Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.05.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y. , 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va 2012-yil 24-fevraldagi 49-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y. , 11-son, 115-modda) muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y. , 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va 2012-yil 24-fevraldagi 49-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y. , 11-son, 115-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini echib olish tartibini belgilaydi.
ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasi — mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan qayta jihozlanishlar bilan transport vositasini qayd etish guvohnomasida aks ettirilmasdan qayta jihozlangan transport vositasi;
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnomalar (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi), ularni aniq tuzish vaqti ko‘rsatilgan holda (sanasi va soati), DYHXX organi xodimi hamda transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan imzolanadi, bir nusxasi transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) aniqlangan texnik nosozlikni va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlarni bartaraf etish yoki o‘rnatilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun beriladi xamda transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari echib olinadi. Ikkinchi nusxasi transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari bilan DYHXX organi xodimida qoldiriladi.
8. Texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga), mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari bundan mustasno, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish joyigacha dalolatnomaning tuzilgan vaqtidan boshlab 24 soat mobaynida dalolatnomaga asosan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga ruxsat etiladi.
10. Mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari qattiq shatakda yoki evakuator yordamida texnika xizmati ko‘rsatish stansiyasiga (ustaxonaga) yoxud yuridik shaxslarning transport vositalarini saqlash joylariga (bundan buyon matnda saqlash joylari deb yuritiladi) texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun olib boriladi. Bunda, rul boshqaruvi yoki orqa gabarit chiroqlari yonmaydigan transport vositalari ularni bartaraf etish joylariga faqatgina evakuator yordamida olib boriladi.
Tuzilgan sana: 20__ yil “___” ____________ vaqti _______:_______________________

(soati, daqiqasi)

(hudud)

Ushbu dalolatnoma______________________________________________________________
________________________________________________________ tomonidan tuzildi.

(DYHXX organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni, F. I. O. )

1. Transport vositasining markasi,

6. Shassi (rama) raqami __________________

modeli __________________________ _________________________________
2. Turi _______________________

7. Dvigatel raqami _____________________

_________________________________
3. Rangi ______________________8. Kuzovning raqami_____________________
4. Ishlab chiqarilgan yili__________

9. Transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi va raqami

____________________
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami 10a*. Gaz yonilg‘isi turi__________________
belgisi ________________________________________________________
_________________________

(suyultirilgan gaz, siqilgan gaz)

10b*. Gaz balloni ishlab chiqarilgan yil
__________
10v*. Gaz balloni raqami_________________
10g*. Gaz ballonidan foydalanish
muddati _______
10d*. Gaz balloni sinovdan o‘tkazilgan
sana _____________________
10e*. Gaz ballonini navbatdagi sinovdan o‘tkazish sanasi_______________________________
11. Transport vositasining tegishliligi____________________________________________
_____________________________________________________________________________

( yuridik shaxsning to‘liq nomi , jismoniy shaxsning F.I.O. )

12. Turgan joyi (yashash joyi)_____________________________________________________
13**. Quyidagilar aniqlandi:_____________________________________________________
_____________________________________________________________________________
14. Xulosa ____________________________________________________________________

(aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha)

15. Echib olingan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari qaytarib olinadigan DYHXX organi _______________________________________________________________________

(DYHXX organining nomi, manzili)

DYHXX organi xodimi __________________________________________________________

(imzo, F.I.O. )

Dalolatnoma nusxasini oldim ___________________________________________________

(imzo, F.I.O. , sana, vaqt)

* 10-band, agar transport vositasi gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan bo‘lsa to‘ldiriladi.
** 13-bandda Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini echib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan qayta jihozlanishlar yoki belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi ko‘rsatiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi