O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron ta’lim” milliy tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarorining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuqori texnologik darajada o‘quv jarayonini tashkil etish uchun elektron o‘quv-metodik va axborot-kutubxona resurslari, axborot tizimlari shakllantirilishini ta’minlovchi yagona organni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens-aloqa va masofadan o‘qitish metodlaridan foydalangan holda o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;
oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Elektron ta’lim” milliy tizimi axborot-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash;
oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan va “Elektron ta’lim” milliy tizimiga kiritiladigan elektron metodik komplekslar va boshqa ta’lim resurslariga yagona talablarni ishlab chiqish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari pedagoglari uchun o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta’lim jarayonida kompyuter uskunalaridan foydalanishning samaradorligini tahlil qilish va monitoring olib borish, oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kompyuter va kommunikatsiya vositalarini yangilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
bir oy muddatda Markazning ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek Markazning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilidagi Toshkent davlat texnika universiteti binosiga ijara to‘lovisiz joylashtirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari razryadlarini ishlab chiqsin va ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini tasdiqlasin;
Markazni zarur ixtisosli malakali kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuvi va Markazning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili Markazni jihozlash va saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bitta yengil xizmat avtotransportini saqlashga limit ajratsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.