi bo‘lishi zarur (QM va Q-2-35-76).

2.14. Iste’molchi shartnomada belgilangan muddatlarda gazdan foydalanishni

to‘xtatadi va Etkazib beruvchi bilan gaz tarmog‘idan uzish to‘g‘risida ikki tomonlama dalolatnoma tuzadi.

2.15. Iste’molchi gazni hisobga olish komplekslari yoki gazni hisobga olish pribor-

larini o‘rnatish va ulardan foydalanish “O‘zstandart” agentligining normativ talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash uchun javob beradi.

2.16. Iste’molchi o‘z balansida bo‘lgan gazdan foydalanish asbob-uskunalari, GTSh

(gaz taqsimlash shoxobchalari), gazni hisobga olish priborlarining sozligi va saqlanishi hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishi uchun javob beradi.

2.17. Gaz o‘lchash komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan ular “O‘zstan-

dart” agentligi tomonidan belgilangan shartlar va talablarga �os bo‘lgan taqdirda foydalanilishi kerak.

2.18. Olingan gaz uchun hisob-kitob plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-

uskunalarining bir kecha-kunduzda 24 soat ishlashi hisobidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

gazni hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish muddati tugaganda, bun-

da tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati tugagan vaqtdan boshlab u o‘tkazilgandan keyin gazni hisobga olish priborini o‘rnatish vaqtigacha bo‘lgan davrda;

gazni hisobga olish priborining nosozligi, plombaning buzilganligi, o‘zboshimcha-

lik bilan joyidan olinganligi aniqlanganda, shuningdek gazni hisobga olish priborlari Iste’molchida va Etkazib beruvchida mavjud bo‘lmaganda — Etkazib beruvchi vakilining oxirgi ko‘zdan kechirishidan boshlab.

2.19. �isobot oyi yakuni bo‘yicha Iste’molchi Etkazib beruvchiga ushbu shartnomaning
2.3-bandiga asosan texnik hujjatlarni taqdim etishi shart.
Gazni hisobga olish elektron pribori ko‘rsatkichlarining arxiv ma’lumotlari
(raspechatka) Iste’molchi tomonidan uch yil mobaynida saqlanishi kerak.
2.20. Etkazib beruvchining vakili har oyda Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash

priboriga sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi bo‘yicha tuzatuvchi o‘zgartirishlar kiritishi kerak.

2.21. O‘lchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishda
Iste’molchi quyidagi talablarga rioya qilishi shart:
gazni hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishning ishlab
chiqaruvchi zavod hamda amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan amalga oshirish;
gazni hisoblagichdan foydalanish jarayonida Iste’molchi uning hisoblash mexaniz-
mi va tuzatish blokini shikastlanishdan asrashi shart;
gazni hisobga olish priborini to‘siqsiz ko‘zdan kechirishni, shuningdek Etkazib
beruvchi vakilining pribor indikatoridan ko‘rsatkichlarni erkin olishini ta’minlash;
ishlab chiqaruvchi zavodning hamda “O‘zstandart” agentligining shtamplari va plom-
balarining saqlanishi va butunligini ta’minlash;
o‘lchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan gazning sizib chiqishiga
yo‘l qo‘ymaslik.

Agar gazni hisobga olish pribori ushbu bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar-

da ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa, o‘lchov kompleksi va gazni hisobga olish pribori nosoz hisoblanadi hamda Iste’molchi aniqlangan nosozliklarni bartaraf etmagungacha undan foydalanmasligi kerak, foydalanilgan tabiiy gaz uchun Etkazib beruvchi vakilining oxirgi ko‘zdan kechirish kunidan boshlab plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.

2.22. Iste’molchi tomonidan o‘rnatilgan hisobga olish priborini plombalash

Etkazib beruvchi tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
gazni hisobga olish priborida ishlab chiqaruvchi zavodning savdo belgisi mavjud va
u but bo‘lganda;
hisobga olish pribori korpusida gaz �qimi harakati ko‘rsatkichi mavjud bo‘lganda
(bosim o‘zgarib turishini o‘lchash uchun mo‘ljallangan priborlardan tashqari).
2.23. Iste’molchi sutkaning istalgan vaqtida Etkazib beruvchining vakiliga, shuning-

dek nazorat qiluvchi organ vakiliga o‘lchov komplekslari, gazni hisobga olish priborlari va gazdan foydalanish asbob-uskunalarini to‘siqsiz ko‘zdan kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.

Agar Etkazib beruvchi vakilining ko‘zdan kechirishi uchun Iste’molchining hududiga

kirishiga ruxsat berilmasa, Iste’molchi tomonidan foydalangan gaz sarfi uchun hisob-kitoblar Etkazib beruvchi vakilining oxirgi ko‘zdan kechirish kunidan boshlab plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.

2.24. Iste’molchi tomonidan Etkazib beruvchi vakilining gaz jihozlarini ko‘zdan

kechirishi uchun ruxsat bermaslik ushbu holat yuzasidan Dalolatnoma rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Agar Iste’molchi Etkazib beruvchining vakilini o‘z hududiga kirishiga ruxsat

bermaslik to‘g‘risidagi yoki gazni hisobga olish priborini tijorat vositasi sifatida tan olmaslik to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, Etkazib beruvchi bir tomonlama tartibda dalolatnoma tuzadi. Bunda gazni hisobga olish priborini tekshirishda ishtirok etgan Iste’molchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, manzili ko‘rsatiladi. Dalolatnomani Etkazib beruvchi tomonidan kamida uch nafar shaxs tasdiqlaydi va ushbu talablar bajarilgan holatda dalolatnoma haqiqiy deb hisoblanadi.

2.25. Agar o‘lchov kompleksi va gazni hisobga olish priborlari ishdan chiqsa,

Iste’molchi bu to‘g‘rida Etkazib beruvchini darhol xabardor qilishi, shuningdek ishlamayotgan gazdan foydalanish uskunalarini plombalagan holda korxonaning va gazdan foydalanish uskunasining ishlash jadvalini tuzishi shart.

2.26. Iste’molchida gaz sarfi hajmining o‘zgarishiga olib keladigan qo‘shimcha

ravishda gazdan foydalanish uskunalari o‘rnatish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilsa Iste’molchi Etkazib beruvchidan rekonstruksiya qilishga texnik shartlar olishi shart.

Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarni amalga oshirish natijasida Iste’molchida tabiiy

gazning yillik hajmi 100 ming kub metrdan oshsa, shartnomaga o‘zgartirishlar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zdavneftgazinspeksiya” tomonidan berilgan ruxsatnomalar taqdim etilganda kiritiladi.

Agar Iste’molchi bir oy mobaynida Etkazib beruvchini Iste’molchining mulkchilik

shakli va mulk egasi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilgan bo‘lsa Etkazib beruvchi belgilangan tartibda shartnomani qayta rasmiylashtiradi.

2.27. Gazni hisobga olish pribori ishdan chiqqan taqdirda Iste’molchi bu to‘g‘rida

Etkazib beruvchini bir sutka mobaynida xabardor qiladi, gazni hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini ro‘yxatdan o‘tkazish qo‘shma dalolatnomasini tuzishda Iste’molchiga baypas orqali gazdan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda Iste’molchi gazni hisobga olish priborini ta’mirlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishi shart. Olingan gaz uchun hisob-kitob qilish gazni hisobga olish priborini o‘rnatish vaqtidan boshlab Iste’molchini plombalanmagan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.

2.28. Tijorat vositasi sifatida hisobga olishni ta’minlash uchun Iste’molchi

Etkazib beruvchi bilan birgalikda yoz va qish davrida gaz iste’moli hajmiga qarab diafragmalarni o‘z vaqtida almashtirishi va “O‘zstandart” agentligi talablariga muvofiq o‘lchov kompleksi ishini muvofiqlashtirishi kerak.

2.29. Gaz sarfini hisobga olish pribori hajmini o‘lchash diapazoni o‘rnatilgan

gazdan foydalanish uskunalari quvvatiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar gaz sarfini hisobga olish qurilmalarining texnik tavsifida ko‘rsatilgan hajmdan kam gaz sarflansa, gaz hajmi va sarfini hisobga olish texnik tavsifning pastki chegarasi bo‘yicha qabul qilinadi, bunda Iste’molchi 15 kun mobaynida gaz hajmi bo‘yicha uning gaz uskunasiga to‘g‘ri keladigan boshqa gazni hisobga olish priborini o‘rnatishni o‘z zimmasiga oladi.

Agar toraytiruvchi qurilma (diafragma) ni qo‘llagan holda gaz sarfini o‘lchash va

hisobga olishda xatol�k darajasi 1,5 foizga oshgan taqdirda, gaz sarfini hisoblash O’z DST 8.031:2008ning 5.4-bandiga asosan amalga oshiriladi.

Gaz sarfini hisobga olish priborlarining boshqa turlari uchun xatolik darajasi 3
foizgacha bo‘lishi mumkin (O’z DST 8.031:2008 va GOST 8.324-2002 — 9.3.5-band).
Gazni hisobga olish priborining xatoligi priborning pasportida ko‘rsatilgan

xatolik chegarasiga mos kelishi lozim, bunday holatlarda gaz sarfini hisobga olish tizimi o‘zaro hisob-kitoblar uchun yaroqli hisoblanadi.

Gaz hajmi hisobga olish priborining maksimal yo‘l qo‘yilgan sarflash chegarasidan

oshgan taqdirda, plombalanmagan gaz qurilmalari tomonidan foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar mazkur shartnomaning 2.18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

2.30. Etkazib beruvchi tomonidan yetkazib beriladigan gaz hajmining ishonchliligiga

ta’sir ko‘rsatuvchi o‘lchov komplekslari va hisobga olish priborlarining ishlashi buzilgan holatlar aniqlanganda, Etkazib beruvchi “O‘zstandart” agentligi bo‘linmalarida o‘lchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlarini ekspertizadan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.

Agar o‘lchov komplekslari va hisobga olish priborlari nosoz bo‘lsa, ekspertizadan

o‘tkazganlik uchun to‘lovlar Iste’molchi tomonidan, soz holatda bo‘lganda esa — Etkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

2.31. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar ushbu
shartnomaning 2.18-bandiga muvofiq quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) agar gazni o‘lchash qurilmasi buzilgan bo‘lsa yoki bosimlar farqi usuli bilan gaz
sarfini o‘lchash GOST 8.586-2005 talablariga mos kelmasa;
b) o‘lchov komplekslari, diafragmalar, gazni hisobga olish priborlarining davlat
tekshiruvi to‘g‘risidagi sertifikatlarning muddati o‘tgan bo‘lsa;
v) gazni hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun joyidan echib
olingan sanadan uni joyiga qayta o‘rnatish sanasigacha bo‘lgan davrlarda;

g) Etkazib beruvchining vakili tomonidan yetkazib berilayotgan gazni hisobga olish-

ning ishonchligiga ta’sir ko‘rsatadigan, Iste’molchining balansida bo‘lgan hisobga olish priborida gaz sizib chiqish holati aniqlanganda;

d) Iste’molchi tomonidan gazni hisobga olish priboridan olingan gaz sarfining
hajmi bo‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtirilmagan ma’lumotlar, elektron ko‘chirmalar yo‘qolganda;
e) nazorat-o‘lchov kompleksining tuzatish bloki ishdan chiqqanda, mexanik ravishda
o‘lchovchi qurilmalari mavjud bo‘lmaganda yoki to‘xtab qolganda.
Iste’molchining aniqlangan qoidabuzarlik holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani
imzolashdan bosh tortishi uni qoidabuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
2.32. Ushbu shartnomaning 2.10-bandiga asosan gaz hisoblagich yordamida gaz sarfini
hisob-kitob qilishda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:
a) manometrlar va termometrlarning sozligi, ularning davlat qiyoslovidan o‘tganli-
gining amal qilish muddati;
b) GTShni sozlash (tartibga solish) muddati, shuningdek amaldagi ishchi bosimining
GTShning sozlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada qayd etilgan parametrlarga muvofiqligi.
Yuqoridagi a) va b) kichik bandlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmaganda,
Rizb= 1,0 kg/sm2 koeffitsiyenti qo‘llanadi.
2.33. Etkazib beruvchi magistral va gaz tarmoqlari ishlashida buzilishlar bo‘lgan

davrlarda Iste’molchiga uzluksiz gaz yetkazib berishni kafolatlamaydi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan Gaz ta’minoti tarmog‘idan uzib qo‘yilmaydigan iste’molchilar ro‘yxatiga kiritilgan iste’molchilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son va 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarorlarida sanab o‘tilgan iste’molchilardan tashqari).

2.34. Gazni hisobga olish pribori o‘rnatilishi kerak bo‘lgan, ularning balans

mansubligi bo‘yicha aniqlanadigan Etkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasidagi gaz tarmog‘ining bo‘linish nuqtasi gaz tarmog‘ining bo‘linish chegarasi hisoblanadi.

Iste’molchining balansida bo‘lgan gaz quvurlari, inshootlar va gazdan foydalanish

uskunalarining texnik holati va soz holatda saqlanishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalariga muvofiq ulardan xavfsiz foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Iste’molchiga yuklanadi.

2.35. Etkazib beruvchi tomonidan Iste’molchiga yetkazib berilayotgan gazning sifati

muayyan gaz taqsimlash stansiyasidan qabul qilingan gaz sifati ko‘rsatkichidan past bo‘lmasligi kerak.


III. Tabiiy gazning narxi va hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reyestrlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
3.2. To‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi boshlangunga qadar kamida 5 kun oldin gaz

uzatish tashkilotlari va hududiy gaz ta’minoti korxonalarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga iste’mol qilinadigan gaz uchun tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining kamida 100 foiz summasini oldindan to‘lashni amalga oshiradilar;

oldindan to‘lov amalga oshirilmaganda Etkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib
bermaydi;
hisob-kitob qilinadigan oyda gaz yetkazib berish hajmi bo‘linish chegarasida o‘rna-

tilgan gazni hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi hamda hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida Iste’molchi va Etkazib beruvchi o‘rtasida gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash Iste�molchini Etkazib beruvchi tomonidan aniqlangan gaz hajmlari uchun to‘lovlardan ozod qilmaydi. Berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan taraf dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yo‘li bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tarafga bu to‘g‘rida ma’lum qiladi. Ushbu masalani hal etish imkoniyati bo‘lmaganda, taraflarning o‘zaro roziligiga ko‘ra, kelishmovchiliklarning sabablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak;

yakuniy hisob-kitob qilish uchun belgilangan muddatda to‘lov to‘lanmagan taqdirda,

Etkazib beruvchi xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali, yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langan to‘lovlar summasini ayirgan holda, hisobot oyida yetkazib berilgan gaz qiymatining summasiga to‘lov topshiriqnomalari taqdim etadi;

Iste’molchining aybi bilan to‘lov topshiriqnomasi 3 bank kuni mobaynida baja-
rilmagan taqdirda Iste’molchiga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi;
Etkazib beruvchi tomonidan Iste’molchidan debitorlik qarzlarni undirish belgi-
langan tartibda amalga oshiriladi;
strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi
tugagandan keyin 30 kun mobaynida, olingan gaz uchun yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradilar.
3.3. Oldindan to‘lovlarni amalga oshirmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorining 5-ilovasiga kiritilgan korxonalarga Etkazib beruvchi tomonidan gaz yetkazib berish hajmi texnologik yoki avariya broni darajasigacha qisqartiriladi, gaz tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yish esa faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi. Bundan keyin korxonalardan debitorlik qarzlarni undirish sud tartibida amalga oshiriladi.

3.4. Oldindan to‘lovlarni yoki yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirmagan budjet

tashkilotlariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi (shifoxonalar, poliklinikalar, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalaridan tashqari).

3.5. Tabiiy gaz uchun narxlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
3.6. Agar Iste’molchining aybi bilan shartnomada ko‘rsatilgan gaz hajmidan to‘liq

foydalanilmaganda, oldindan to‘langan pul mablag‘idan foydalanilmagan gaz hajmi uchun qaytarilmaydi, balki keyingi oyning hisobiga kiritiladi.

Iste’molchida tabiiy gaz uchun muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda,

uning tomonidan oldindan to‘lov tarzida o‘tkazilgan mablag‘lar to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni qoplashga yo‘naltiriladi hamda oldindan to‘lov sifatida hisobga olinmaydi.

3.7. Iste’molchi yoki Etkazib beruvchining to‘lov rekvizitlari o‘zgargan taqdirda
ular bu to‘g‘rida bir-birini darhol xabardor qilishi shart.
3.8. Sanoat va kommunal-maishiy korxonalar (budjet tashkilotlaridan tashqari)

Etkazib beruvchiga olingan gaz miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni hisobot oyining 28-kunidan 30-31-kunigacha, gaz bosimi va harorati bo‘yicha tuzatish bloki bo‘lgan elektron gaz hisoblagichlarga ega korxonalar esa, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq, keyingi oyning 1-kunidan 5-kunigacha taqdim etadilar. To‘liq hisob-kitob keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.

Agar shartnomada ko‘rsatilgan muddatda iste’mol qilinadigan gaz hajmi bo‘yicha

hisobot taqdim etilmasa, foydalanilgan gaz hajmi uchun hisob-kitob gazdan foydalanish asbob-uskunalari, gaz iste’mol qiluvchi qurilmalarning bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan Iste’molchining rasman davlat ro‘yxatidan o‘tgan (tasdiqlangan tegishli hujjatlari mavjud bo‘lganda) kunidan boshlab yoki da’vo muddatiga kelgusida qayta hisob-kitob qilmaslik sharti bilan amalga oshiriladi.


IV. Tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatish va uzib qo‘yish tartibi

4.1. Etkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib berishni quyidagi holatlarda to‘xtata-
di:
Iste’molchi tomonidan gaz shartnomada kelishilgan hajmdan ortiqcha olingan taq-
tirda;
aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga gaz yetkazib berishda uzilishlar-
ni bartaraf etish maqsadida;
gaz tarmoqlariga qo‘shimcha gazdan foydalanish uskunalari o‘zboshimchalik bilan
ulangan holatlarda;
muddati o‘tgan debitorlik qarzlar mavjud bo‘lganda;
gazdan foydalanish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan holatlarda;
gaz uchun to‘lovlar (oldindan to‘lovlar) amalga oshirilmaganda;
shartnomada nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha to‘lovlar ta’minlanma-
ganda.
4.2. Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda va qoidabuzarliklar aniqlanganda

gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish va qayta ulash xarajatlarini Iste’molchi to‘laydi. Bunda Etkazib beruvchi mulkiy javobgar bo‘lmaydi.


V. Taraflarning moddiy javobgarligi

5.1. Etkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib berish shartnomasiga asosan gaz

yetkazib berilmagan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi oqibatida yetkazilgan aniq zarar va boy berilgan foydasini belgilangan tartibda qoplaydi.

Etkazib beruvchi quyidagi holatlarda gazni yetkazib bermaganlik yoki to‘liq yetkazib
bermaganlik uchun javob bermaydi:
Iste’molchining gaz tarmoqlariga qo‘shimcha ravishda gazdan foydalanish uskunala-
rini o‘zboshimchalik bilan ulashi holati aniqlanganda;
Etkazib beruvchi Iste’molchida to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda

aniq zarar va boy berilgan foydani qoplash bo‘yicha va yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifati uchun, shuningdek ushbu shartnomaning 4.1. va 4.2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda Iste’molchi oldida moddiy javobgar hisoblanmaydi.

5.2. Etkazib beruvchi tomonidan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmas-

lik natijasida Iste’molchiga moddiy zarar yetkazilgan taqdird�, Etkazib beruvchining aybdor mansabdor shaxsiga nisbatan eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

5.3. Gaz ta’minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, gazni hisobga olish pribori-

ning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida chetdan aralashish, o‘rnatilgan plombalarning butligiga shikast yetkazish, plombalarni olib tashlash holatlari aniqlangan taqdirda Iste’molchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 103-moddasiga muvofiq ma’muriy jazo choralari qo‘llanadi. Agar bunday harakatlar ma’muriy jazo choralari qo‘llangandan keyin bir yil davomida takrorlansa yoki ushbu harakatlar ancha miqdorda zarar keltirish bilan sodir etilgan bo‘lsa, u holda aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanadi.

5.4. Shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan kam hajmda gaz yetkazib berilgan taqdirda,

Etkazib beruvchiga nisbatan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida jarima sanksiyalari qo‘llanadi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

fors-major holatlari;
magistral va gaz tarmoqlaridagi avariya holatlari;
qish davrida vaqtincha gaz yetkazib berishni cheklash (O‘zbekiston Respublikasi Vazir-

lar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son va 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarorlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlangan gaz yetkazib berish tarmog‘idan uzib qo‘yilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan korxonalardan tashqari);

qabul qilingan shartnomaviy majburiyatlarning Iste’molchi tomonidan bajaril-
masligi.
5.5. Etkazib berilgan tabiiy gazning sifati shartnoma yoki normativ hujjatlar

talablariga mos kelmaganda, Iste’molchi gaz qabul qilish yoki uning uchun haq to‘lashni rad etganda Etkazib beruvchidan yetkazib berilgan sifati zarur darajada bo‘lmagan gaz hajmining qiymatining 20 foizi miqdorida jarima to‘lashni talab qilish huquqiga ega.

5.6. Iste’molchi tomonidan gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan

belgilangan hajmdan ortiqcha gaz olinganda, Etkazib beruvchi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan, shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan gaz narxiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lovlar Iste’molchidan undiriladi.

5.7. Etkazib beruvchi tomonidan shartnomaviy hajmlardan kam gaz yetkazib berilgan-

da, Etkazib beruvchi Iste’molchiga muddati o‘tgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq yetkazib berilmagan gaz qiymatining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.

5.8. Shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz qiymati o‘z vaq-

tida to‘lanmagan taqdirda, Iste’molchi muddati o‘tgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.

5.9. Iste’molchi tomonidan gaz tarmoqlariga gazdan foydalanish uskunalari ruxsat-

siz ulangan taqdirda, Etkazib beruvchi zudlik bilan ularni gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yadi, Iste’molchidan esa Iste’molchining rasman davlat ro‘yxatidan o‘tgan (tasdiqlangan tegishli hujjatlari mavjud bo‘lganda) kunidan boshlab yoki da’vo muddati davriga ulangan gazdan foydalanish uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmi qiymatining ikki baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmi qiymatining undirilishi Iste’molchini

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu qoidabuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Gazni hisobga olish priborlarini qasddan buzish yoxud hisobga olish priborlari

ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida chetdan aralashish holatlari aniqlangan taqdirda, yetkazib berilgan gaz miqdori Etkazib beruvchi tomonidan ruxsatsiz ulanish holati sifatida aniqlanadi va gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lovlar undiriladi.

Gazni hisobga olish priborlariga, gazdan foydalanish uskunalariga va baypas

liniyalariga o‘rnatilgan plombalarni olib tashlash holati aniqlangan taqdirda, yetkazib berilgan gaz miqdori Etkazib beruvchi tomonidan ruxsatsiz ulanish holati sifatida aniqlanadi va gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lovlar undiriladi.


VI. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

6.1. Etkazib beruvchi quyidagilarga majbur:
o‘zining balansida bo‘lgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va gaz tarmoqlarida
ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirish;
gaz tarmoqlarining texnik holatini tekshirish va ularga ruxsatsiz ulanishni aniq-

lash uchun, agar bunday holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zining gaz tarmoqlarini davriy ravishda ko‘zdan kechirish;

gaz yetkazib berish qisqartirilganda yoki to‘xtatilganda Iste’molchini bu to‘g‘rida
xabardor qilish;
ruxsatsiz gaz iste’moli aniqlanganligi, gaz tarmoqlaridan moddiy boyliklarning
o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga axborot berish;
gaz yetkazib be�ish shartnomasida kelishilgan parametrlarda Iste’molchiga gaz yetka-

zib berishni amalga oshirish. Barcha Iste’molchilarga gaz yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli bo‘lmaganda gaz taqsimotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

Iste’molchilarning zarur hajmlarda va zarur darajadagi sifatda tovarlarni olish
qismi bo‘yicha huquqlarining cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
shartnomada nazarda tutilgan miqdorda ulangan tarmoq orqali hamda taraflar tomo-

nidan kelishilgan yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlash;

standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga mos keladi-
gan sifat bilan Iste’molchiga gaz yetkazib berishni amalga oshirish;
gaz ta’minoti tashkilotlari balansida bo‘lgan gaz ta’minoti tizimi ishlarida buzi-

lishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida gaz yetkazib berishni to‘xtatib turish yoki cheklashning sabablari va taxmin qilinayotgan davomiyligi to‘g‘risida Iste’molchini xabardor qilish;

gaz yetkazib berishda rejali uzib qo‘yishlar va tanaffuslar to‘g‘risida tanaffus
boshlanmasdan 10 kundan kechikmasdan Iste’molchini xabardor qilish;
gaz ta’minoti sohasida amaldagi va kiritilgan yangi normativ hujjatlar to‘g‘risida
Iste’molchini xabardor qilish;
aholini va iste’molchilarni tariflarga o‘zgartirishlar to‘g‘risida ular amalga kiri-
tilgungacha o‘n besh kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilish;
Iste’molchining gaz tarmoqlarini, hisobga olish asbob-uskunalari va priborlari-

ni har oyda ko‘zdan kechirish hamda Iste’molchiga qoidabuzarliklar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida dalolatnomaning nusxasini taqdim etgan holda dalolatnomalar tuzish.

6.2. Etkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
texnik zaruriyat vujudga kelganda, ushbu shartnomaga asosan belgilangan tartibda
Iste’molchini xabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni qisqartirish yoki to‘xtatish;
gaz ta’minoti tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish aniqlanganda Etkazib beruvchi ular-
ni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish hamda qonun hujjatlarida belgilangan sanksiyalarni qo‘llash.
Gazni hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning

ishlashiga chetdan aralashish, o‘rnatilgan plombalar butunligini buzish, plombalarni olib tashlash holatlari aniqlangan taqdirda, Etkazib beruvchi ruxsatsiz ulanish sifatida ushbu shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llash.

6.3. Iste’molchi quyidagilarga majbur:
gazdan oqilona va samarali foydalanish;
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2014-yil 22-yanvardagi 13-sonli

buyrug‘i va ushbu shartnoma bilan tasdiqlangan Gaz xo‘jaligidan texnik foydalanish qoidalari talablariga muvofiq gaz xo‘jaligi gaz quvurlari va uskunalarini texnik jihatdan soz holatda saqlash;

gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik xizmatlarini gaz tarmoqlarida yoki

gaz ishlatuvchi qurilmalarida yuzaga kelgan gazning sizib chiqishi to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish;

o‘z gaz tarmoqlari va asbob-uskunalarining daxlsizligini ta’minlash va ruxsatsiz
ulanish ehtimolini aniqlash maqsadida ularni tizimli ravishda ko‘zdan kechirish;
gaz ta’minoti loyihasiga hamda “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat

xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bo‘lmagan sertifikatlanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarini gaz ta’minoti tashkilotlarining gaz ta’minoti tarmoqlariga ulamaslik;

Etkazib beruvchining vakillari uchun (tegishli guvohnomalarni taqdim qilganda)

gazni hisobga olish priborlari va/yoki gazdan foydalanish uskunalarini tekshirishga sutkaning har qanday vaqtida erkin kirishini ta’minlash;

gazdan foydalanish asbob-uskunalari nuqsonlarini (ixtisoslashtirilgan brigada-
lar yoki bunday ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar yordamida) bartaraf etish;
gazni hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ular-

ning ishlashiga chetdan aralashishga, ularni qasddan buzishga yo‘l qo‘ymaslik va o‘rnatilgan plombalarning butligini ta’minlash;

gazni hisobga olish priborlarining ishlashida nosozliklar aniqlanganda Etkazib
beruvchini zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilish;
gaz ta’minoti tashkilotlariga olingan gaz uchun o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lovlar
o‘tkazish.
6.4. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
gaz ta’minoti tashkilotlaridan gaz uchun to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar holati

to‘g‘risida ma’lumotlarni (shaxsan yoki o‘zining vakili orqali), shuningdek yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalarni bepul olish;

buyurtmanoma yuborilgan vaqtdan boshlab 18 soat mobaynida gaz yetkazib bermaslik

hamda sifati va hajmlari zarur darajada bo‘lmagan gaz yetkazib berganlik to‘g‘risidagi, belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganlik to‘g‘risidagi dalolatnomani Etkazib beruvchidan olish;

Etkazib beruvchidan:
yetkazib berilgan gazning hajmi va boshqa parametrlarini aniqlashdan norozi

bo‘lganda Etkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini aniqlash uchun komissiya tuzishni;

gaz yetkazib berish shartnomasi muddatini uzaytirishni va bekor qilishni;
shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilinishini;
gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatishni;
moddiy zararlarni to‘liq hajmda qoplashni va noqonuniy harakatlari (harakatsiz-
ligi) bilan yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilishni talab qiladi.
Iste’molchi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida hamda gaz yetkazib
berish to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.


VII. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda tomonlar qoida-
ga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
Kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni hal etish uchun taraflar belgilangan
tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.
7.2. Shartnoma shartlarini bir tomonlama rad etish va bir tomonlama o‘zgartirishga
yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.


VIII. Fors-major holatlari

8.1. Tomonlar:
a) tabiiy ofatlar;
b) gaz quvurlarida va gaz tarmoqlarida, gazni qayta ishlash korxonalari va gaz qazib

chiqarish joylarida kutilmagan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda, javobgarlikka jalb etilmasdan, gaz yetkazib berishni to‘xtatish, qisqartirish yoki qabul qilish huquqiga ega.

8.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda taraflar har qanday aloqa vosita-
si yordamida bir-birini xabardor qilishi kerak.
8.3. Agar ko‘rsatilgan holatlar 90 kundan ortiq kun mobaynida saqlanib tursa,

tomonlar muzokaralar yo‘li bilan shartnomani kelgusida bajarish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror qabul qiladilar.


IX. Shartnomaning amal qilishi

9.1. Ushbu qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilishi
hamda taraflar tomonidan imzolanishi kerak.
9.2. Budjet tashkilotlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil

28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga asosan G‘aznachilik bo‘limi tomonidan majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

9.3. Shartnoma _______________ yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan bo‘lib,

shartnomaning muddati tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi.

Budjet tashkilotlari uchun shartnoma bir yilga tuziladi, shartnomaning muddati

tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Budjetdan mablag‘ oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-sentabrdagi 2007-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Davlat budjetining g‘azna ijrosi qoidalariga muvofiq belgilangan har yilning “__________ yil 31-dekabrgacha” sanasiga amal qilishlari lozim.

9.4. Tomonlarning ushbu shartnoma bo‘yicha da’volari da’vo qabul qilingan kundan
boshlab 30 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
O‘zaro kelishuvga asosan hal etilmagan tomonlar o‘rtasidagi nizolar javobgarning
joylashgan joyidagi Xo‘jalik sudi tomonidan hal qilinadi.


X. Yakunlovchi qoidalar

10.1. Mazkur shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha yoki shartnoma qoida-

lari jiddiy buzilgan taqdirda, bir tomonlama tartibda yoxud sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

10.2. Ushbu shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzilgan, har ikkala
nusxa bir xil yuridik kuchga ega.


XI. Tomonlarning bank rekvizitlari va manzili:

ETKAZIB BERUVChI

ISTE’MOLChI

_________________________________________________________________________

(gaz ta’minoti tashkilotining nomi)

(budjet tashkilotlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning nomi)

Pochta manzili ________________________Pochta manzili _________________________
_________________________________________________________________________
KTUT kodi ___________________________KTUT kodi____________________________
XXTUT______________________________XXTUT_______________________________
Bog‘lanish telefoni ____________________Bog‘lanish telefoni _____________________
To‘lovlar uchun bankning hisob raqami ____________________________________To‘lovlar uchun bankning hisob raqami _____________________________________
Bankning nomi_________________________________Bankning nomi_________________________________
FPM________________________________FPM_________________________________
STIR________________________________STIR_________________________________
Rahbar _______________________________Rahbar _______________________________

(F.I.O.)

(F.I.O.)

Imzo: _______________________________Imzo: ________________________________
M.O‘. M.O‘.
Yuridik maslahatchining xulosasi:
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
_________________________________________________________

(F.I.O.)

(imzo, muhr)

(sana)

Keyingi tahrirga qarang.