Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026 30.04.2012 yildagi 124-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2026
Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOSH OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, respublikada oila institutini rivojlantirishga, shu jumladan yosh oilalarni qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy choralar bilan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, birinchi navbatda yosh oilalarning o‘z turar joyiga ega bo‘lishida amaliy yordam ko‘rsatish uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tizimi joriy etildi, shuningdek yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti oluvchi yosh oilalar a’zolarining daromadlariga soliq imtiyozlari berildi. Keyingi uch yilda ipoteka kreditlari berish hisobiga yosh oilalar uchun umumiy summasi 355,4 mlrd so‘mlik 9 360 ta kvartira qurildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda Davlat budjeti va Osiyo taraqqiyot bankining mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda uy-joy ipoteka qurilishi dasturlari doirasida aholining, birinchi navbatda yosh oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda shaharlar, tumanlar va shahar posyolkalarida yashovchi yosh oilalar uchun uy-joy qurilishi dasturini kengaytirish, uy-joy qurish va maishiy turmushni tashkil etishda yosh oilalar uchun shart-sharoitlar yaratish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh oilalar hayotining qulay maishiy sharoitlari yaratilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qimmat bo‘lmagan uy-joyga ega bo‘lishni yanada kengaytirish, shuningdek “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-2013-yillarda shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ko‘p kvartirali uylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish esa — aniq obyektlarga biriktirilgan va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilishni moliyalashtirish, mavjud foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish, keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan uylardagi kvartiralarni ehtiyojmand yosh oilalarga ipoteka krediti berish shartlarida sotgan holda, tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga muvofiq ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan 2-ilovaga* muvofiq namunaviy tarkibdagi ipoteka krediti berish shartlarida uy-joy sotib olishga ehtiyojmand yosh oilalarni tanlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda muhandislik infratuzilmasi, shu jumladan gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiya, ichki kirish yo‘llari mavjudligini hisobga olgan holda yangi ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda qurilishi tugallanmagan obyektlarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan foydalanilmayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning ko‘p kvartirali uylar etib rekonstruksiya qilinishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatiga pul qiymati bilan berilishini ta’minlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Mahalla” jamg‘armasi bilan kelishgan holda “Mehribonlik” uylarining 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta nikohga kirayotgan barcha bitiruvchilariga yosh oila tashkil etilishi munosabati bilan to‘y sovg‘asini — mahalliy budjetlar va xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan, mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli to‘plamini doimiy asosda bersinlar.
(3-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 94-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgandan keyin 15 yil muddatga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli davr mobaynida boshlang‘ich badalning 25 foizini, ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, shuningdek oila a’zolaridan biri “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega bo‘lmagan yosh oilalar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yotoqxona mebeli to‘plamini sotib olish, belgilangan tartibda, maqsadli transfertlar ajratish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni, shu jumladan mebellar, maishiy texnika va uzoq muddat foydalaniladigan boshqa hayotiy muhim tovarlarni sotib olish uchun kreditlar berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha, 3 yilgacha bo‘lgan muddatga eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — uy-joylar qurish sohasida loyihalashtirish tajribasiga ega bo‘lgan, tanlab olingan loyihalash institutlari bilan birgalikda 2 va 3 xonali kvartiralardan iborat bo‘ladigan ko‘p kvartirali ekonom-klass uy-joylarning namunaviy loyihalari, shuningdek qurilishi tugallanmagan va foydalanilmayotgan uy-joy obyektlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kam chiqimli loyihalar ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda — ushbu qarorda nazarda tutilgan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik hamda sanitariya norma va qoidalariga, tasdiqlangan bosh rejalarga va hududlarning arxitektura-rejalashtirilishini tashkil etish loyihalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarida ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda tanlov savdolari o‘tkazilishini hamda qurilishi yangidan boshlanayotgan uy-joylar va qurilishi tugallanmagan obyektlarni 2012-2013-yillarda rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudratchilar aniqlanishini qurilishlarning titul ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlagan holda ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari o‘tkazilgandan keyin o‘n kun muddatda qurilishlarning manzilli uzil-kesil ro‘yxatlarini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Kvars” ochiq aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq yosh oilalarga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga birja kotirovkalarining o‘rtacha hisoblangan narxlari bo‘yicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga binoan zarur miqdorda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qaroriga muvofiq tuzilgan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga uy-joy qurilishi obyektlarining o‘z vaqtida topshirilishini hamda kelgusida ularning ipoteka krediti berish shartlarida yosh oilalarga taqdim etilishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari takliflariga ko‘ra Dasturga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholi, ayniqsa yosh oilalar o‘rtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalari muntazam ravishda va keng tushuntirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 202-modda; 2017-y., 7-son, 94-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)