“Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek kreditorlar huquqlari to‘g‘risidagi axborotning yagona reyestrini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda garov munosabatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shtatdagi xodimlarning cheklangan soni 6 nafardan iborat bo‘lgan (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda “Garov reyestri” DUK deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, garov reyestrini yuritish himoyalangan bog‘lanish protokolini qo‘llagan holda Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasi sifatida “Garov reyestri” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
3. Garov reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
“Garov reyestri” DUKning ustav jamg‘armasini, shu jumladan uning faoliyati boshlangunga qadar joriy sarf-xarajatlar bo‘yicha aylanma mablag‘lar miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mablag‘lari hisobidan belgilash va shakllantirish, shuningdek “Garov reyestri” DUK faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2014-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda garov reyestrining dasturiy platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkilotlar mutaxassislari va garov reyestriga yozuvlarni kiritish bilan shug‘ullanuvchi boshqa shaxslar uchun seminarlar hamda amaliy treninglar tashkil etish va o‘tkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining yigirma foizi miqdorida to‘lov undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
garov reyestridan ko‘chirmalar berilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n foizi miqdorida to‘lov undiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
tergov va dastlabki tergov organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan garov reyestriga yozuvlar kiritish, shuningdek ularga garov reyestridan ko‘chirmalar berish bepul asosda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
5-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-martdagi 60-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
6. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari “Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va mazmuni keng yoritilishini ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Garov reyestri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garov reyestriga yozuvlarni kiritish, ularni o‘zgartirish va chiqarib tashlash, shuningdek garov reyestridagi yozuvlarni izlash shartlari va tartibini belgilaydi.
boshqaruvchi (ma’mur) — foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan, ushbu yuridik shaxs nomidan faoliyat yurituvchi, ro‘yxatga oluvchilarni (registratorlarni) belgilaydigan jismoniy shaxs. Boshqaruvchi, shuningdek ro‘yxatga oluvchining vazifalarini amalga oshirishi mumkin;
garov reyestri — majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida qarzdorlarning berib qo‘yilgan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qo‘yilgan cheklov hamda qarzdor o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bog‘liq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning yagona axborot bazasi;
foydalanuvchining shaxsiy kabineti — foydalanuvchi to‘g‘risida, shuningdek uning garov reyestri bilan o‘zaro faoliyati uchun shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan garov reyestridagi elektron resurs. Foydalanuvchilar uchun shaxsiy kabinet ular tomonidan tegishli yakka tartibdagi loginlar va parollar kiritilganda ochiq bo‘ladi;
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega bo‘lgan kreditor, qarzdor sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari;
ro‘yxatga oluvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv kiritish, o‘zgartirish, chiqarib tashlash va yozuvlarni izlashga boshqaruvchi (ma’mur) tomonidan belgilanadigan yoki foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan jismoniy shaxs.
Bunda garov reyestrining qolgan funksiyalariga kirishga, shu jumladan izlash natijalariga ko‘ra garov reyestridan ko‘chirma berishga ruxsat ushbu Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish va avtorizatsiya tartibotidan o‘tgan shaxslarga beriladi.
4. Garov reyestri davlat tilida yuritiladi. Shuningdek rus va ingliz tillarida garov reyestrini yuritishga ruxsat beriladi.
5. Garov reyestrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Garov reyestri” DUK deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
6. “Garov reyestri” DUK ushbu Nizomga muvofiq Internet tarmog‘i orqali garov reyestrining uzluksiz kecha-kunduz faoliyat yuritishini ta’minlaydi. “Garov reyestri” DUK sayti TAS-IX zonasida joylashtiriladi va “garov.uz” domen nomiga ega bo‘ladi.
Garov reyestriga yozuv kiritish, yozuvni izlash va izlash natijalari to‘g‘risida ko‘chirmalar olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. Garov reyestriga kirish garov reyestridagi yozuvni izlash funksiyasidan tashqari faqat foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega bo‘lishi mumkin.
8. Shaxsiy kabinetni yaratish uchun foydalanuvchi tomonidan garov reyestri saytiga elektron ariza beriladi.
Foydalanuvchi garov reyestriga yozuvlar kiritish bo‘yicha shartnoma bilan tanishish huquqiga ega hamda ariza berishda ushbu shartnomaning shartlarini belgilangan tartibda qabul qiladi. Bunda foydalanuvchi tomonidan shartnomaning shartlari qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
9. Shaxsiy kabinetni ochishga elektron ariza garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda real vaqt rejimida quyidagi yo‘llar bilan ishlanadi:
garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan foydalanuvchilarning ariza bergan bir-biriga o‘xshash shaxslarning mavjudligi (mavjud emasligi)ni tekshirish;
shaxsning arizasini reyestr xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘lanmaganligi sababli ilgari yopib qo‘yilgan shaxsiy kabinet bo‘yicha tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek Xalq bankining Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi va boshqa tashkilotlarning tegishli elektron resurslarini qo‘llagan holda foydalanuvchini identifikatsiyalash, zaruriyatga ko‘ra foydalanuvchini garov reyestrida shaxsiy kabinet ochish bilan ro‘yxatdan o‘tkazish.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
10. Shaxsiy kabinet foydalanuvchi — jismoniy shaxsga, foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (ma’muri) va ro‘yxatga oluvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan yozuvlar to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan yozuvlar kiritilgan hisobotlarni hamda yozuvlarni o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi xabarlarni qarab chiqish;
qonunda nazarda tutilgan holatlarda foydalanuvchining mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari to‘g‘risidagi kiritilgan yozuvlarga e’tirozlar bildirish;
Ushbu funksiyalarga qo‘shimcha ravishda foydalanuvchi — jismoniy shaxs yoki foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (ma’muri) shaxsiy kabinet orqali quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
foydalanuvchining (to‘lovlarni amalga oshirish tafsilotlari, manzil, telefon, elektron pochta, identifikatsiya ma’lumotlari), boshqaruvchilar va ro‘yxatga oluvchilarning hisobga olish ma’lumotlarini o‘zgartirish;
foydalanuvchi — yuridik shaxsning ro‘yxatga oluvchilarini (ma’murlarini) qo‘shish yoki ularni chiqarib tashlash;
reyestrdan foydalanganlik uchun foydalanuvchining to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish.
Shaxsiy kabinet ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.
11. “Garov reyestri” DUK ixtisoslashtirilgan elektron forumi orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
“Garov reyestri” DUKdan garov reyestri xizmatlaridan foydalanish, reyestrga yozuvlar kiritish oqibatlari bo‘yicha maslahatlar so‘rash va olish;
“Garov reyestri” DUK dasturiy platformasi va xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish masalalarini muhokama qilish;
12. Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga foydalanuvchi (boshqaruvchi, ro‘yxatga oluvchi)ning noyob logini va paroli asosida avtorizatsiya qilingandan keyin kirishga ruxsat beriladi.
Login foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va garov reyestri tomonidan uning noyobligi tekshiriladi. Garov reyestrida boshqa foydalanuvchining shunga o‘xshash logini mavjud bo‘lgan taqdirda foydalanuvchi boshqa loginni tanlashi shart.
Dastlabki parol garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda beriladi hamda tizimga birinchi kirishda foydalanuvchi (boshqaruvchi (ma’mur), ro‘yxatga oluvchi) tomonidan o‘zgartirilishi lozim.
