26.03.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1840-1
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori, 26.03.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1840-1
Кучга кириш санаси
31.03.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2018
Hujjat 31.03.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 16-iyuldagi 01/19-18/09-sonli “Baholovchi malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1840, 2008-yil 4-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 307-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Muqaddimada “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda Davlat mulki qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3, 4, 5, 6, 7, 8, 10, 14, 16, 21, 22, 24, 25, 26, 27, 31, 33, 34, 36, 37, 38, 39, 40, 45, 49, 50, 51 va 52-bandlardagi “Davlat mulki qo‘mitasi”, “Davlat mulki qo‘mitasiga”, “Davlat mulki qo‘mitasida” va “Davlat mulki qo‘mitasining” degan so‘zlar tegishlicha “Davlat raqobat qo‘mitasi”, “Davlat raqobat qo‘mitasiga”, “Davlat raqobat qo‘mitasida” va “Davlat raqobat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3-ilova mazkur o‘zgartirishlarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.