“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek elektron shaklda ma’lumotlarning to‘liq ayirboshlanishini, so‘rovlarni rasmiylashtirish tartibotlarini jadallashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari va aholining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan “bir darcha” rejimida faoliyat ko‘rsatadi.
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni;
foydalanuvchilarga elektron shaklda ma’lumotlar ayirboshlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining integratsiyalangan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda foydalanishning yagona nuqtasi orqali so‘rovlarni rasmiylashtirish imkoniyatlari berilishini;
jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bog‘liq so‘rovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona portal orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari yig‘ma reyestrini (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma reyestr deb ataladi) bir oy muddatda tasdiqlasin;
uch oy muddatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv davlat xizmatlariga o‘tkazish va Yig‘ma reyestrga kiritishning aniq muddatlarini belgilagan holda davlat xizmatlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
yangi interaktiv davlat xizmatlarini Yig‘ma reyestrga kiritish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash ishlarining ahvoli to‘g‘risidagi masalalarni o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishga o‘tish bo‘yicha normativ-metodik rahbarlikni ta’minlasin;
2013-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Yagona portalni ishlab chiqsin va Internet tarmog‘ida ishga tushirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 1-dekabrgacha 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning holati to‘g‘risida hisobot va Yig‘ma reyestr ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar kiritsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona portalda Yig‘ma reyestr tarkibiga kiradigan interaktiv davlat xizmatlari o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlasinlar;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarda elektron shaklga o‘tishni ta’minlash yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
6. Belgilansinki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mas’ul ijrochilari interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish va ko‘rsatish, shuningdek ularning o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi ushbu Nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son, “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorlariga muvofiq interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi va tadbirkorlik subyektlarining (keyingi o‘rinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda davlat organlari deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorligi shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
3. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu Nizomga muvofiq ro‘yxatga olish va avtorlashtirish tartibotidan o‘tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi.
4. Davlat tili Yagona portalning asosiy muloqot tili hisoblanadi, shuningdek rus, ingliz tillari va boshqa tillardagi versiyalari ham bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yagona portalning axborot va texnik kuzatuvi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (keyingi o‘rinlarda “O‘zinfokom” markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali;
foydalanuvchining shaxsiy kabineti — interaktiv davlat xizmatlari olishda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar uchun o‘zida foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar, mavjud bo‘lgan Yagona portaldagi elektron resurs.
7. Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
“elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.
9. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
10. Yagona portaldan erkin foydalanishga ruxsatnoma foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
11. Jismoniy shaxslar (ariza va pasport asosida) va yuridik shaxslar (ariza va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida) uchun shaxsiy kabinetdan erkin foydalanish uchun ruxsatnoma:
“O‘zinfokom” markazi va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kompyuterlashtirish markazi tomonidan bir ish kun mobaynida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari tomonidan ikki ish kuni mobaynida beriladi.
12. “O‘zinfokom” markazi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari foydalanuvchining tashabbusiga ko‘ra Yagona portaldan erkin foydalanishni bekitib qo‘yish yoki yopib qo‘yish huquqiga egadir.
13. Foydalanuvchi o‘zi to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotlar o‘zgarganda besh kun muddatda bu haqda “O‘zinfokom” markazi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari mas’ul shaxsiga xabar berishi shart.
14. Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan tranzaksion xizmatlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reyestri (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma reyestr deb ataladi) 2013—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
16. Yig‘ma reyestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Foydalanuvchilar shaxsiy kabinet orqali o‘z murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va davlat organlariga (keyingi o‘rinlarda Oluvchi deb ataladi) yuborishlari mumkin. Murojaat bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda murojaatlarda qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan bir nechta davlat organlariga yuborilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Foydalanuvchilarning shaxsiy kabineti orqali Oluvchiga yuboriladigan murojaatlari elektron raqamli imzo va ularni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlar bilan tasdiqlanishi kerak.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
18. Foydalanuvchi o‘z murojaatiga: murojaat shakli to‘ldirilganda ko‘rsatilgan pochta manziliga elektron shaklda – elektron pochta manziliga yoxud yozma ravishda javob olish turini tanlash imkoniyatiga ega.
Shaxsiy kabinetdan murojaat olingandan keyin uni ko‘rib chiqish ishlari yozma murojaatlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanuvchiga uning murojaatiga elektron tarzdagi javob rahbarning yoki Oluvchining boshqa mansabdor vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
19. Murojaat oluvchi majburiy tartibda foydalanuvchiga murojaat elektron shaklda qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natadi.
20. Quyidagilar foydalanuvchining shaxsiy kabinet orqali tushgan murojaatini ko‘rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash murojaatlar);
murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar.
Oluvchi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish rad etilganda bir ish kuni mobaynida murojaatni ko‘rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari ko‘rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
21.Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan murojaat unda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan davlat organlariga tushganda, besh kun muddatdan kechikmasdan tanlangan xabar berish turiga asosan bu to‘g‘rida foydalanuvchini xabardor qilgan holda tegishli organga yuboriladi.
22. Shaxsiy kabinet orqali berilgan murojaat majburiy qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda ushbu murojaat Oluvchining elektron pochtasiga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oluvchiga shaxsiy kabinet orqali kelib tushgan foydalanuvchining murojaati Oluvchi yoki murojaatlarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklangan mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
25. Yagona portalda “Ko‘pincha beriladigan savollar” bo‘limi tashkil etiladi. Ushbu bo‘limni shakllantirish va saqlash uchun javobgarlik Oluvchiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
takliflar — Oluvchiga kelib tushgan kundan boshlab bir oygacha muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlar talab qilinadigan takliflardan tashqari, bu to‘g‘rida taklif kiritgan Foydalanuvchiga o‘n kun muddatda xabar beriladi;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
arizalar yoki shikoyatlar — Oluvchiga kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun mobaynida masalani mohiyati bo‘yicha hal etilishi, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha hujjatlar so‘rab olish talab qilingan taqdirda esa — bir oygacha muddatda hal etilishi shart.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
27. Foydalanuvchining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqishda kamsitish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-martdagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 10-son, 113-modda)
29. Davlat organlari rahbarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning asossiz rad etilganligi va xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilganligi uchun javob beradilar.
30. Foydalanuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi, uydirma va haqoratlar bo‘lgan murojaatlar uzatganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda):
a) 2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 3, 16, 17-bandlaridagi va 19-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 13-bandidagi va 19-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” va “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” va “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 8-son, 50-modda):
a) 2-banddagi, 3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 19 va 20-bandlaridagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
g) 2-ilovaning 38 — 40, 40-1 — 40-6, 45-bandlaridagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 71-modda):
a) 2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovadagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 72, 83 va 84-bandlaridagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “tegishli bo‘linmasiga” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va uni rivojlantirish guruhiga qadar” so‘zlari qo‘shilsin.
axborot xizmati bir vaqtning o‘zida tashkilotning rasmiy veb-saytiga umumlashtirilgan axborotni, ushbu axborotga giperhavola esa — Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining Kontent bilan boshqarish tizimiga joylashtiradi;
Guruh tashkilotning veb-saytiga joylashtirilgan axborotga giperhavola Tizimga joylashtirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida uni Portalning tegishli bo‘limlariga joylashtiradi”;
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
g) 3-ilovaning 12-bandidagi hamda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tomonidan axborotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida Nizomga ilovadagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.