1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi 422-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 11-iyulda qabul qilingan O‘RQ-162-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 353-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sog‘liqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh muassasalarga va boshqa muassasalarga) to‘sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yo‘l, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishi, transportdan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratishga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi”;
2) 25-moddaning ikkinchi — yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Nogironlarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarmaganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tashkilotlarni ushbu Qonunning nogironlarni ish bilan ta’minlashga doir talablarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Nogironlar mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan korxonalar, sexlar va uchastkalar tashkil etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoitlari o‘z imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishda ishtirok etishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi nogironlarga mazkur faoliyat uchun yashashga mo‘ljallanmagan joylar berilishida, xomashyo olishi va mahsulot sotishida zarur yordam ko‘rsatadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga to‘liqsiz ish vaqtida yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan;
betobligi, ta’tilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan, shuningdek vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan;
o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqalar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida va ularning organlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan;
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarda, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar”;
“Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi”;
“Ushbu Qonun 27-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan so‘ng kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishsizning qobiliyatini, uning sog‘lig‘i holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay bo‘lgan o‘qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin”;
to‘rtinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“taklif etilgan ishni rad etish ishsizning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa”;
“o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilariga;
“jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
ikkinchi qismidagi “mazkur toifadagi fuqarolarni” degan so‘zlar “ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ish beruvchi ish joylarining belgilangan eng kam miqdori hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi”;
“Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqidir.
Har kim ish beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir”;
6) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi, fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
“ish qidirib murojaat qilayotgan fuqarolarning, shuningdek bo‘sh ish joylarining (vakant lavozimlarning) hisobini yuritadi”;
“ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarining bajarilishi monitoringini ushbu dasturlarga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot, shuningdek davlat statistika organlarining ma’lumotlari asosida amalga oshiradi”;
to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n beshinchi xatboshisidagi “ishsiz fuqarolarni” degan so‘zlar “ishsizlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “normativ hujjatlar” degan so‘zlar “normativ-huquqiy hujjatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash hududiy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish”;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash”;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish”;
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaganlik uchun, shuningdek avval talabnoma berilgan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olgan yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
beshinchi qismidagi “mahalliy mehnat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 22-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “keyinchalik ikki oygacha muddatga uzaytirish huquqi bilan” degan so‘zlar “keyinchalik uzaytirish huquqi bilan ikki oy muddatgacha bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi 625-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) 6-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, birjalarning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortiladi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda) 37-moddasi birinchi qismining “e” bandidagi “aspiranturada, doktoranturada” degan so‘zlar “aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi 1002-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 4, 129-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“standartlarni buzganlikda aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashda;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishda;
standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlashda mutlaq huquqqa egadir”;
“Davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 1006-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda, № 10, 536-modda) 23-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
“Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirilmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchining (tadbirkorning) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor - tayyorlovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
“Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tayyorlovchilarni (tadbirkorlarni) majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 169-modda uchinchi qismining “v” bandi quyidagi mazmundagi “v” va “g” bandlar bilan almashtirilsin:
2) 1852-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining dispozitsiyalaridagi “Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga” degan so‘zlar “Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini, shuningdek texnologik jihatdan ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni, inshootlarni, aloqa, avtomatika, signalizatsiya vositalarini qasddan buzish, ularga shikast yetkazish yoki boshqa usul bilan ularni foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirish, agar ushbu harakatlar ularning normal ishlashi buzilishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish —
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olgan, shuningdek kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) bo‘lgani holda asossiz rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Nogironlar ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yo‘l, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha talablarni bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajarish talablarini, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududni rejalashtirish va qurish bosh rejalarini, loyihalarini, tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni rekonstruksiya qilish rejalarini, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlari xususidagi, shu jumladan ish hujjatlari xususidagi ijobiy xulosasisiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari ro‘yxatidan o‘tkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 101-moddaning dispozitsiyasidagi “Elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga” degan so‘zlar “Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
nomidagi “Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan tartibini qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
“Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalg‘itish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10) 1751-modda ikkinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n besh” degan so‘zlar “yigirma” degan so‘z bilan almashtirilsin;
11) 178-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi, dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi, ularni o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda hamda aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzishda monopoliyaga qarshi talablarni buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni kelishib olingan holda sodir etish va bitimlarni tuzish, shuningdek tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
17) 2274-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yo‘qotish yoxud yetkazib bermaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
18) 2278-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovni tuzatish, o‘rash, qayta o‘rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar va boshqa joylarni ochish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
23) 22716-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga tovarlar musodara qilinib, eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101, 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 119-moddasining ikkinchi qismida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining to‘rtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1284-moddasining uchinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 161, 163, 1631-moddalarida, 164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179, 1792, 1793, 1794, 180, 181, 182, 183, 184, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno), 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 189, 1891, 190, 191, 193, 194, 195, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 198, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 205, 206, 207, 208, 209, 210, 2152, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etishga oid qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 2411, 2412-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi”;
“mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari”;
30) 262-moddaning birinchi qismidagi “2274-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar “2274-moddasining beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi”;
“Ushbu Kodeks 65-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan so‘ng kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishsiz shaxsning qobiliyatini, uning sog‘lig‘i holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay bo‘lgan o‘qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin”;
taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo‘lmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatdan qulayligi (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan uzoqligi) mazkur joydagi jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanganligi hisobga olingan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilanadi;
taklif etilgan ishni rad etish ishsiz shaxsning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas”;
“Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart”;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilariga;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
Qo‘shimcha kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish, korxonalarga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal ish joylarini belgilash yo‘li bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar orqali ta’minlanadi.
Ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi”;
yettinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida” degan so‘zlar “to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzishi mumkin”;
“Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi”;
8) 90-moddaning uchinchi qismidagi “ish beruvchi unga rad etishning sababini ma’lum qilishi kerak” degan so‘zlar “ish beruvchi unga rad etishning sababini yozma shaklda ma’lum qilishi kerak” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 107-moddaning to‘rtinchi qismidagi “aspiranturaga” degan so‘z “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak”;
“Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, o‘rindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi”;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart”;
16) 258-moddaning birinchi qismidagi “nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarini” degan so‘zlar “doktorlik dissertatsiyasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda) 1066-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda) 27-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish va sotish uchun qabul qilganlik, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida axborot taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik, normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi ishlab chiqaruvchilarni (ijrochilarni, sotuvchilarni) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish majburiyatidan ozod etmaydi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 591-modda; 2010-yil, № 12, 466-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 10-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bevosita energiya nobudgarchiligini va energetika jihatidan samarasiz mahsulot ishlab chiqarilishini istisno etadigan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan energiya jihatidan samaradorligini ta’minlashi shart. Bu talablar buzilganda mansabdor shaxslar:
energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari normativ hujjatlar talablariga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarilgan;
sertifikatlashtirilmagan energetika asbob-uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanilgan;
mavjud ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan ulushi ta’minlanmagan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi energiya hosil qilish va uni sarflash sohasida shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarni o‘zlari yetkazgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan 463-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 11-12, 295-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 160-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3.3-bandning 3.3.3-kichik bandi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim” bo‘limining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi”;
2) 4.1-bandning birinchi xatboshisidagi “Aspirantura va doktorantura faoliyati” degan so‘zlar “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi 464-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 225-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “(aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik)” degan so‘zlar “(katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “ilmiy darajalar va unvonlar” degan so‘zlar “ilmiy daraja va ilmiy unvonlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 12-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan 548-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 178-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”;
Bojxona organlari tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojxona tekshiruvidan o‘tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daxldor hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi bo‘lgan yoki zarur hujjatlarga ega bo‘lgan har qanday boshqa shaxs turgan joyda o‘tkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida, bojxona to‘lovlarini qo‘shib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir bitim bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin”;
“Bojxona to‘lovlarini qo‘shib hisoblash tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yuridik shaxslar bojxona organiga xabarnoma yuborib, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli”;
5) 131-moddaning birinchi qismidagi “137, 139, 144 — 146, 151 — 154, 156 — 159, 161 — 169, 171 va 172” raqamlari “161 — 169” raqamlari bilan almashtirilsin;
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Bunda fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritiladi”;
“Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga haqli”;
“Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulot va ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatiga oid normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga taalluqli hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart”;
birinchi xatboshisidagi “shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari” degan so‘zlar “shaharcha, qishloq va ovul fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari beradilar hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam ko‘rsatadilar”;
“fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashadilar;
foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni (ishlar bajarishni, xizmatlar ko‘rsatishni) tashkil etish uchun ijaraga beradilar;
fermer xo‘jaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga ko‘maklashadilar”;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishincha yettinchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir yil ichida o‘z ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaganida, shu jumladan fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganida”;
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda) 25-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda) 52-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “aspirantlar” degan so‘z “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 5-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Reklama beruvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlash uchun taqdim etiladigan axborotning mazmuniga doir qismi buzilganligi uchun, agar ushbu qonunbuzarlik reklama tayyorlovchining yoki reklama tarqatuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlanmasa, javobgar bo‘ladi.
Reklama tayyorlovchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklama tayyorlashga doir qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Reklama tarqatuvchi reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining reklamani tarqatish vaqti, joyi va vositalariga taalluqli qismi buzilganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi — jismoniy shaxslar noto‘g‘ri reklama berganlik, aksilreklama berishdan bosh tortganlik, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarmaganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik, reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar takdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarni vakolatli davlat organining qarorini yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni sodir etish majburiyatidan ozod qilmaydi”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 39-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar besh yilda ko‘pi bilan bir marta, kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 9, 415-modda; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 635-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 12, 467-modda; 2012-yil, № 4, 107-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 26-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, bundan sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar mustasno, qonun hujjatlarida majburiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan majburiyatning sug‘urta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sug‘urta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladi”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga qo‘shilish haqida”gi 681-II-sonli Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 181-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasining 18-moddasiga taalluqli izohi olib tashlansin;
2) ikkinchi xatboshidagi “quyidagi izohlar” degan so‘zlar “quyidagi shart” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 37-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli”;
“Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‘pi bilan bir marta, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi”;
“Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi — jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi”;
“Buxgalteriya hisobining mavjud emasligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda yuritganlik hisoblanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlab bo‘lmasligiga olib kelsa, soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi soliq to‘lovchi — yuridik shaxsni buxgalteriya hisobini tiklash majburiyatidan ozod qilmaydi”;
“Faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanganlik uchun shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi”;
“33) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari”;
8) 181-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “bundan ushbu Kodeksning 179-moddasi 33-bandida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning daromadlari mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“35) O‘zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan”;
“29) O‘zbekiston Fermerlar kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari — fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer xo‘jaliklarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan shikoyatlar yuzasidan”;
“yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug‘orishdan foydalanilayotgan bo‘lsa, o‘sha qismida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga”.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 55 va 56-moddalari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘RQ-319-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va bitimlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) hamda boshqa mulkiy huquqlarni olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Raqobatni cheklovchi va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda ma’lum qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi”;
1) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi 173-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 174-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 22-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 90-modda) XXIII bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-12-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 411-modda);
5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 29-moddasi.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
LexUZ sharhi