Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 09.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgani taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yo‘sindagi choralarni ham tayinlashi mumkin.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, ularni davolash jazoni o‘tayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat bo‘lsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi