06.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 428-6
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining qarori, 06.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 428-6
Кучга кириш санаси
11.02.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015
Hujjat 14.12.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni elektron shaklda bojxona rasmiylashtiruvi protsedurasi to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 9-modda) asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 1998-yil 1-aprelda, Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 2-aprelda 20-son bilan va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 1998-yil 3-aprelda 02/19-2-son bilan tasdiqlangan Eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 428, 1998-yil 8-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1998-y., 4-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.