Xalq xo‘jaligi va aholining temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish ehtiyojlarini to‘la qondirish hamda temir yo‘lning barqaror va xavf-xatarsiz ishlashini ta’minlash maqsadida:
1. Temir yo‘l transporti tizimining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l korxonalari va temir yo‘l bo‘limlari, sanoat, qurilish, savdo va ta’minot korxonalari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, boshqa tashkilotlari, korxonalari va muassasalari negizida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi tashkil etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat temir yo‘l transporti boshqarmasining temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayonlariga rahbarlik qiladigan xo‘jalik ishlarini amalga oshiradigan vakolatli organdir.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining quyidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab qo‘yilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasida bozor talablarini tadqiq etish, uni rivojlantirish istiqbolini belgilash va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni hisobga olgan holda joylashtirish;
temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanadigan korxonalarga taklif etiladigan ko‘p yo‘nalishdagi xizmat sohasini vujudga keltirish asosida transport xizmati bozorida temir yo‘l transportining raqobatga bardoshligini ta’minlash;
temir yo‘l tarmoqlari ishi barqarorligini, poyezdlarni o‘tkazish qobiliyatini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
temir yo‘l transportida ilmiy-texnikaviy va sarmoya sarflash siyosatini o‘tkazishni, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni, temir yo‘l transportini har tomonlama rivojlantirishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
sarf-xarajatlarni kamaytirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashni nazarda tutib, yuk, yo‘lovchilar, pochta va bagaj tashish sohasidagi tarif siyosatini belgilangan tartibda amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, tashkilotlar, davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin, uning tarkibini va nizomini tasdiqlasin.