27.03.2014 yildagi 71-son
Hujjat 03.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalarni tiklash, modernizatsiyalash va faoliyatini rivojlantirish hamda ularni potensial investorlarga sotish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
korxonalarni yoki tijorat banklarining ularning ustav fondlaridagi ulushlarini, shuningdek qarzdorlarning majburiyatlari bo‘yicha tijorat banklari tomonidan ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha undirilgan mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) kimoshdi savdosiga qo‘yish va kimoshdi savdosi bo‘lmagan deb e’lon qilingan taqdirda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan bozor qiymati bo‘yicha sotish;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
kimoshdi savdosi bo‘lmagan deb e’lon qilingan va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish natijalari bo‘yicha investorlar tomonidan qiziqish bo‘lmagan taqdirda — obyektlarni ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda bozor qiymatini bosqichma-bosqich 10 foizga pasaytirish (biroq ular bozor qiymatining 50 foizidan ortiq emas) mexanizmini qo‘llagan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining yoki tijorat banki kengashining qarorlari bo‘yicha keyinchalik sotish;
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda obyektlarni ushbu qarorning 1-bandi shartlariga muvofiq ilovaga binoan sotishni nazarda tutuvchi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.