Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 13.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni baholash, qayta baholashning metodikasini (ro‘yxat raqami 286, 1996-yil 6-dekabr) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan 2012-yil 9-apreldagi 1-6-320/8-son taqdimnomaning talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jismoniy shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni baholash, qayta baholashning metodikasi (ro‘yxat raqami 286, 1996-yil 6-dekabr) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqda mazkur davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi