“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son Qonuniga muvofiq, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 589-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “andozalar, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 7-bandidagi “Davlat standartlariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshidan “va texnikaviy shartlarga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizomda:
3-bandning “m” kichik bandidagi “texnik shartlar” va “n” kichik bandidagi “va texnik shartlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-maydagi 185-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish haqidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “texnika shartlari” so‘zlari “texnik reglamentlari yoki standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “maxsus davlat standartlari” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) III bo‘limning 4-bandidagi “shartlari” so‘zi “reglamentlari yoki standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarida:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “standartlar, texnikaviy shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “standartlashtirish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar — xizmatlarning har bir turi standartlari, texnik shartlari” so‘zlari “xizmatlarning har bir turi texnik reglamentlari yoki standartlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) IV bo‘limning 6-bandidagi “standartlar, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 951-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “shartlarni” so‘zi “reglamentlar yoki standartlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “shartlarga” so‘zi “reglamentlar va standartlarga”, 37-banddagi va 42-bandning birinchi xatboshidagi “shartlariga” so‘zi “reglamentlari yoki standartlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
6 va 170-bandlardagi “standartlar” so‘zi “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari, 14-bandning sakkizinchi xatboshi, 37-bandning birinchi xatboshi, 48-banddagi, 170-bandning birinchi xatboshidagi va 176-banddagi “standartlarning” so‘zi “texnik reglamentlar va standartlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandning uchinchi xatboshidagi “davlat” so‘zi “texnik reglamentlar va” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “belgilangan standartlar talablariga va/yoki ishlab chiqaruvchining texnik shartlariga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
58-bandning birinchi xatboshidagi “standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
72-banddagi “davlat standartlariga hamda texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
89-bandning birinchi xatboshidagi “standartlar yoki texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
190-bandning o‘ninchi xatboshidagi “standart talablariga, texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarida:
4-banddagi “standartlar” so‘zi “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-bandning sakkizinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 10-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar va boshqa talablar” so‘zlari “talablar bilan birgalikda texnik reglamentlar yoki standartlarning nomi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 30-bandning oltinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari, 43-banddagi “davlat standartlari talablariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 60-bandning ikkinchi xatboshidagi “standartlar talablariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 71-banddagi “standartlar talablari va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 74-banddagi “standartlar talablariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasida:
a) 31-banddagi “davlat standartlariga, texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 48-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “davlat standartlariga hamda texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 10-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
2.1-bandning beshinchi xatboshidagi “davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “standartlar” so‘zi “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “standartlarga” so‘zi “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “standartlar, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5.5-banddagi “standart va texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Moddiy-texnika resurslari yetkazib berishga Namunaviy shartnomaning 5.3-bandidagi “standart, texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastota spektorini industrial radioto‘siqlardan himoya qilish to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “davlat standartlari va texnik shartlar” so‘zlari “texnik reglamentlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2004-yil 8-iyundagi 269-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 54-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “shartlar” so‘zi “reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandi uchinchi xatboshidagi “shartlar” so‘zi “reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatning nusxasi (Davlatlararo standart — GOST, O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti — O'zDSt, Tashkilotning standarti — Ts) va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda — texnologik yo‘riqnoma va retseptura ilova qilinadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
21. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-bandning birinchi xatboshidagi “davlat va tarmoq” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “tegishli davlat va tarmoq” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatida:
17. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga o‘zgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha normalar va qoidalarning davlat reyestri | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi | ”; |
23. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning “a” kichik bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlariga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan va “O‘zstandart” agentligining tegishli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “standartlar” so‘zi “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning “b” kichik bandidagi “davlat standartlariga va boshqa normativ hujjatlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “davlat va tarmoq standartlariga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-iyundagi 178-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlari olib borish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlovlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning oltinchi xatboshidagi “umumiy standartlarga” va “bunday standartlar” so‘zlari tegishli ravishda “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” va “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning sakkizinchi xatboshidagi “standartlarga, texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“ular bo‘yicha kontrakt tuzilishi zarur bo‘lgan tovarning, ishlar va xizmatlar turining tavsifi, shu jumladan tovarning yoki ishlar va xizmatlar turining zarur texnik tavsiflari, ularning tavsifi va sifatini aks ettiruvchi standartlar”;
g) 32-bandning o‘n beshinchi xatboshidagi “xalqaro va milliy” so‘zlari “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 31-banddagi “davlat standartlari” so‘zlari “o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 32-bandagi “davlat yoki tarmoq standartlari” so‘zlari “o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar”so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 33-banddagi “davlat standartlari” so‘zlari “o‘lchovlar birligini ta’minlash bo‘yicha normativ hujjatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlari va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga”so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “standartlarga” so‘zi “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organlari bergan muvofiqlik sertifikatlariga, shuningdek texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan texnik shartlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarga ega bo‘lgan pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish (pirotexnika buyumlarini tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatda)”;
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “davlat standartlarida” so‘zlari “texnik reglamentlarda yoki standartlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “xalqaro va milliy standartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “standartlar” so‘zi “texnik reglamentlar yoki standartlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida:
a) 7-banddagi “standartlarga va texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 121-banddagi “tayyorlash, sinash va qabul qilishga texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda:
a) 13-bandning uchinchi xatboshidagi “talablariga” so‘zi “reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “standartlarga yoki texnik shartlarga” so‘zlari “texnik reglamentlarga yoki standartlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
31. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “davlat tarmoq standartlari” so‘zlari “standartlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 3-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi hamda 2 va 3-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 1-bandi.