12.12.2011 yildagi O‘RQ-306-son
Hujjat 28.12.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “besh yildan yetti yillik qilib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 8-moddaning matnidagi “yetti yil” degan so‘zlar “besh yil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.