Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 23-maydagi PQ-1972-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yuqori samarali qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) ustavi 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qo‘llagan holda, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
2013-yilning 1-oktabrigacha — “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalari sinovlarini o‘tkazish sohasida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
har yili 1-avgustgacha — kelgusi yilda sinovdan o‘tadigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalari ro‘yxatini, shuningdek Markazning rejalashtirilayotgan davrda xo‘jalik hisobidagi faoliyatidan mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanish prognozini shakllantirsin va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishda ularga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya texnikasi va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari ishlab chiqilishini va ishlab chiqarishga joriy etilishini nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini ta’minlasin;
ilmiy-texnika dasturlari doirasida ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalari sinovlarining Markazda majburiy o‘tkazilishini amaliyotga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarining o‘tkazilgan sinovlari natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan Markaz tavsiyalarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ekin maydonlari joylashtirilishini, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar hajmlarining va agrotexnologiyalarni hisobga olgan holda vazirliklar hay’atlarida ko‘rib chiqsin, shuningdek ularni respublikada ishlab chiqarish yoki import bo‘yicha sotib olish yuzasidan qaror qabul qilsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
xar bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tegishli texnologik parklarida qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari sinovlarini o‘tkazishda Markazga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda xalqaro moliya institutlari (XMI)dagi Boshqaruvchilar Ofislari, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda XMI va donor mamlakatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb etishga yordam bersin.
respublika korxonalarida seriyali ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasining davriy sinovlarini 2014-yil 1-yanvardan boshlab o‘tkazishga;
Markazni sinovlar o‘tkazish uchun joriy yil uchun ko‘zda tutilgan zarur qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport vositalari bilan jihozlashga — 2013-yilning 1-sentabrigacha, keyingi yil uchun — 2014-yilning 1-iyunigacha mablag‘lar ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) o‘tkazadigan sinov turlarini, sinov o‘tkazish rejalarini shakllantirish qoidalarini, mahsulotlarni sinash va ularni iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida sinovdan o‘tkazilgan mahsulot holatining amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan yakka qishloq xo‘jalik va melioratsiya texnikalaridan tashqari, respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining, ular agregati va uzellarining barcha namunalariga, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlari qo‘llangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalariga tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
3. Markazda 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va import qilinadigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining, ular agregati va uzellarining barcha namunalari, shuningdek qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlarini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari majburiy sinovdan o‘tkazilishi kerak.
4. Mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish shartlari, shu jumladan ularni yetkazib berish muddatlari, ularga ilova qilinadigan zarur hujjatlar ro‘yxati va tarkibi xalqaro va davlat standartlariga muvofiq sinovlarning buyurtmachisi va Markaz tomonidan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
5. Sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulot o‘z vazifasiga ko‘ra sinovlarning quyidagi turlaridan birida sinovdan o‘tkaziladi:
davlat sinovlari — import qilinadigan yoki budjet mablag‘lari hisobiga ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi namunalarining davlat komissiyasi (mahsulotlarning eng muhim turlarini alohida sinash uchun maxsus tashkil etiladigan) yoki Markaz tomonidan o‘tkaziladigan sinovlar;
dastlabki sinovlar — mahsulotlarning tajriba namunalarini va/yoki tajriba turkumlarini qabul qilish sinovlariga taqdim etish imkoniyatini aniqlash maqsadida ularning nazorat sinovlari;
qabul qilish sinovlari — ishlab chiqarishga qo‘yish yoki import qilishning maqsadga muvofiqligi, yoxud vazifasiga ko‘ra foydalanish to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida o‘tkaziladigan respublikada ishlab chiqariladigan yoki import qilinadigan tajriba namunasini sinash;
Oldingi tahrirga qarang.
davriy sinovlar — mahsulot sifatining barqarorligini va uni ishlab chiqarishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda o‘tkaziladigan seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarning nazorat sinovlari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
malaka sinovlari — korxonaning ushbu turdagi mahsulotni belgilangan hajmda ishlab chiqarishga tayyorligini baholash maqsadida o‘tkaziladigan belgilanadigan seriyaning yoki birinchi sanoat turkumining nazorat sinovlari;
Oldingi tahrirga qarang.
tur sinovlari — seriyali namunalar konstruksiyasi yoki texnologik jarayonga kiritilgan o‘zgartirishlarni samaradorligini va maqsadga muvofiqligini baholash maqsadida u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bajariladigan sinovlar;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sertifikatsiya sinovlari — mahsulotga xos bo‘lgan xossalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan mahsulotlarning nazorat sinovlari;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
takroriy sinovlar (hakamlik sinovlari) — tez-tez takrorlanadigan — foydalanish yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq nosozliklarning sabablari va xususiyatini aniqlash maqsadida maxsus dastur bo‘yicha amalga oshiriladigan tayyorlovchi zavod tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oxirgi turkumidan tanlab olingan texnika namunalarini sinash;
yangi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish.
6. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasini sinovdan o‘tkazish muddatlari normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
7. Kelgusi yilda qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish uchun har yili noyabr oyidan kechikmay ularni sinovdan o‘tkazish rejasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, mahsulotlarni tayyorlovchi korxonalar va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) takliflari asosida shakllantiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish rejasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
9. Sinovlarni o‘tkazish rejasiga muvofiq buyurtmachilar bilan shartnomalar tuziladi. Shartnomalarda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish shartlari va muddatlari, ularni yetkazib berish muddatlari, moliyalashtirish tartibi, ularga ilova qilinadigan zarur hujjatlar belgilanadi.
10. Sinov o‘tkazish uchun taqdim etilayotgan mahsulotlar namunalari Markazda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha qabul qilinadi.
11. Mahsulot sinash uchun qabul qilib olingandan keyin uning saqlanishi uchun sinov tamom bo‘lgunga qadar Markaz javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sinov 2 va 3-ilovalarga binoan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning belgilangan talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
birinchi bosqich — qishloq xo‘jalik texnikalarini funksional va foydalanish-texnologik ko‘rsatkichlarini Markazda aniqlash;
ikkinchi bosqich — xo‘jalik sharoitlari foydalanishda puxtalik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. Qabul qilish sinovlari va davriy sinovlar qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar bilan kelishilgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ekin maydonlarida hamkorlik shartnomasi asosida o‘tkaziladi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sinovlar natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ularning nusxalari buyurtmachiga hamda ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz o‘rnatilgan tartibda sinovdan ijobiy o‘tgan qishloq xo‘jalik va melioratsiya texnikalarini O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llash uchun qishloq xo‘jalik va meliorativ texnikalar reyestrini yuritadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldrilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
14. Sinov tamom bo‘lgandan keyin barcha mahsulot qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha buyurtmachiga qaytariladi.
15. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining davriy sinovlari quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
16. Muntazam ravishda turkumlab import qilinadigan (bir yilda 5 ta va undan ortiq) mahsulotlar modeli ular sifatining barqarorligini nazorat qilish maqsadida davriy sinovlarni o‘tkazish uchun taqdim etilishi kerak, bunda:
davriy sinovlar mahsulotni respublikaga yetkazib berish boshlangandan keyin har ikki yilda o‘tkaziladi;
mahsulotlarni sinash uchun yetkazib berish mahsulotlar importini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Bartaraf etish uchun mahsulotlarni bo‘laklarga ajratish talab qilinadigan nosozlikning har bir holati, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi yo‘l-transport hodisalari yuz berishi mumkinligiga olib keluvchi, ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nosozliklar to‘g‘risida Markaz ular aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda sinovlarning buyurtmachisiga, “O‘zstandart” agentligiga ularni bartaraf etish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rish uchun ma’lumot yuborishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
18. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishda Markaz:
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishning haqiqiyligi va to‘liqliligi hamda uning natijalarining ishonchliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
sinovlarning xalqaro va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishga budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
19. Sinovlarni o‘tkazish (davriy sinovlardan tashqari) bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun to‘lov Markaz bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
20. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining davriy sinovlari uchun to‘lov budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
suyuqlik va kukunlarni purkagich va changlatgichlar, ranetsli, pnevmatik va traktorlarga o‘rnatishga yoki traktorlar bilan shatakka olishga mo‘ljallangan purkagich va changlatgichlar;
Oldingi tahrirga qarang.
hosilni yig‘ishtirish mashinalari, shu jumladan g‘alla o‘rish va paxta terish kombaynlari, maydalash mashinasi yoki mexanizmlari, ko‘sak yig‘ish mashinalari, ko‘sak chuviydigan mashinalar, g‘o‘za poyalarini yig‘ishtirgich va maydalagichlar, ekinlarni o‘rish mashinalari (meva va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tozalash, saralash uchun o‘ziyurar mashinalar).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun maxsus mo‘ljallangan ko‘tarish, ko‘chirish, yuklash yoki tushirish mashinalari va qurilmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 785-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/785/1685-son)
kichik o‘lchamli traktorlar va kichik mexanizatsiya vositalarining quvvati 16 kVt gacha bo‘lgan dizellaridan tashqari;
tirkamali, yarim tirkamali, osiladigan, yarim osiladigan, o‘rnatiladigan, kichik o‘lchamli traktorlar va motobloklarga agregatlanadigan mashinalar;
15. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikasining yangi turlari qo‘llanilgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sinovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 09/19/10/2441-son)