1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) I bo‘limi quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin:
“91-modda. Sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qo‘shimcha kafolatlar
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi 924-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo‘jalik sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin.
Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi bo‘lishi mumkin”;
“Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovkani o‘tashi shart. O‘quv va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
ikkinchi qismidagi “o‘n sakkiz” va “bir yarim” degan so‘zlar tegishincha “o‘ttiz” va “ikki yarim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 66-moddaning ikkinchi qismi “sudyalik sha’nini” degan so‘zlardan keyin “sudyalar odob-axloqi qoidalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 71-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda”;
6) 73-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;
sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin”;
Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ko‘maklashadi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan, Xo‘jalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati esa, O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudlari sudyalarining konferensiyasida besh yil muddatga saylanadi.
Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga, harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’atlari esa, harbiy sudlar sudyalarining konferensiyalarida ana shu muddatga saylanadi”;
“Sudyalar o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi”;
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash uchun hujjatlari ko‘rib chiqiladigan davrda yoxud yangi ish joyiga ishga joylashtirilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 164–II-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 134-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga, bo‘lim boshliqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oliy xo‘jalik sudi raisining yordamchilariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga, bo‘lim boshliqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining, Oliy xo‘jalik sudi raisining yordamchilariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi devoni xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi”;
“8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi”;
4) 12-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 13-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi O‘RQ-544-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi mazmundagi 1551 va 1552-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Ushbu Kodeksning 155, 1552, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma’lum bo‘lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to‘g‘risida xabar qilmaslik, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko‘nikmalarini egallashi, o‘quv chog‘ida qurol-yarog‘, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o‘rganishi, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida o‘tkazilayotganligi o‘zi uchun ayon bo‘lgan o‘quvdan o‘tganligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o‘quvdan o‘tgan, bunday o‘quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o‘quv o‘tkazilgan joyni aniqlashga faol ko‘maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar o‘zlariga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni komissiya tarkibi a’zolarining kamida yarmi mavjud bo‘lganda ko‘rib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida qo‘llashga hamda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir”;
4) 2681-moddaning nomidagi, birinchi qismidagi, ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Monopoliyadan chiqarish”, “monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar tegishincha “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish”, “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 309-moddaning to‘rtinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 242-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-431-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan to‘ldirilsin:
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 49-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 111-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Partiya guruhi — siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan deputat faqat shu partiyaning partiya guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi va xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va ta’sis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda shaharlar (viloyatlar markazlari) Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan kamida besh nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddati tugaganda;
partiya guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur bo‘lgan me’yordan kamayib ketganda;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qo‘mitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais o‘rinbosarligiga va a’zoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga so‘z berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisiga va Vazirlar Kengashiga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimliklar bo‘limlari va boshqarmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari viloyat hamda Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqiga ega.
Partiya guruhlarining tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va xalq deputatlari Kengashiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha taklifi albatta ko‘rib chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya guruhlari faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish Jo‘qorg‘i Kengesning devoni tomonidan, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish esa, hokimliklarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ta’minlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 82-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar”;
uchinchi qismidagi “posyolka, qishloq, ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga” degan so‘zlar “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 85-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin”;
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi”;
Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, o‘zlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi 609–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 91-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 179-modda, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 12, 334-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Chet ellik investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalaridan olingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnikaviy yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar reinvestitsiyalar deb e’tirof etiladi”;
“chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali”;
“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatiga olish, shuningdek zarur ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi”;
“investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish)”;
“Chet ellik investorlar — jismoniy shaxslar, chet ellik investorlar — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda o‘z ulushlari (hissalari, aksiyalari) mavjud bo‘lgan butun davrda tegishli ko‘p martalik vizalar olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega”;
6) 11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “boshqa to‘lovlar” degan so‘zlar “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan, chet ellik investorning pul shaklidagi hissasi kamida besh million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan korxonalar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida ular davlat ro‘yxatiga olingan sanada amal qilib turgan, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga doir normalar hamda qoidalarni qo‘llashga haqlidir”;
“Chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi”;
“Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaxslar mehnat shartnomasi amal qilishining butun davrida tegishli ko‘p martalik vizalar olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega”;
ikkinchi qismidagi “qonunda belgilangan soliqlar va majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi 611-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 93-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 310-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 4-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“yuqori zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga investitsiyalar kiritilayotganda”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi qismdagi “hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni” degan so‘zlar “tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’minlashni hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida berilib, ularda, xususan, chet el investitsiyalarini kiritish, ulardan foydalanish va ularning o‘rni qoplanishini ta’minlash shartlari hamda tartibi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va chet ellik investor o‘rtasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomalarini, ularda chet ellik investorning investitsiya majburiyatlarini mustahkamlagan holda, tasdiqlash nazarda tutiladi”.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 6-moddasining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi”.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 824-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 338-modda) 12-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli hudud, suv ta’minoti manbalari, uy-joylar, ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko‘maklashadilar”.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi 308-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda) 26-moddasining uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 46-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 14-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-319-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 15-moddasi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan e’tiboran amalga kiritiladi.
LexUZ sharhi