1-ILOVA
NAMUNA | ||||
(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)
__________________ (ishlab chiquvchi 20__ yil “____” ____________ | ||||
“________________________________________”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish | ||||
T/r | Chora-tadbirlar | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar | |
1. | Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhiga kiritish uchun nomzodlar taqdim etish to‘g‘risida xat yuborish (zarurat bo‘lganda). | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbariyati | |
2. | Ishchi guruhini tuzish bo‘yicha ishlab chiquvchi birinchi rahbarining buyrug‘ini qabul qilish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi). | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbari | |
3. | Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga ishchi guruhining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xat yuborish (zarurat bo‘lganda). Ishchi guruhining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish (ishni tashkillashtirish va rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va boshq.) | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbariyati | |
4. | Qonun hujjatlarining holatini, qonun loyihasini tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanilish amaliyotini o‘rganish. Ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta’sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlash. Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
5. | Tayyorlangan ma’lumotlar asosida qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqish va uni ishlab chiquvchining rahbari tomonidan ma’qullash (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 15 — 17-bandlari). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
6. | a) qonun loyihasi; b) qonun loyihasiga boshqa zarur ma’lumotlar: tushuntirish xati; xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatgan holda qiyosiy jadval; taqqoslash jadvali — qonun hujjatlariga yoki ularning qismlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning qismlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish nazarda tutilgan qonun loyihasi uchun; moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220–III/KQ-41–III-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyoti, mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 8-bandi). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
7. | Qonun loyihasini iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa turdagi ekspertizalardan o‘tkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi). Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. Ishlab chiquvchining yuridik xizmati | |
8. | Qonun loyihasini va u bo‘yicha ma’lumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga dastlabki kelishish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
9. | Qonun loyihasini jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasidan (seminarlar, davra suhbatlari) o‘tkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
10. | Qonun loyihasi va u bo‘yicha ma’lumotlarni: ishlab chiquvchining rasmiy veb-saytiga joylashtirish. Bunda qonun loyihasining matni va u bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, teskari aloqa mexanizmlarni o‘rnatish; agar ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirish. | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
11. | Qonun loyihasini yakuniy kelishish (viza qo‘yish) uchun yuborishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti mas’ul xodimi ishtirokida moddama-modda ko‘rib chiqish va muhokama qilish (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev tomonidan 2015-yil 14-dekabrda tasdiqlangan (2015-yil 17-dekabr, chiqish raqami EDO-01-12-19-20-son) Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining qonun ijodkorligi va qonunlar ijrosini tashkil etishdagi faoliyati bo‘yicha kengaytirilgan selektor yig‘ilishining 114-son bayoni). | 20__ yil ___ _______ | Ishchi guruhi, manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari | |
12. | Qonun loyihasini va u bo‘yicha ma’lumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga kelishish (viza qo‘yish) uchun yuborish (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 88–102-bandlari. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi). | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbariyati | |
13. | Zarurat bo‘lganda, qonun lo�ihasini takomillashtirish, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning qonun loyihasi yuzasidan e’tirozlari bo‘yicha kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlash (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 99 va 100-bandlari). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
14. | Qonun loyihasi va u bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi). | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbariyati | |
15. | Zarurat bo‘lganda, qonun loyihasini takomillashtirish, qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining e’tirozlari yuzasidan kelishmovchiliklar jadvalini �ayyorlash (qayta ishlash) (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning 99 va 100-bandlari). | 20__ yil ___ _______ | F.I.O. | |
16. | Qonun loyihasi va u bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish (“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining III-bo‘limi). | 20__ yil ___ _______ | Ishlab chiquvchining rahbari |
2-ILOVA
NAMUNA | ||
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga | ||
Amaldagi tahrir | Taklif etilayotgan tahrir | Asoslantirish |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori | ||
3. Bosh vazir kotibiyati, axborot tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni ta’minlash, ular ishining samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga Apparat Rahbari lavozimi kiritilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasi apparati Rahbari maqomiga ko‘ra Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Belgilansinki, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha — tegishli ravishda Bosh vazirga va uning o‘rinbosarlariga;tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadilar. Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari zimmasiga: Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirib borish; Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatiga va Bosh vazirga taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi komplekslarida va apparatning tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash; Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan birgalikda tegishli apparatning tarkibiy bo‘linmalariga bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlash; apparat mutaxassislari va xodimlarining ish va kasb malakasi darajasini oshirish, ularni muntazam ravishda attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yuklansin. | O‘z kuchini yo‘qotmoqda | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari lavozimi tugatilib, o‘rniga Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi lavozimi kiritilgan. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 2-bandi bilan Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi vakolatlari belgilangan. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizom | ||
4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: a) tuzilgan vaqti va joyi; b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno; g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa; d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni; e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; j) huquqbuzarning tushuntirish xati; z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar);
| 4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: a) tuzilgan vaqti va joyi; b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno; g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa; d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni; e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; j) huquqbuzarning tushuntirish xati; z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda olib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog‘ozlarning emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi; i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa. Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol to‘g‘ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi uchun javobgar bo‘ladi. | Qo‘shimchalar qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda va keyinchalik ularning miqdori, turlari va emitent haqidagi ma’lumotlari bo‘yicha nizolashish imkoniyati bo‘lmaganda protokolni to‘g‘ri tuzish maqsadida kiritilmoqda. Qo‘shimchalar mulkni olib qo‘yishni amalga oshiruvchi vakolatli idoralar mansabdor shaxslarining mulkni olib qo‘yish protokolini keyinchalik ularni amalga oshirish uchun to‘g‘ri va to‘liq tuzishining javobgarligini oshirish maqsadida kiritilmoqda. Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, mulkni olib qo‘yish protokollarida barcha kerakli ma’lumotlar, shu jumladan olib qo‘yilgan mulkning sifatiga doir tavsiflar ko‘rsatilmayapti, bu esa o‘z navbatida mulkning almashinuvi yoki boshqacha tarzda o‘zgarishiga va shikastlanishi uchun sharoit yaratishga sabab bo‘lmoqda. |
6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
| 6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini eks�ertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan olib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu mahsulotni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi. | “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga binoan majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot agarda u sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa sotish taqiqlanadi. Agarda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot xavfsizlik talablariga mos kelmasa u sotilishi mumkin emas va yo‘q qilinishi lozim. Shuning uchun mulkning birxillashtirish talablariga mos kelishi predmetiga qaratilgan tekshiruv mulkning davlat hisobiga o‘tkazilishi yoki yo‘q qilinishi haqidagi savollarni hal qilishdan oldin o‘tkazilishi lozim. Bunda olib qo‘yilgan mahsulot sertifikatlashtirilishi olib boriladigan muddat qonunchilikda belgilanadi. |
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma bo‘yicha bepul beriladi. | 24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga beriladi. | O‘zgartirishlar ko‘rsatib o‘tilgan predmetlarni keyinchalik diniy tashkilotlarga berishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yo‘naltirish maqsadida kiritilmoqda. |
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan to‘lanadi. | 60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
| Qopla� proporsional olib borilishi to‘g‘risidagi norma 59-bandda nazarda tutilgan. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risida nizom | ||
7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 300 nafardan.
| 7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar o‘quvchidan iborat Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 330 nafardan. | Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti aniq bir son etib shakllantirilishini aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha kiritilmoqda. |
|
|
|
3-ILOVA
NAMUNA | ||||
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha | ||||
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari | Amaldagi tahrir | Taklif etilayotgan tahrir | Asoslantirish | |
Germaniya Federativ Respublikasining Federal vazirliklarning Reglamenti
.... |
|
|
Shu bois, loyihalarning Federal Hukumatga yuborilishidan oldin Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborishga oid Germaniya qonunchiligi tajriba�ini mazkur Qonunning 22-moddasiga kiritish maqbul hisoblanadi. | |
“Xitoy Xalq Respublikasining qonunchiligi to‘g‘risida”gi Xitoy Xalq Respublikasining Qonuni
|
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli tarmoqlar mutaxassislari ishtirokida o‘tkaziladi. ….. |
Shu bois, qonun loyihasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazishni ochib berish to‘g‘risidagi Xitoy Xalq Respublikasining mazkur tajribasini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bunda muhokama shaklini uning turi ko‘p bo‘lganligi sababli qonun loyihasida ko‘rsatmaslik maqsadga muvofiq. | |
* O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ularni (ularning qismlarini) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda. | ||||
|
|
|
4-ILOVA
NAMUNA | |||
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha | |||
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari | Taklif etilayotgan tahrir | Asoslantirish | |
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Koreya Respublikasining Qonuni
|
....... elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bog‘liq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi; ...... | Davlat organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni muntazam hisoblanadi va ularni sifati va umuman samaradorligini takomillashtirish maqsadida doimiy monitoringni olib borishni talab qiladi. Davlat organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyasini doimiy ravishda hisobga olishi, chuqur tahlil o‘tkazishi, shuningdek o‘z faoliyati sohasidagi elektron hukumatni takomillashtirishi zarur. Davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasidagi elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha idoraviy rejalarni qabul qilish shunday chora-tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Koreya tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq. | |
“Davlat xizmatlari va munitsipal xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Rossiya Federatsiyasining Qonuni
...... 5) agar federal qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, taqdim etilgan davlat yoki munitsipal xizmatning natijasini ariza beruvchi tomonidan olish. ..... |
Interaktiv davlat xizmatlari: ..... shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni nazarda tutuvchi xizmatlardan ariza beruvchilarning xavfsiz foydalanishini ta’minlashi; ..... so‘rov yuborish va elektron davlat xizmatining natijasini olish imkoniyatini ta’minlashi; ..... | O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi. Axborot xavfsizligini ta’minlash elektron hukumatning prinsiplaridan biri hisoblanadi. Mazkur masalani axborot xavfsizligini ta’minlash prinsipi orqali ko‘rib chiqishda, interaktiv davlat xizmatlari ariza beruvchilarni xizmatlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlashlarini ta’kidlash joiz. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga egalar. Murojaatga javob davlat organining rahbari yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra axborotdan foydalanuvchi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va ta�qatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborotni olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasining tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq. | |
* Butun (yangi) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda. | |||
|
|
|
5-ILOVA
NAMUNA | ||
Vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga berilgan taklif va e’tirozlari bo‘yicha | ||
Taklif etilayotgan tahrir | Manfaatdor organlarning taklif va e’tirozlari | Ko‘rib chiqish natijalari |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom | ||
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi | ||
33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari ko‘rsatilishi mumkin. | “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning | Qabul qilindi. 33-band quyidagi tahrirda bayon etildi: |
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi | ||
33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari ko‘rsatilishi mumkin. | Namunaviy nizomning 33-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi taklif qilinadi: “33. Huquqbuzarlikning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi holatlar, sabablar va sharoitlar, shuningdek ekspert xulosasida o‘z aksini topmagan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ekspertning alohida ma’lumotnomasi ekspertning xulosasiga ilova qilinishi mumkin”. | Qabul qilinmadi. “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning Shu bilan birgalikda qayd qilib o‘tish lozimki, ekspertning alohida ma’lumotnomasi protsessual hujjat hisoblanmaydi, bu esa o‘z navbatida ish yuzasidan dalil bo‘lib hisoblanmasligini bildiradi. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom | ||
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi | ||
18-band “amaliy” so‘zidan so‘ng “nazariy” so‘zlari bilan to‘ldirilsin. | Qisman qabul qilindi. Sud ekspertizasining amaliy asoslari mavjud bo‘lmaganligi sababli “nazariy asoslar” so‘zlari “nazariy asoslar va amaliy masalalar” so‘zlari bilan almashtirilgan. | |
|
|
|