Foydalanuvchi tomonidan parol yo‘qotilganda, garov reyestri foydalanuvchi (boshqaruvchi (ma’mur), ro‘yxatga oluvchi) identifikatsiya qilingandan keyin uni qayta tiklash tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Bunda foydalanuvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv uning boshqaruvchisi (ma’muri) va (yoki) ro‘yxatga oluvchisi (ro‘yxatga oluvchilari) tomonidan kiritiladi. Foydalanuvchi — yuridik shaxs bitta boshqaruvchi (ma’mur)ga va cheklanmagan ro‘yxatga oluvchilar soniga ega bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxsni foydalanuvchi — yuridik shaxsning ro‘yxatga oluvchisi sifatida tayinlash uning shaxsiy kabinetida quyidagilarni ko‘rsatgan holda buyurtmani to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
b) yozuv kiritiladigan mol-mulkka nisbatan uning tavsifi. Tavsif mol-mulkni identifikatsiya qilish imkonini berishi kerak va quyidagi yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:
kreditorning huquqi bo‘lgan mol-mulkka umumiy tavsif (masalan, barcha asbob-uskunalar, barcha debitorlik qarzlar va boshqalar), yoki har bir obyektning identifikatsiya belgilarini ko‘rsatgan holda mol-mulkning batafsil tavsifi (masalan, seriya va kadastr tartib raqami), yoki pdf formatidagi batafsil ro‘yxati ilova qilingan holda mol-mulkning umumiy tavsifi. Binolar va inshootlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘ladigan avtomototransport vositalari, qoidaga ko‘ra, batafsil tavsiflanadi. Ko‘chmas mulkni ajratib bo‘lmaydigan yaxshilashlar ularga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektining identifikatsiya belgilari ko‘rsatilgan holda tavsiflanadi;
v) qarzdorning mol-mulkiga kreditorning huquqlari tavsifi: garov, ushlab qolish, lizing yoki boshqa ta’minot, qarzdor tomonidan mol-mulkka to‘lov to‘langunga qadar yoki muayyan voqea yuz berganga qadar mulkchilik huquqi, servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, qarzdorning mol-mulki hisobiga talablarni qondirish huquqi va boshqalar.
15. Foydalanuvchi ishonchnoma asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaklda o‘zining ishonchli shaxslariga uning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘rishni va uning nomidan garov reyestriga yozuv kiritishni topshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ishonchli shaxs boshqa kreditorlar, jumladan xorijiy kreditorlar manfaatlaridan kelib chiqib (ishonchnoma asosida yoki boshqa shaklda) ish ko‘rgan taqdirda, foydalanuvchi huquqlarni tavsif etishda yozuv kiritishdan manfaatdor kreditorlarni ham ko‘rsatib o‘tadi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda yozuvga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
a) tergov va dastlabki tergov organlari tomonidan — jinoiy ish qo‘zg‘atish sanasi va tartib raqami, uning doirasida qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanish bo‘yicha huquqlarini cheklash bo‘yicha qaror qabul qilinganda;
b) davlat soliq xizmati organlari tomonidan — sud yoki davlat soliq xizmati organining (bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish uchun) tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami yoki soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash to‘g‘risida qo‘yilgan talabnomalarning sanasi va raqami;
Keyingi tahrirga qarang.
v) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan — bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash yuzasidan davlat bojxona xizmati organining tegishli qarori qabul qilingan sana va uning raqami yoki talabnomalar qo‘yilgan sana va ularning raqami;
g) foydasiga qarzdorning mol-mulkini undirish qaratilganligi to‘g‘risida sudning qarori chiqarilgan shaxs tomonidan — sudning tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami;
yozuv kiritilayotgan qarzdorning mol-mulki bilan bajarilishi ta’minlanadigan majburiyatning miqdori (mavjud bo‘lganda);
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdorning turi (jismoniy shaxs va uning jinsi, xo‘jalik yurituvchi subyekt — yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt — kichik biznes vakili, xo‘jalik yurituvchi subyekt — boshqalar, boshqa yuridik shaxslar) va uning faoliyatining asosiy sohasi.
17. Ushbu Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilgandan keyin har bir yozuv garov reyestrida belgilangan tartibda avtomatik ravishda sanasi va vaqti (soat, minut va sekund) ko‘rsatilgan holda va noyob ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda avtorizatsiya kodi berilgan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yozuvlar garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida tegishli hisobot beriladi.
Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan ma’lumot garov reyestri monitoringini olib borish maqsadlari uchun foydalaniladi hamda boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq emas.
18. Garov, ushlab qolish va boshqa turdagi ta’minotlar, shuningdek ularga bo‘lgan huquqlar bo‘yicha bitta shartnoma uchun bitta yozuv kiritishga ruxsat beriladi.
19. Yozuvga o‘zgartirish kiritish, chiqarib tashlash va bekor qilish uchun foydalanuvchi oldindan tegishli avtorizatsiya kodini kiritishi lozim.
20. Garov reyestridagi yozuv ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab garov reyestridan chiqarib tashlangunga qadar amal qiladi. Qo‘shimcha mol-mulk yoxud qarzdor kiritiladigan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi yozuv faqat tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan o‘z kuchini tatbiq etadi.
21. Kreditor mol-mulkka yoki qarzdorga tegishli bo‘lgan yozuvga noxolis va noto‘g‘ri ma’lumot kiritgan deb hisoblaydigan foydalanuvchi — qarzdor shaxsiy kabinet orqali yozuvga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni talab qilgan holda kreditorga murojaat qilishga haqli. Agar murojaat berilgan sanadan boshlab bir hafta mobaynida foydalanuvchi — qarzdorning murojaati qondirilmasa, u noxolis va noto‘g‘ri ma’lumot deb hisoblaydigan yozuvga e’tiroz kiritishga haqlidir.
Foydalanuvchi — qarzdorning e’tirozi yozuvni tushuntirish sifatida to‘ldiradi. Yozuvdagi noxolis va noto‘g‘ri ma’lumot tuzatilgan taqdirda qarzdor o‘z e’tirozini olib tashlashi shart.
22. Foydalanuvchilar tomonidan garov reyestridagi axborotni izlash qarzdorning STIRi, noyob ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, shuningdek garov reyestridagi yozuvning boshqa muhim sahifasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Garov reyestridagi ma’lumotni izlayotgan foydalanuvchining talabiga ko‘ra “Garov reyestri” DUK izlash natijalarini ko‘chirma sifatida qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
23. “Garov reyestri” DUK garov reyestridagi yozuvni faqat sudning tegishli qarori asosida o‘zgartirish yoki chiqarib tashlash huquqiga ega. Bunda sudning ushbu qarori oldindan skanerlab olingan va “Garov reyestri” DUK o‘zgartirgan va chiqarib tashlagan yozuvga ilova qilingan bo‘lishi lozim.
24. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish va garov reyestridan izlash natijalari bo‘yicha ko‘chirmalar olish qonun hujjatlariga muvofiq pulli asosda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Jismoniy shaxslar bevosita reyestrda yozuvni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘chirmalar berishga qadar o‘z to‘lov kartalari vositasida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan to‘lovlarning boshqa turlari orqali to‘lovlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar garov reyestriga yozuv kiritilgan va ko‘chirmalar olingan oy mobaynida ushbu oy tugagandan keyin o‘n kun mobaynida to‘lovlarni amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar tomonidan o‘z vaqtida tegishli to‘lovlar amalga oshirilmagan taqdirda “Garov reyestri” DUK ular uchun kelgusida yozuvlar kiritish va ko‘chirmalar olish uchun hisob-kitoblarning oldindan to‘lash tartibini belgilashga haqlidir.
26. “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi tomonidan garov reyestri faoliyati natijalaridan olingan mablag‘lar uni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va yangilashga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Garov reyestri faoliyatini nazorat qilish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash “Garov reyestri” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
28. Foydalanuvchini ro‘yxatga olishda va shaxsiy kabinetni ochishda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan taqdirda, “Garov reyestri” DUK foydalanuvchining tegishli murojaati asosida ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga (KTUT kodi, STIR, nomi va boshqalar) zarur tuzatishlar kiritishga haqli. Bunday holatda foydalanuvchi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
29. “Garov reyestri” DUK barcha yozuvlar, shu jumladan ularni kiritish, o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlar yozuvlar garov reyestridan chiqarib tashlangandan keyin besh yil mobaynida saqlanishini ta’minlaydi.
30. “Garov reyestri” DUK faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yillik hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
31. Foydalanuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.