31.07.2012 yildagi 232-son
Hujjat 16.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 21-martdagi PQ–1730-son qaroriga muvofiq, shuningdek davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni davom ettirish hamda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 252-modda)
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qo‘shilsin:
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirish yuzasidan elektron auksion savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 8-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “bosh buxgalterining” so‘zlari “buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxsning (mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosining namunasi talab qilinmaydi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.