O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 589-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori (ro‘yxat raqami 1743, 2007-yil 27-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
1. 2-banddagi “telekommunikatsiyalar” degan so‘z “aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 3-banddan “Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi,” va “, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
“9. Telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan tegishli maxsus iste’molchining asoslangan takliflariga binoan maxsus iste’molchilar bilan o‘zaro hamkorlikda qabul qilinadi. Ushbu takliflar Davlat qo‘mitasiga telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda yetkaziladi hamda zudlik bilan ko‘rib chiqiladi.”.