17.02.2012 yildagi 42-son
Hujjat 17.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “shaharsozlik hujjatlarisiz” so‘zlari “loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-banddagi “qaroriga ko‘ra” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan qaroriga ko‘ra” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshiga “Vazirlar Mahkamasining” so‘zlaridan keyin “Prezident Devoni bilan kelishgan holda belgilangan tartibda qabul qilingan” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshidagi “idoradan tashqari” so‘zlari “davlat” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi” so‘zlari “Shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 10-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 13-banddagi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi (“Boshdavarxitektqurilishnazorat”) yoki uning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan” so‘zlari “Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari (DAQN inspeksiyalari) tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organlari” va “Boshdavarxitektqurilishnazorat” organi” so‘zlari tegishli ravishda “DAQN inspeksiyalari” va “DAQN inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1.1-banddagi “Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1.4-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
v) 3.1-banddagi “O‘zshaharsozlik” loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahar bosh loyihasini ilmiy-tadqiqot qilish va loyihalashtirish instituti” so‘zlari “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 3.2-bandning birinchi xatboshidagi “va jismoniy” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 6.4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
e) 6.5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 6.6 va 6.7-bandlardagi “O‘zshaharsozlik” loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahar bosh loyihasini ilmiy-tadqiqot qilish va loyihalashtirish instituti” so‘zlari “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi” va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) beshinchi xatboshiga “ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollardan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin”;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarorining 5-bandidagi “faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkinligining” so‘zlari “yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shahar posyolkalarining bosh rejalarini, qishloq fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 4-dekabrdagi 286-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshiga “tegishli aholi punktlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga va, zaruriyat bo‘lganda, ularga belgilangan tartibda kiritiladigan tuzatishlarga qat’iy muvofiq ravishda” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-bandning ikkinchi xatboshiga “belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘l qo‘yilmasligini” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “shuningdek” so‘zi “qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi kerak bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan, shuningdek” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.