O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining rolini oshirish va ishtiroki ko‘lamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi boshqaruvi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) aloqa, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jamg‘arma notijorat tashkiloti hisoblanadi, o‘z balansiga, bank hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning mablag‘lari ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lashdan tushuvchi mablag‘larning 50 foizi;
2018-yil 1-yanvargacha abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan tushgan mablag‘larning 30 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablag‘larning 45 foizi, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, “Elektron Hukumat” tizimlarini va davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;
Internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo‘nalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;
davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar o‘tkazishni;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o‘qitish tizimini;
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi apparati faoliyatini xodimlarni qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazani mustahkamlash yuzasidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lug‘atlarni, standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lmagan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashishni;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni;
tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni;
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga to‘sqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-o‘lchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan ijtimoiy-ko‘ngilochar va ta’lim yo‘nalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;
qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;
O‘zbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;
operatorlar va provayderlar tomonidan ko‘rsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;
dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini rag‘batlantirishni;
litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan to‘lanadigan to‘lov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablag‘lar summasining 5 foizi miqdorida davlat boji O‘zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratilishi bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘arma mablag‘lari faqat tegishli litsenziyalar asosida o‘z faoliyatini respublika hududida amalga oshiruvchi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yuridik shaxslarga, shuningdek aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘quv, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, tartibga solish, boshqarish organlariga hamda ushbu soha tashkilotlariga ma’lumotlar bazasini saqlash va shakllantirishning idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish uchun berilishi mumkin.
Yuridik shaxslar yilning har choragida Jamg‘armadan olingan mablag‘lar ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
beg‘araz moliyaviy qo‘yilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli beg‘araz moliyalashtirish;
Jamg‘arma tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining maxsus komissiyasi tanlovidan va Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” da ekspertizadan o‘tgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamg‘arma tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidan ekspertizadan o‘tgan hamda Jamg‘armaning tasdiqlangan budjetiga muvofiq Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”da ochilgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini, radioeshittirish va televideniye vositalari va tarmoqlarini rivojlantirishning aniq loyihalariga ajratiladi hamda ushbu mablag‘larga foydalanilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladigan mablag‘lar uchun nazarda tutilgan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomning II bo‘limida belgilangan manbalardan tushuvchi mablag‘larni o‘zining bank hisob raqamlarida jamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mablag‘larni aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tashkilotlar sarmoyasiga investitsiya qilish yo‘li bilan ulardan foydalanish, ularga Jamg‘armaning Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, mablag‘ bilan ta’minlashni to‘xtatib qo‘yish yoki qonun buzilishi aniqlangan taqdirda ajratilgan mablag‘larni chaqirib olish;
vaqtincha bo‘sh mablag‘larni qisqa muddatli likvidli moliyaviy vositalar (depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar va hokazolar)ga joylashtirish.
10. Jamg‘arma mablag‘larini joylashtirishga doir barcha operatsiyalar Jamg‘arma Kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Jamg‘arma budjeti doirasida Jamg‘arma Kengashi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
11. Jamg‘arma Jamg‘armaning mablag‘larini aloqa vositalari va tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish, ma’lumotlarni uzatish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, radioeshittirish va televideniyening aniq loyihalariga ajratishda shartlarni belgilashga haqlidir.
12. Jamg‘arma savdo-vositachilik, lizing, trast, ipoteka operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qarz mablag‘larini jalb etish huquqiga ega emas.
13. Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni ta’minlash uchun Jamg‘arma Kengashining qarorlariga muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tugagan davr uchun Jamg‘arma faoliyati to‘g‘risida yoyma hisobot taqdim etishga;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa xizmatlarining barcha turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashishga;
har yilning 1-dekabridan kechikmay choraklar, tushum manbalari va xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha navbatdagi yilga prognoz budjetni tuzishga hamda uni Jamg‘arma Kengashi tasdiqlashi uchun kiritishga;
har bir kalendar chorakdan keyin yigirma kun mobaynida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tugagan chorak uchun moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” rahbarlarining o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma Kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jamg‘arma Kengashining raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamg‘arma Kengashi mablag‘lardan, shu jumladan foydadan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamg‘arma budjetini ko‘rib chiqadi va mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida Jamg‘arma direktorining hisobotini eshitadi, shuningdek zaruriyat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Jamg‘arma boshqaruv apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘ladi.
17. Jamg‘arma Kengashi majlislari bir chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zarurat bo‘lganda navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
18. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga va Jamg‘arma Kengashi qarorlari bajarilishiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan hamda lavozimga Jamg‘arma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan direktor boshchiligidagi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;
shtat ro‘yxatini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga Jamg‘arma apparati ta’minotiga xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kengashiga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
20. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kengashining shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 4-noyabrdagi 490-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 75-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 31-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 20-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-apreldagi PQ-1087-son qarori)” 2009-yil 11-iyundagi 159-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 44-modda) 1-ilova 3-bandining “a” kichik bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 2-ilovaning 9-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 11-bandi.