1. Yuridik shaxsning nomi | |||||||||
To‘liq: | |||||||||
Qisqacha | |||||||||
2. Pochta manzili (tuman, shahar, manzil) | |||||||||
Aloqa telefonlari: | |||||||||
Elektron manzili (tashkilot yoki muassisning): | |||||||||
3. Yangidan tashkil etilgan | qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilgan | ||||||||
faoliyati tiklangan (tugatish tartiboti to‘xtatilgan) | |||||||||
ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar | |||||||||
pochta manzilini o‘zgartirish | |||||||||
belgilangan muddatda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilm�gan yoki ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, ixtiyoriy tugatish jarayoni (keragining ostiga chizilsin) | |||||||||
4. Tashkiliy-huquqiy shakli kodi: _____________________________________ | |||||||||
Mulkchilik shakli kodi: ____________________________________________ | |||||||||
MHOBT kodi: ____________________________________________________ | |||||||||
KTUT kodi:______________________________________________________ | |||||||||
Faoliyatining asosiy turi: _________________________________________ | |||||||||
STIR: __________________________________________________________ | |||||||||
5. Muassislar haqidagi ma’lumotlar: | |||||||||
Muassislar | Muassislarning ustav jamg‘armasidagi ulushi | ||||||||
ming so‘m | ming AQSh dollari | % | |||||||
Mamlakat | Nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.) | ||||||||
Jami ustav jamg‘armasi | |||||||||
6. Xodimlarning mo‘ljallanayotgan soni*: _________________________ kishi | |||||||||
*yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun | |||||||||
7. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi: _________________________________ | |||||||||
8. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan | ______________ | ______________ | |||||||
(raqami) | (sanasi) | ||||||||
9. Tugatilgan (faoliyati to‘xtatilgan**) | __________ | __________ | |||||||
** qo‘shish yoki birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun | (raqami) | (sanasi) | |||||||
Yuborilgan sanasi va vaqti | Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ mas’ul xodimining F.I.O. | ||||||||
MO‘ (elektron hujjatlar uchun EMM) |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.09.2012 yildagi 274-son
Кучга кириш санаси
25.09.2012
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2022
|
Hujjat 25.09.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-son Qonuniga muvofiq, shuningdek davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimi ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Davlat statistikasi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi o‘rinlarda KTYADR deb ataladi) axborot fondini tashkil etish maqsadini, yuritish tartibini va uning mazmunini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. KTYADR axborot-ma’lumotnoma tusidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi.
KTYADR davlat statistikasining yagona axborot tizimi tarkibidagi davlat axborot resursi hisoblanadi.
yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaxslarning yagona davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashtirishni ta’minlash;
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va davlat boshqa organlaridan olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va saqlash, shuningdek ularni davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish;
firma nomlari, shuningdek statistika registrlari ma’lumotlarining markazlashtirilgan bazasini hamda statistika kuzatuvlari obyektlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari bilan axborotlar borasida o‘zaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini ta’minlash.
KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, yangilash, saqlash va tarqatishning xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan metodologiyasining yagonaligi;
statistika klassifikatorlaridan foydalangan holda KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qo‘llash;
5. KTYADRning axborot fondi O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, kodi (KTUT), soliq to‘lovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR);
yuridik shaxsning klassifikatsiya ko‘rsatkichlari — asosiy faoliyat turining xarakteri, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli va mulkiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
ma’lumotnoma tusidagi ko‘rsatkichlar — pochta manzili, telefonlarining raqami, muassislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (tugatilganligi) to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
6. Yuridik shaxsning kodi (KTUT — korxona, tashkilotning asosiy kodi) — KTYADRga kiritishda yuridik shaxsga beriladigan va statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan individual raqam hisoblanadi.
KTUT sakkizta raqamli belgilardan iborat bo‘ladi, dastlabki yettita raqam generatsiyalaydigan dasturiy metod bilan tasodifiy raqamni tashkil qiladi, sakkizinchi raqam kod himoyachisi hisoblanadi (bir razryadli nazorat soni).
KTUT bir marta beriladi, yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi va boshqa yuridik shaxsga berish uchun undan takroran foydalanilmaydi.
7. Klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika klassifikatorlari qo‘llanadi.
Statistika organlari o‘rtasida axborotlar ayirboshlashni unifikatsiyalash maqsadida soliq va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan KTYADRda soliq to‘lovchining identifikatsiyalashtirish raqami (STIR)dan foydalaniladi.
8. KTYADRni yuritish quyidagi holatlarda ma’lumotlarning elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni o‘z ichiga oladi:
b) yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;
g) yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan (birlashtirilgan, qo‘shib yuborilgan) yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritishda;
d) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armasining shakllantirilmaganligi, shuningdek uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning o‘rtacha yillik soni o‘zgarganda — yillik davlat statistika hisoboti asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda ma’lumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi.
10. KTYADR axborot fondini yuritish va yangilash uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar yuridik shaxslar to‘g‘risidagi registrlarni va ma’lumotlar axborot bazalarini tashkil qiladigan va yuritadigan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari, davlat mulkini boshqarish organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
11. KTYADR ma’lumotlar yagona bazasiga yozuvlarni kiritish tartibi va ularning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
12. KTYADRni yuritish davlat statistikasi tizimida qo‘llanadigan dasturiy-texnologik vositalardan foydalangan holda elektron tarzda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
KTYADR ma’lumotlari yo‘qolishining oldini olish maqsadida har oyda elektron manbalarda oyning 1-kunidagi holatiga ko‘ra uning rezerv nusxasi shakllantiriladi, u uning yo‘qolishini bartaraf etadigan joylarda asl nusxasi bilan birgalikda saqlanadi.
13. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy organlari tomonidan yuritiladi.
KTYADR ma’lumotlari elektron bazasini ishlatish va boshqarish hamda undan uni yuritishda qatnashuvchi organlar tomonidan belgilangan tartibda foydalanish;
yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish va ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlari quyidagilarni ta’minlaydi:
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan tushadigan KTYADR ma’lumotlarini ishlash hamda axborotlarning yo‘qolishi, buzilishi va soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
KTYADRdagi klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlarini davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish jarayonida olingan dastlabki statistika ma’lumotlari asosida o‘z vaqtida o‘zgartirish;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli hududdagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari va davlat mulkini boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
KTYADRdan foydalanuvchilarga ushbu Nizomning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda axborot-ma’lumotnoma xizmati ko‘rsatish.
16. Yuridik shaxslarni – tadbirkorlik subyektlarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizomning 8-bandi “a — e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron yoki qog‘oz shaklida ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. KTYADRdagi identifikatsiyalashtirish, klassifikatsiyalashtirish ko‘rsatkichlari, shuningdek yuridik shaxslarning pochta manzillari barchaning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, KTYADRdagi boshqa ko‘rsatkichlar maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. KTYADRdagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar KTYADRning foydalanuvchilari bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
KTYADRdagi ma’lumotlar — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga;
KTYADRdagi ma’lumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. KTYADRdan olingan ma’lumotlarni foydalanuvchilar tomonidan axborotning manbaini ko‘rsatmasdan tarqatishga va (yoki) KTYADRdagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga tijorat maqsadlarida berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatishda, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, KTYADR ma’lumotlari bazasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Mulkchilik va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to‘g‘risida” 1994-yil 17-noyabrdagi 555-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 51-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 53-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2001-yil 27-iyundagi 276-son qaroriga ilovaning 5-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 34-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori)” 2007-yil 6-iyundagi 109-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 33-modda).