Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 01.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Mehnat kodeksiga quyidagi normalarni kiritishni nazarda tutadigan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish:
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olayotgan bitiruvchilarini ishga joylashtirishning qo‘shimcha kafolatlari to‘g‘risidagi normalar (davlat boshqaruvi organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha o‘qitish ixtisosligiga va egallab olingan malakaga muvofiq ishga joylashtirish);
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarning o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashi tartibi va shartlari to‘g‘risidagi normalar.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2012-yil III chorakMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
2.Quyidagilar:
odam savdosi qu�bonlari;
yosh mutaxassislar;
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan boshqa shaxslar uchun ishga joylashish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar joriy etilishini (ish o‘rinlarini zaxiralashtirish) nazarda tutuvchi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2013-yil I chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.Quyidagilarni:
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotganda o‘quvchilar uchun mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlariga rioya qilmaganlik uchun ish beruvchilar va xodimlarning javobgarligini kuchaytirishni;
voyaga yetmaganlar uchun mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2013-yil IV chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.Oilaviy tadbirkorlikni tartibga solish yuzasidan tegishli o‘zgartirishlar kiritishni, ularda 15 yoshdan 18 yoshgacha bolalarning ishtirok etishi normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash.

Hukumat qarori loyihasi

Tegishli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan keyin bir oy muddatda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.Ta’lim muassasalarining o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2012-yilning II yarim yilligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

6.O‘zbekiston tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalari bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini ratifikatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va Xalqaro mehnat tashkilotiga taqdim etish.

Tahliliy ma’lumotnoma

Har yili — Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlarining so‘roviga muvofiq

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

II. Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari

7.Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish, ularni keyinchalik aholi va ish beruvchilar orasida tarqatish uchun to‘plam shaklida nashr etish.

Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari va tavsiyalari to‘plami

2012-yil IV chorak

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

8.Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnat qilishga majbur etishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular tomonidan voyaga yetmaganlar mehnatining qonun hujjatlarida belgilangan normalari va shart-sharoitlariga, shuningdek Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiya talablariga rioya etilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash.

Monitoringni amalga oshirish

Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar o‘tkazish

Har chorakda


Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh va o‘n sakkiz yoshdan kichik yoshdagi shaxslarning mehnat qilish shart-sharoitlari yuzasidan joylarda mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishni ta’minlash.

Monitoringni amalga oshirish

Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar o‘tkazish

Har chorakda


Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, shu jumladan yoshlar uchun maqsadli ish o‘rinlari tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini o‘tkazish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini aniq ish o‘rinlariga oldindan biriktirishni tashkil etish yo‘li bilan ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

har yili qabul qilinadigan Ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq

Ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturida belgilangan muddatlarda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi

11.Maktablarda (yuqori sinflar o‘quvchilari uchun) litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini va Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan kichik ixtisosli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

O‘quv dasturlari

2012/2013 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

12.O‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashmasligining har bir holatini aniq muhokama qilgan holda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini nazorat qilishni kuchaytirish.
O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishini va o‘quvchilar kontingenti saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun ta’lim muassasalari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini o‘rnatish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — doimo

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bosh prokuratura, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar

13.Quyidagilarga:
o‘quv mashg‘ulotlarida asossiz ravishda qatnashmagan o‘quvchilar ustidan nazoratni ta’minlashga;
o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga jamoatchilik ta’sirini kuchaytirishga;
asossiz ravishda o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan o‘quvchilarni qaytarishga doir uzil-kesil choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlik sifatini oshirish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak



Amalga oshirish — doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” jamg‘armasi

14.Umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun joylarda monitoring olib borish va nazorat qilish.
Odam savdosiga qarshi kurash, majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish yo‘li bilan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tushuntirish ishlari olib borish.

Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak


Amalga oshirish — doimo

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududida (yakka tartibdagi qurilish, hunarmandchilik sohasida va hokazolarda) majburiy bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — doimo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi

16.Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish bo‘yicha huquqbuzarliklarni dastlabki hisobga olishni va ular statistikasini tashkil etish, shu jumladan huquqbuzarliklarni xususiyati, bolalarning jinsi va yoshi bo‘yicha taqsimlashga doir takliflarni ishlab chiqish.

Xalqaro mehnat konf�rensiyasining 100-sessiyasida Xalqaro mehnat konvensiyasi Qo‘mitasining xulosasiga muvofiq

2013-yil I chorak

Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

17.Nobop oilalardan bo‘lgan bolalar ustidan muntazam monitoring olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ko‘rish.

Tadbirlar rejasi

Qabul qilish — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — doimo

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi

18.Paxta yig‘im-terimi ishlarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun joylarda monitoring olib borish. Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar bilan birgalikda monitoring natijalari to‘g‘risida batafsil tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

Sa’y-harakatlar rejasi

Har yili — avgust-oktyabr

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot berish-tushuntirish ishlari olib borish

19.O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyaning mazmuni to‘g‘risidagi axborot materiallarini ommaviy axborot vositalarida yoritish dasturi loyihasini ishlab ��iqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ommaviy axborot vositalarida yoritish loyihasi

Ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — 2012-2013-yillar

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

20.Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlar va zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing o‘tkazish.

Brifing tashkil etish va o‘tkazish, ushbu tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish

2012-yil aprel

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.“Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalarini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish” mavzusida Xalqaro mehnat tashkiloti kotibiyati vakillari va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi ekspertlari ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralar uchun seminar o‘tkazish.

Seminarni o‘tkazish loyihasi dasturi

2012-yil may

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

22.18 yoshgacha shaxslarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston fermyerlari o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlari olib borish.
Fermer xo‘jaliklari uchun “Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari, ularni O‘zbekistonning huquq tizimiga implementatsiya qilish masalalari” mavzusida ko‘chma seminarlar tashkil etish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — 2012-2013-yillar

Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

23.Ish beruvchilar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiya mazmunini ochib beruvchi axborot materiallarini (broshyuralar, bukletlarni) tarqatish.

Axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etishning qo‘shma rejasi

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak

Amalga oshirish — 2012-2013-yillar

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

24.Bolalar mehnatining og‘ir shakllari oqibatlari to‘g‘risida ota-onalarni maqsadli xabardor qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak
Amalga oshirish — doimo

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

25.Bolalarning huquqlarini, shu jumladan mehnat sohasidagi huquqlarini ta’minlash va bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha axborot materiallarini (plakatlar, postyerlarni) ishlab chiqish va ta’lim muassasalarida tarqatish.

Nashr prospekti va ishlab chiqish jadvali

Har yili

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalqaro tashkilotlar

26.Jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “davra suhbati”ni tashkil etish va o‘tkazish.

Bolalar mehnati muammolarini keng muhokama qilish

Har yilning 12-iyuliga

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

27.Bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida manfaatdor jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar uchun yillik ma’ruzalar tayyorlash. Ratifitsiya qilingan konvensiyalar bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotiga yangilangan axborotni taqdim etish.

Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risida mahalliy va xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish

2012-yil maygacha, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkilotining talabi bo‘yicha

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

28.O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining bolalar mehnati masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlash va masalalarning ushbu doirasi bo‘yicha O‘zbekistonning nuqtai nazarini xalqaro jamoatchilikka yetkazish.

Bolalar mehnatini og‘ir shakllarini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish

Kelishuv bo‘yicha

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura

29.Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari O‘zbekiston Respublikasi t�monidan bajarilishi masalalari bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda tushuntirish ishlari olib borish.

Tegishli tushuntirish ishlari olib borish

2012-2013-yillar

Tashqi ishlar vazirligi

IV. Bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish

30.Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini amalga oshirish masalasini Moskvada Xalqaro mehnat tashkilotining Submintaqaviy byurosi bilan muhokama qilish uchun takliflarni ishlab chiqish.

Yo‘nalishlarni aniqlashtirish va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni chuqurlashtirish

2013-yil I chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

31.O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining xorijiy kasaba uyushmalari markazlari va kasaba uyushmalarining xalqaro birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi ustuvorliklarini nazarda tutadigan xalqaro faoliyati strategiyasini ishlab chiqish.

Xalqaro faoliyat strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash

2012-yil II chorak

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi

32.Mamlakat mintaqalarida tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari uchun bolalarning huquqlarini ta’minlash va ularni mehnatning og‘ir shakllaridan himoya qilish masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazish. Bolalarning huquqlarini ta’minlash va ularni mehnatning og‘ir shakllaridan himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘quv modelini e’lon qilish.

Seminarlar dasturi

Har yili

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishini yoritish masalalari bo‘yicha Toshkent shahridagi diplomatik korpus, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi konsullik muassasalari, shuningdek nodavlat notijorat xalqaro tashkilotlar bilan muntazam o‘zaro hamkorlik qilish.

Xalqaro mehnat tashki-lotining konvensiyalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi xolisona axborotni xalqaro jamoatchilik e’tiboriga yetkazish

Har yili

Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi