Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi 147-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi “d¹” kichik band qo‘shilsin:
“d¹) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xo‘jalik sudlari sudyalari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olishga (ijarada turishga), uy-joy sotib olishga dastlabki badalni to‘lashga”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga (keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xo‘jalik sudlari sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi) hamda prokuratura organlari xodimlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tijorat banklari tomonidan sudyalarga, prokuratura organlari xodimlariga uzoq muddatli ipoteka krediti (keyingi o‘rinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda tijorat banklarining ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ipoteka kreditlari yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida tijorat banklari tomonidan beriladi.
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlarning ipoteka krediti uchun berilgan kredit liniyalari, shu jumladan imtiyozli kredit liniyalari, grantlari va investitsiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ipoteka krediti ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda sudyaning, prokuratura organlari xodimining mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani ipotekaga olish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas.
6. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma berilgan kunda respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2000 baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ipoteka kreditlari prokuratura organlari xodimlariga uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tijorat banki tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshishi mumkin emas.
10. Sudya, prokuratura organlari xodimi tijorat bankidan ipoteka krediti olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar tijorat bankida sudyaning, prokuratura organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamg‘arma hisob raqamida (keyingi o‘rinlarda sudyaning, prokuratura organlari xodimining hisob raqami deb ataladi) bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal (keyingi o‘rinlarda dastlabki badal deb ataladi) sudyaning hisob raqamiga Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobidan o‘tkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan dastlabki badalni o‘tkazish uchun sudya ish joyida tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalari) yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi (keyingi o‘rinlarda sud raisi deb ataladi) nomiga qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudya Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar yoki sudyaning va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
sudyaning oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning pasporti nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ariza va ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin sud raisi ularni o‘rganish (tekshirish) natijalariga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda Jamg‘armaga (arizani va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda) iltimosnoma bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sud raisining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi o‘rganish va tekshirish natijalariga ko‘ra Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi to‘g‘risida xulosa kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi sud raisining iltimosnomasini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining xulosasini ko‘rib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan xulosa berish va Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud raisi tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi bu to‘g‘rida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya bilan qarz shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qarz garov ta’minoti yoki kafillik hujjati taqdim etilgan holda foizsiz va qaytarish asosida beriladi. Qarzni qaytarish muddati ipoteka kreditini qaytarish muddatidan kam bo‘lishi mumkin emas.
17. Jamg‘arma qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda mablag‘larni sudyaning hisob raqamiga o‘tkazadi.
Kredit shartnomasiga muvofiq to‘langan dastlabki badal yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan ortiq bo‘lgan taqdirda sudya ortiqcha summani kredit shartnomasi imzolangan kundan boshlab ikki kun mobaynida Jamg‘armaga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz berish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi bu to‘g‘rida zudlik bilan sud raisini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablag‘ berishni rad etish sabablari ko‘rsatilishi kerak.
Sud raisi Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasidan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uyda kvartira sotib olish uchun sudya, prokuratura organlari xodimi tijorat bankiga ipoteka krediti olish uchun so‘ralayotgan kredit summasini ko‘rsatgan holda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, prokuratura organlari xodimining va ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar yoki sudyaning, prokuratura organlari xodimining va ularning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
bankning pul mablag‘lari sudyaning, prokuratura organlari xodimining hisob raqamiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
sudyaning, prokuratura organlari xodimining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi tegishli qarorning, prokuratura organlari xodimini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Sudya, prokuratura organlari xodimi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan keyin tijorat banki ularni ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan tanishtiradi. Sudya, prokuratura organlari xodimi ipoteka krediti olishda quyidagi xarajatlarni amalga oshirishlari kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
22. Ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin tijorat banki xodimi tomonidan ular bir hafta muddatda o‘rganiladi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi tekshiriladi.
23. Garovga qo‘yilgan mulkni baholash sudya, prokuratura organlari xodimi (ipotekaga qo‘yuvchi) va tijorat banki (ipotekaga oluvchi) o‘rtasidagi bitimga ko‘ra bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirish natijalariga ko‘ra tijorat bankining ipoteka krediti olish yuzasidan arizaning ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimi tomonidan tijorat bankining kredit komissiyasiga (kredit qo‘mitasiga) kredit berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan xulosa kiritiladi.
25. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) ipoteka krediti olish yuzasidan arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va ushbu ariza bo‘yicha bankning mas’ul xodimi xulosasini ko‘rib chiqib arizani qanoatlantirish yoki ipoteka krediti olish yuzasidan arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan arizani ko‘rib chiqish muddati ariza va ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
26. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin:
tijorat banki kredit shartnomasi tuzish uchun bu haqda sudyani, prokuratura organlari xodimini uch kun muddatda yozma ravishda xabardor qiladi. Shuningdek sotuvchining nomiga yo‘qlab olinadigan depozit hisob raqami ochish uchun ular tomonidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotuvchining (keyingi o‘rinlarda sotuvchi deb ataladi) bankka kelishini ta’minlashning zarurligi ham yozma shaklda ko‘rsatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
ipotekaga qo‘yuvchi bank foydasiga o‘z hisobidan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishi, agar mulkning to‘liq qiymati ipoteka bilan ta’minlangan olingan kredit summasi va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar miqdoridan ortiq bo‘lsa, u holda bank oldidagi ushbu majburiyati summasidan past bo‘lmagan summaga sug‘urta qilishi shart;
tijorat banki sudya, prokuratura organlari xodimi bilan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ipoteka to‘g‘risida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tijorat banki qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda sudyaga prokuratura organlari xodimiga xulosani yozma ravishda, ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini ko‘rsatgan holda jo‘natadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun tijorat banki tomonidan ipoteka krediti berish sudya, prokuratura organlari xodimi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani oldi-sotdi shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, prokuratura organlari xodimining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablag‘larini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Sudya, prokuratura organlari xodimi tomonidan ipoteka kreditini qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish;
sudyaning, prokuratura organlari xodimining tijorat banklaridagi omonatlar bo‘yicha hisob raqamidan naqd pulsiz mablag‘ o‘tkazish.
Sudya, prokuratura organlari xodimi asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati boshlangungacha, kreditni muddatidan oldin qaytarganligi uchun vositachilik to‘lovi to‘lamasdan qaytarish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tijorat banklari sudyalar, prokuratura organlari xodimlari tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Monitoring joyiga borgan holda amalga oshirilishi mumkin. Tijorat banki tomonidan monitoringni amalga oshirish tartibi kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
31. Asosiy qarz va uning bo‘yicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda tijorat banki xodimi sudya bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan ipoteka kreditining qaytarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Sudya, prokuratura organlari xodimi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanmaganda yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tijorat banki undiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garovga qo‘yilgan mulkka qaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son qaroriga muvofiq sudyalarga, prokuratura organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga) keyingi o‘rinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi) uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xo‘jalik sudlari sudyalariga (keyingi o‘rinlarda sudyalar deb ataladi) hamda prokuratura organlari xodimlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi o‘rinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) uy-joylar bilan ta’minlanmagan sudyalarga, prokuratura organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-iyundagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 497-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — eng kam oylik ish haqining uch baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari va tumanlar markazlarida — eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (sudyaning, prokuratura organlari xodimining o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyaning, prokuratura organlari xodimini tayinlash (saylash) joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sudyaga, prokuratura organlari xodimiga pul kompensatsiyasi to‘lash uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab tayinlangan (saylangan) joyiga kelgandan keyin, notarius tomonidan tasdiqlangan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Sudyaga, prokuratura organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari to‘xtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi to‘lash to‘xtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari buxgalteriyasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining tegishli hududiy boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan (saylangan) joyida uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga, prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudya, prokuratura organlari xodimi pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini, kommunal xizmatlar qiymatisiz, ko‘rsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
sudyani tayinlash (saylash) to‘g‘risidagi qarorning nusxasi, prokuratura organlari xodimini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hujjatlarining nusxasi;
Tegishli organ taqdim etilgan hujjatlar asosida uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) uchun kompensatsiya miqdorini ko‘rsatgan holda pul kompensatsiyasi tayinlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Tegishli organlar shaxslar ijaraga olingan uy-joyda yashashlarini va ularning yashash joylari o‘zgarishini doimiy nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudyaga bola ikki yoshga to‘lgungacha uni parvarish qilish uchun ta’til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta’tilning butun davriga, biroq sudya ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan, sudya etib tayinlangan (saylangan) muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Prokuratura organlari xodimiga bola ikki yoshga to‘lgungacha uni parvarish qilish uchun ta’til berilgan taqdirda, pul kompensatsiyasi ta’tilning butun davriga, biroq prokuratura organlari xodimi ushbu uy-joyda yashashi sharti bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Pul kompensatsiyasi sud, prokuratura organi joylashgan joy bo‘yicha tegishli organning buxgalteriyasi tomonidan, ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq chiqarilgan buyruq asosida, ish haqi to‘lash bilan birgalikda o‘tgan oy uchun to‘lov vedomosti bo‘yicha to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul kompensatsiyasini olish uchun hujjatlar tegishli organlarda qonun hujjatlarida belgilangan muddat tamom bo‘lgungacha saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda, sudyaning, prokuratura organlari xodimining oila tarkibi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu o‘zgarishlar boshlangan kundan boshlab to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sudya, prokuratura organlari xodimi tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yo‘li bilan to‘liq miqdorda undan undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga pul kompensatsiyasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Ushbu Nizomga muvofiq prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul kompensatsiyasi to‘lashga pul mablag‘lari sarfi to‘g‘risidagi hisobot ushbu Nizomga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yilning har choragida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Pul kompensatsiyasi to‘lashning to‘g‘riligini nazorat qilish tegishli organlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 21-modda)