LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laroq qondirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, atoqli san’at namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligining teatr tashkilotlari hamda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi negizida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida Teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligiga boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “O‘zbekteatr” birlashmasini tashkil etish bilan bog‘liq ijodiy, tashkiliy, moliyaviy-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekteatr” birlashmasi Teatr ijodkorlari uyushmasi, teatr tashkilotlari va hududiy bo‘limlarga ega bo‘lgan mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmasi hisoblanib, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga taalluqli ekanidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha davlat teatrlari, teatr-studiyalari, xalq teatrlari jamoalari va boshqa tegishli tashkilotlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
teatr va teatr-studiyalar ijodiy jamoalarini xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizga ehtirom tuyg‘ularini madh etuvchi, istiqlolni ulug‘lovchi yorqin sahna asarlari yaratishga yo‘naltirish, shuningdek, vatanparvarlik g‘oyalarini milliy estetik tamoyillarni targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbus va harakatlarni rag‘batlantirish;
o‘zbek xalq tomosha san’atlari (xalq an’anaviy teatri, maydon tomoshalari, bayramlar) sohasidagi boy tarixiy merosni chuqur o‘rganish, tadqiqotlar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish uchun shart-sharoit tug‘dirish;
ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish, teatrlarning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ularni zamonaviy ashyolar bilan ta’minlash;
teatrlar jamoalari, rejissorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeystyerlarga dolzarb mavzularda buyurtmalar berish, respublika va xalqaro miqyosda ko‘rik-tanlovlar, festivallar o‘tkazish, xorijiy mamlakatlarga gastrollar uyushtirish, ilmiy anjuman, simpozium va seminarlar o‘tkazish, turli mukofot va sovrinlar ta’sis etish;
iqtidorli yoshlarni izlab topish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlariga yaqindan yordam berish;
O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, “Kamolot”,. “Umid”, “Oltin meros” va boshqa jamg‘armalar yordamida yosh ijodkorlar san’atini targ‘ib qilish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, mamlakatimizda va chet ellarda ta’lim olish hamda malaka oshirishlarini uyushtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Milliy teatr va ommaviy tomosha san’atlari yutuqlarini keng targ‘ib etish maqsadida “Teatr” oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali nashr etilsin.
6. Teatr san’ati ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishning qudratli vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu san’at rivoji bilan bog‘liq ishlarni izchil amalga oshirish mas’uliyati Madaniyat ishlari vazirligi bilan bir qatorda, tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining zimmasiga yuklansin.
7. “O‘zbekteatr” birlashmasining moddiy-texnik negizini mustahkamlash, ijodkorlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida birlashmaning “Artmadad” nomli maxsus jamg‘armasi tashkil etilsin.
Davlat, jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, turli muassasalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar jamg‘arma hammuassislari bo‘lishi mumkin. Jamg‘armaning ta’sis majlisi bir oy muddat ichida o‘tkazilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamg‘arma Nizomini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Artmadad” jamg‘armasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning hisob raqamiga ellik million so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda Toshkent shahar Hamza ko‘chasi 49, 51-uylarni ta’mirlasin va ularga “O‘zbekteatr” birlashmasining markaziy apparati, uning jamg‘armasi hamda Teatr ijodkorlari uyushmasini joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda Toshkent davlat san’at institutining drama, musiqali teatr, qo‘g‘irchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, san’at menejmenti bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish, o‘qitish uslubini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Respublika teatr tashkilotlarining, ayniqsa, viloyatlardagi teatr muassasalarining malakali dramaturg va rejissorlarga bo‘lgan katta ehtiyojini hisobga olib, oliy ma’lumotli, iqtidorli yoshlardan dramaturg va rejissorlar tayyorlovchi ikki yillik oliy kurslar tashkil etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu kurslar davlat buyurtmasi va shartnoma asosida faoliyat yuritadi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tasarrufiga kiruvchi teatr tashkilotlarining binolari qurilishi va ta’mirlanishi, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Toshkent davlat san’at instituti va uning 400 o‘rinli yotoqxonasi yangi binolarini loyihalash va qurish uchun tegishli mablag‘ ajratishni 1999-2000-yillar rejasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Teatr xodimlarini ijtimoiy himoyalash va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat, Madaniyat ishlari vazirliklari hamda “O‘zbekteatr” birlashmasi uch oy muddat ichida teatr muassasalarining ixtisoslashtirilgan tizimini, respublika, viloyat, shahar, tuman, xalq va havaskorlik hamda xususiy maqomlari va ijodiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yangi tarif me’yorlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Shu bilan birga, teatr tashkilotlariga qo‘shimcha moliyaviy manbalar topishi uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida ularning gastrol-konsert va shartnomalar asosidagi boshqa xizmat faoliyatidan tushadigan mablag‘lari, homiylik va investitsiyalar, shu jumladan, chet el investitsiyalaridan imtiyozli foydalanish hamda teatr jamoasini rag‘batlantirish tartibini belgilaydigan Nizom ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” birlashmasi uch oy muddat ichida teatr ijodiy xodimlariga kvalifikatsiya berish, davlat mukofotlari, faxriy unvonlar va boshqa mukofotlarga tavsiya etish bo‘yicha ularning, ayniqsa, yoshlarning butun faoliyati davomida kasbiy va ijodiy o‘sish jarayoni xususiyatlarini hisobga oluvchi Nizom ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga taqdim etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. “O‘zbekteatr” birlashmasi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar barcha turdagi soliqlardan va bojxona to‘lovlaridan besh yil muddatga ozod etilsin.
Soliqdan ozod etilishi natijasida yig‘ilgan mablag‘larning mamlakatimizda teatr-tomosha san’atlarini, ilmiy-tadqiqot va nashr ishlarini yanada rivojlantirishga, birlashmaning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga, ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish ishlariga sarflanishi belgilab qo‘yilsin.
Teatr san’ati rivojiga homiylarni jalb qilish maqsadida ularning foydadan to‘laydigan soliq bo‘yicha bazasi “O‘zbekteatr” birlashmasi, uning tarkibidagi muassasalar hisobiga o‘tkazadigan mablag‘lari miqdoriga monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Farmonda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ajratsin.
15. Ushbu Farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tegishli qaror qabul qilsin.