O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillar uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada zamonaviylashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun har yillik shartnoma kampaniyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2012-yildan boshlab, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasining joriy yilning 1-oktabriga qadar o‘tkazilishini ta’minlasinlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari to‘g‘risidagi to‘liq axborotni joriy yilning 15-oktabridan kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasining asosiy turlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlarini, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa muhim prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda o‘tkazilgan shartnoma kampaniyasi yakunlari bo‘yicha kelgusi kalendar yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish prognozini e’tiborga olsin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari bilan har yili joriy yil uchun — 1-apreldan kechikmasdan, kelgusi kalendar yil uchun 1-dekabrdan kechikmasdan shartnoma kampaniyasi ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va ularni sotish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2012-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari, ularning rasmiy distribyutorlari va dilerlik tashkilotlari, boshqa jalb qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish uchun namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqsin va kelishsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “2010-yil uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotishning asosiy parametrlari to‘g‘risida” 2010-yil 7-iyuldagi 138-son qarorining 4-bandi va qarorga 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.