16.05.2014 yildagi 124-son
Hujjat 21.09.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq, shuningdek obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmatlari (keyingi o‘rinlarda yagona buyurtmachi xizmatlari deb ataladi) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga muvofiq yagona buyurtmachi xizmatlarining rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Keyingi tahrirga qarang.