Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-tahlil bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari deb hisoblansin:
Keyingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va to‘langan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek ular bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash;
soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishini kameral nazorat qilish, shuningdek davlat soliq xizmati idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosini nazorat qilish uchun axborot ta’minoti;
soliq to‘lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar o‘rtasida, jumladan aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2013-yil 1-yanvargacha) — barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarining axborot bazasini markaziy ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtirish;
ikkinchi bosqich (2015-yil 1-yanvargacha) — soliq to‘lovchilar majburiyatlarining paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) bo‘yicha vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot va boshqa axborotlar to‘laqonli hisobga olinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
bir oy muddatda mazkur qaror bilan yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Axborot-tahlil bosh boshqarmasining yangi Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Axborot-tahlil bosh boshqarmasini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
5. 3-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661 -sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 25-fevraldagi PP-1290-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi.