Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.12.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
4. Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyatining joylardagi vakillik, ijroiya va boshqaruv organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
5. Sudlar, prokuratura organlari va davlatning boshqa organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilasin. Konstitutsiyada nazarda tutilgan barcha qonunlar kelgusi ikki yildan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Oliy Kengash Rayosati 1993-yil mobaynida Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risidagi Qonun loyihasini tayyorlasin va uni umumxalq muhokamasiga kiritsin.
7. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksining 77-moddasi “1-sentabr — Mustaqillik kuni” degan so‘zlardan keyin “8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi