01.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2420
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2021
Hujjat 31.12.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1602-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 583-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
huquqiy ekspertiza — loyihaning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420-2, 31.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 625-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2420-2, 31.12.2014-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 625-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Taqdim etilgan loyiha quyidagi hollarda adliya boshqarmalari tomonidan 2 ish kuni ichida xulosasiz mazkur Yo‘riqnomaning 1 yoki 11-ilovalariga muvofiq shakldagi kuzatuv xati orqali huquqiy ekspertiza o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaga mazkur Yo‘riqnomaning 68-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
(71-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420-2, 31.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 625-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
73. Loyihalar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilayotganda ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(741-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
loyihaning ushbu Yo‘riqnomaning III va IV boblarida ko‘rsatilgan talablarga mos ravishda tayyorlanganligi va rasmiylashtirilganiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Ushbu Yo‘riqnomaning 81 va 83-bandlarida ko‘rsatilgan xulosalar ikki nusxada tuzilib, adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash sho‘ba mudiri tomonidan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida Qonunchilik bo‘limi boshlig‘i tomonidan) imzolanadi va adliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosalarning bir nusxasi mazkur Yo‘riqnomaning 4, 41 va 5-ilovalarida keltirilgan shaklga muvofiq kuzatuv xati bilan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi.
(84-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Namuna

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI


SIRDARYO VILOYAT
ADLIYA BOSNQARMASI

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DEPARTMENT OF JUSTICE OF
SYRDARYA REGION

120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69
Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz

24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
2015-yil 9-yanvar 02/2166-son

Sirdaryo viloyat hokimi
O. Ashurmatovga

Sizning 2015-yil 7-yanvardagi 1-98-sonli xatingizga

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimining “2015-yil uchun bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga zid ravishda, O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish uchun joylashtirilmaganligi tufayli, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilmoqda.

Loyiha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun joylashtirilishi, shuningdek muhokama ishtirokchilarining taqdim etgan takliflari umumlashtirilib, ko‘rib chiqilgandan so‘ng adliya boshqarmasiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun qayta taqdim etilishi lozim.

Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda
Boshqarma boshlig‘i

A. TOShQULOV

(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2420-2, 31.12.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 625-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Namuna

TASDIQLAYMAN

M.O‘.

Sirdaryo viloyati adliya
boshqarmasi boshlig‘i

______

E. Xodjaqulov

(imzo)

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy
hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan

XULOSA

2013-yil “9” yanvar

Guliston shahri

O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganda quyidagilar

ANIQLANDI:

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizomda mahalliy davlat hokimiyatining ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qaror qabul qilish vakolati belgilangan.

Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi qonun hujjatlariga zid emas.
Ushbu qaror loyihasi qonunchilik texnikasi talablariga to‘liq javob beradi.
Yuqoridagilarga binoan, tuman hokimining normativ-huquqiy tusdagi qarori loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha

XULOSA QILINDI:

Oq oltin tuman hokimining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun 2013-yilda ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilganligi va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi qayd etilsin.

Mazkur xulosa yuzasidan tegishli xat ma’lumot uchun tuman hokimligiga yuborilsin.
Huquqiy ekspertiza va qonun
hujjatlarini turkumlash
sho‘ba mudiri:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Namuna

TASDIQLAYMAN

M.O‘.

Sirdaryo viloyati adliya
boshqarmasi boshlig‘i

______

E. Xodjaqulov

(imzo)

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan normativ-huquqiy
hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan

XULOSA

2013-yil “9” yanvar

Guliston shahri

O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan Sirdaryo viloyat Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashining “Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganda quyidagilar

ANIQLANDI:

1. Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasining 6-bandida ushbu qaror ijrosini nazorat qilish “Mahalla” xayriya jamoat fondining Oq oltin tumani bo‘limiga yuklatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida bo‘lmaydi.

Shunga muvofiq, loyihaning 6-bandini O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga moslashtirish lozim bo‘ladi.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 11-bandida normativ-huquqiy hujjatda xorijiy tillarning atamalari davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda qo‘llanilishi taqiqlangan bo‘lsada loyihaning 2, 3 va 4-bandlarida “perekryostka” so‘zi ishlatilgan.

3. Loyihada bir qator orfografik xatolar mavjud. Jumladan, loyiha muqaddimasida “tartib” so‘zi “tartb” tarzida, loyiha 3-bandidagi “yuridik” so‘zi “yuredik” tarzida noto‘g‘ri yozilgan.

Bundan tashqari, loyihada keltirilgan HUJMSh abbreviaturasi ochib yozilishi lozim.

4. Loyihada qonunchilik texnikasi talablari buzilgan. Xususan, 3-banddan keyin 5-band qo‘yilgan bo‘lib, bandlar izchil ketma-ketlikda raqamlanmagan.

Loyihani rasmiylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilinmagan. Xususan, varaqlar raqamlanmagan, loyihaning birinchi beti yuqori qismi o‘ng tomonida “LOYIHA” so‘zi qo‘yilmagan.

Yuqoridagilarga binoan, tuman xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha

��

XULOSA QILINDI:

Oq oltin tuman xalq deputatlari Kengashining “Oq oltin tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilmaganligi va qonunchilik texnikasi talablariga nomuvofiqligi qayd etilsin.

Mazkur xulosa yuzasidan tegishli xat ma’lumot uchun tuman hokimligiga yuborilsin.

Huquqiy ekspertiza va qonun
hujjatlarini turkumlash
sho‘ba mudiri:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Namuna

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI


SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION

120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 225-09-69. Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz 24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 225-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
2014-yil 9-yanvar 02/2166-son

Sirdaryo tuman hokimi
B. Suvonovga

Sizning 2014-yil 7-yanvardagi
1-98-sonli xatingizga

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tuman aholisining bandligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Sirdaryo tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasini qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.

Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim.

Ushbu qaror qabul qilingandan so‘ng rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman e’lon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qog‘oz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi ma’lumot tariqasida ma’lum qilinadi.

Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa ___ varaqda.
Boshqarma boshlig‘i

A. TOShQULOV

(41-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2420-1, 12.06.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 24-son, 297-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.